Qo‘lqop qo‘g‘irchoqlar (barmoqsiz qo‘lqop).
Eski qo‘lqopcha, qo‘lqop qo‘g‘irchoqlarni yasash uchun ashyo bo‘la oladi. Bunday o‘yinchoqlarni ham bolalarning o‘zlari yasashlari mumkin. Qo‘lqop qo‘g‘irchoqning bosh qismi, katta barmoq esa, burun bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘lqopni to‘liq hayvonga aylantirib olish ham mumkin, bunda katta barmoq dum vazifasini o‘taydi. Qo‘lqop qo‘g‘irchoq tanasi bo‘lishi, unga bosh va boshqa detallarni biriktirish ham mumkin. Qo‘lqop topilmasa‚ unda to‘qilgan buyum yoki matodan foydalaniladi. Bolalar bunday qahramonlarni o‘zlari yasay oladilar‚ ayniqsa ikki qo‘lqopdan yasalgan o‘yinchoq: kuchukcha, mushukcha, quyoncha, bo‘ri, tulkichalarni tayyorlash qiyin emas. Qo‘lqopning ko‘rsatgich va katta barmog‘i dum bo‘ladi, uning ortiqcha qismlari tikib tashlanadi. Qahramonlarning ayrim detallarini jihozlashda tugmachalar, dur donachalarini ishlatish mumkin. Bunday o‘yinchoqlardan bolalar sahnalashtirish faoliyatida foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |