Mustaqil ish
BAJARDI: BHA-41 talabasi Ortiqboyev J.B
Qabul qildi: D.R Umarova
TDTU IQTISODIYOT FAKULTETI IQTISODIYOT VA MENEJMENTKAFEDRASI
- 1.Xalqaro marketingning asosiy tushunchalari.
- 2.Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari.
- 3. Xalqaro marketing va tashqi iqtisodiy faoliyatning tashkiliy shakllari.
- 4. O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirishida tashqi iqtisodiy faoliyatning roli
Xalqaro marketingning asosiy tushunchalari - Kundalik hayotda ro’y berayotgan o’zgarishlar sur’ati doimiy tarzda o’sib bormoqda. Bugun kechadan, erta esa bugundan ancha farq qiladi. An’anaviy biznes strategiyalarning samaradorligi ham pasayib bormoqda, shunday ekan yangi strategiyalarni ishlab chiqish talab qilinadi. Kelajakda ham muvaffaqiyatli ish yuritishni ko’zlagan kompaniyalar quyidagi uchta xolatga o’z e’tiborlarini qaratishlari lozim bo’ladi:barcha faoliyat turlari va har bir kishining hayotiga nisbatan global kuchlar ta’sirining kuchayib borishi;yetakchi texnologiyalarning rivojlanishi;iqtisodiyot sektorida boshqaruvdan voz kechish tendentsiyasining saqlanib qolishi.Bularning barchasi biznes kompaniyalarga yangi, cheklanmagan istiqbollarni ochib beradi. Ushbu muammolarga marketingni qanday daxli borligini quyida ko’rib chiqamiz.
Marketing tadbirlari qaysi firma tomonidan o’gkazilishidan qat’iy nazar – «Procter & Gamble» kompaniyasi ko’pgina insonlar ortiqcha vaznga ega bo’lgani va bunga qaramasdan o’z sevimli taomlaridan voz kecha olmasliklarini payqagan holda ularga yangi «Olestra» mahsulotini ishlab chiqdi va taklif qildi; Car Max, foydalanilgan avtomobillar xaridorlarining aniqlik va ishonchga intilishlarini sezgan holda ushbu guruh mahsulotlari bilan savdo qilishning yangi tizimini yaratdi; yoki IKEA kompaniyasi, ko’pgina iste’molchilarning sifatli va arzon mebel mahsulotlariga ehtiyojini aniqlab, uni ishlab chiqarish, dizayn va savdosining yangicha tamoyillarini ishlab chiqdi. Bularning barchasi, shaxsiy yoki jamiyat ehtiyojlarini qondirish vositasi bilan foydali biznes imkoniyatlarini amalga oshirish uchun marketingni qo’llash maqsadga muvofiqligini yaqqol namoyon qiladi. - Marketing tadbirlari qaysi firma tomonidan o’gkazilishidan qat’iy nazar – «Procter & Gamble» kompaniyasi ko’pgina insonlar ortiqcha vaznga ega bo’lgani va bunga qaramasdan o’z sevimli taomlaridan voz kecha olmasliklarini payqagan holda ularga yangi «Olestra» mahsulotini ishlab chiqdi va taklif qildi; Car Max, foydalanilgan avtomobillar xaridorlarining aniqlik va ishonchga intilishlarini sezgan holda ushbu guruh mahsulotlari bilan savdo qilishning yangi tizimini yaratdi; yoki IKEA kompaniyasi, ko’pgina iste’molchilarning sifatli va arzon mebel mahsulotlariga ehtiyojini aniqlab, uni ishlab chiqarish, dizayn va savdosining yangicha tamoyillarini ishlab chiqdi. Bularning barchasi, shaxsiy yoki jamiyat ehtiyojlarini qondirish vositasi bilan foydali biznes imkoniyatlarini amalga oshirish uchun marketingni qo’llash maqsadga muvofiqligini yaqqol namoyon qiladi.
Marketing - Marketing (inglizcha market–bozor, savdo)-bu ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish va foyda olish maqsadida, tovarlarni bozorlarda sotish, talabni shakllantirish va tovarlar savdosini rag’batlantirish, ayriboshlashni rivojlantirish va tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan tovarlar, xizmatlar, qimmatli qog’ozlar bozoridagi keng miqyosli faoliyat turidir. Marketing ishlab chiqarishni bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Marketing amaliyoti rivojlanishishining 3 ta bosqichi mavjud
1.Anterprener (tadbirkorlik) marketingi. Kompaniyalarning ko’pchiligiga, istiqbolda paydo bo’layotgan imkoniyatlarni ko’rib va potenstial iste’molchilar e’tiborini qozonib, deyarli “xar bir eshikni qoqadigan”, insonlar tomonidan asos solingan.
2.Doktrinal marketing. Muvaffaqiyatli rivojlanish natijasida har bir kichik kompaniya doktrinal, ya’ni qandaydir «universal» shakldagi marketigni qo’llaydi.
3.Interprener marketing. Ko’pgina yirik kompaniyalar so’nggi reytinglar, bozor tadqiqotlari to’g’risidagi hisobotlarni sinchiklab o’rganib va diler bilan munosabati hamda reklama siyosatini batafsil o’ylab chiqqan holda, doktrinal marketing darajasida qolib ketaveradilar. Ularda o’z ishiga bo’lgan ijobiy yondashuv sezilmaydi. Bunday kompaniyalarning tovar va savdo markalari bo’yicha menejerlari, o’z iste’molchilarini saqlab qolish uchun, ularning hayoti bilan yashashni o’rganishi va iste’molchilarni qiziqtirishni yangi usullarini o’ylab topishlari lozim bo’ladi.
Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari - Jahon hamjamiyatida yuz berayotgan jarayonlar asta-sekinlik bilan yanada integrastiyalashgan bir tizimga aylanib bormoqda, bunda turli xildagi davlat tuzilmalarining siyosiy integrastiyasi o’z intensivligi bo’yicha iqtisodiy integrastiyadan orqada qolmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi eksport va import, xalqaro kimoshdi savdolari, chet el korxonalariga qilingan pul ko’rinishidagi investitsiyalar, va nihoyat tovar va xizmatlarning jahon bozori mavjudligidan iborat bo’ladi. Ushbu bozorda transmilliy korporastiyalar alohida o’ringa ega. Ular ko’pgina mamlakatlarda faoliyat yuritib, chet eldagi ishlab chiqarish va realizastiya bo’limlaridan foydalangan holda, deyarli butun jahon bozorida ishlaydilar. Bularning barchasi, o’z mamlakati tashqarisida tovar va xizmatlarni realizastiya qilish bo’yicha alohida tadbirlar majmui, ya’ni xalqaro marketing lozimligini nazarda tutadi.
- Xalqaro doiradagi marketing juda ham murakkabdir, chunki u nafaqat sotish (realizastiya) balki korxona faoliyatining boshqa sohalarini ham qamrab oladi, shu jumladan ishlab chiqarish, ta’minot, moliya va h. Bundan tashqari, korxona faoliyat olib borishni nazarda tutgan mamlakatda shakllangan ijtimoiy - iqtisodiy va milliy – madaniy sharoitni chuqur tushunish talab qilinadi. Taqsimot kanallari, tashish va saqlash usullari, huquqiy va yuridik ta’minot, bojxona qoidalari va boshqalarda jiddiy farqlar bo’lishi mumkin. har bir mamlakatda reklama vositalari sohasida, madaniyat, din, an’analar nuqtai-nazaridan u yoki bu alohida hodisalarning muvofiqligi hamda xarajatlarni aniqlash tizimi, kvotalar va valyuta nazoratining o’ziga yarasha milliy xususiyatlari mavjud. Shuningdek ilmiy-texnikaviy turdagi omillar ham muhim ahamiyatga ega, ularga sanoat, texnologiyalarning rivojlanish darajasi, yangiliklar, tovar va xizmatlar modifikastiyasi, ishchi kuchi malakasi va boshqalarni kiritish mumkin.
- Xalqaro doiradagi marketing juda ham murakkabdir, chunki u nafaqat sotish (realizastiya) balki korxona faoliyatining boshqa sohalarini ham qamrab oladi, shu jumladan ishlab chiqarish, ta’minot, moliya va h. Bundan tashqari, korxona faoliyat olib borishni nazarda tutgan mamlakatda shakllangan ijtimoiy - iqtisodiy va milliy – madaniy sharoitni chuqur tushunish talab qilinadi. Taqsimot kanallari, tashish va saqlash usullari, huquqiy va yuridik ta’minot, bojxona qoidalari va boshqalarda jiddiy farqlar bo’lishi mumkin. har bir mamlakatda reklama vositalari sohasida, madaniyat, din, an’analar nuqtai-nazaridan u yoki bu alohida hodisalarning muvofiqligi hamda xarajatlarni aniqlash tizimi, kvotalar va valyuta nazoratining o’ziga yarasha milliy xususiyatlari mavjud. Shuningdek ilmiy-texnikaviy turdagi omillar ham muhim ahamiyatga ega, ularga sanoat, texnologiyalarning rivojlanish darajasi, yangiliklar, tovar va xizmatlar modifikastiyasi, ishchi kuchi malakasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Xalqaro marketing va tashqi iqtisodiy faoliyatning tashkiliy shakllari - Kompaniya tashqi iqtisodiy faoliyatining tashkiliy shakllari ham, oddiydan murakkabga tomon rivojlanib boradi. Boshlang’ich bosqichlarda firma tuzilmasi ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va cheklanish tendentsiyasiga ega bo’ladi. Kompaniya tashqi iqtisodiy faoliyati tashkiliy rivojlanishining keyingi bosqichlarida teskari, ya’ni integrastiya tomon yo’naltirilgan, tendentsiyalar ustuvor bo’ladi. Boshlang’ich bosqichlarda, ixtisoslashuv ustunliklaridan to’la foydalanish istagida bo’la turib, tuzilmalar ko’pincha piramidal va ko’p pog’onali bo’lib, funkstionaldan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish tomon rivojlanish tendentsiyasiga ega bo’ladi. Bunda tashqi iqtisodiy faoliyat katta miqyoslarga etishiga qaramasdan, funkstional tashkil etish uzoq vaqt davomida etakchi bo’lishi mumkin.
- O’rta va kichik hajmdagi kompaniyalarga mansub bo’lgan eng oddiy boshlang’ich shakllardan biri bu funkstional tuzilmadir. Unda eksport funkstiyalari, mamlakat ichidagi marketing bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday sharoitlarda, tuzilmaning oddiyligini, tejamkorlik va menejmentning nisbatan oddiyligi bilan tushintirish mumkin: eksport mahsuloti nomenklaturasi, firmani chet el bozorlaridagi ishtiroki miqyosi, va ichki menejment murakkabliligi darajasi (bo’limlar soni va ularning o’zaro faoliyati murakkabliligi) unchalik katta emas. Chunki tashqi iqtisodiy faoliyat dasturini amalga oshirishning boshlang’ich bosqichlarida kompaniya etarlicha resurslarga ham, tajribaga ham, dastur muvaffaqiyatli amalga oshishi ishonchiga ham ega bo’lmaydi. Shuning uchun, bu bosqichda mustaqil eksport (tashqi iqtisodiy faoliyat) bo’limini tashkil etish o’zini oqlamasligi mumkin (ammo shu bilan birga keyingi tashqi iqtisodiy muvafaqiyatlar tomon etaklovchi vazifasini ham bajarishi mumkin).
O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirishida tashqi iqtisodiy faoliyatning roli - Jahon iqtisodiyotida ro’y berayotgan jarayonlar iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tuzilmasidagi dinamik siljishlarga, samaradorlikni baholash va bozordagi raqobat sharoitlarining tezkor o’zgarishiga olib keladi. Bu, biznes ishtirokchilaridan kompaniyalar menejmenti-dan tortib to milliy hukumatlar va xalqaro tashki-lotlargacha faol hatti-harakatlarni talab qiladi.Jahon iqtisodiyotining globallashuvi O’zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega, chunki, bir tomondan, mamlakat bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonini davom ettirmoqda, uning samaradorligi ko’pgina jihatlari bilan tashqi iqtisodiy faoliyatga bog’liq bo’ladi; ikkinchi bir tomondan – O’zbekiston deyarli bir asr davomida jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayonlaridan izolyastiya qilingan edi. Shuning uchun zarur bo’lgan ichki infratuzilmani rivojlantirish va jahon bozoridagi ishtirokini ta’minlash uchun, boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha ko’p ishlarni amalga oshirishi lozim. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonlari, tashqi bozorga chiqish hatti-harakatlari bilan birgalikda iqtisodiyotini ham tashqi savdo va chet el investitsiyalari uchun jozibali bozorga aylantirish mamlakat uchun murakkab, ammo muhim ustuvor yo’nalish hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: - 1. K.M.Qosimov “Menejment va marketing” darslik T. 2007 y
- 2.S.S.Ғulomov “Menejment va biznes asoslari” darslik. T. “Mexnat” 2002 y
- 3. R.Valijonov, O.Qobulov “Menejment asoslari” KHK uchun darslik T. “Sharq” 2002
- 4.www.google.com.www.aim.uz
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |