Kimyoviy texnologiya - tabi iy xom ashyo, sanoat chiqindilari, shuningdek, sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlab, isteʼmol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fan. Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiya ning vazifasidir. Har qanday Kimyoviy texnologiya jarayonining asosiy elementlari — xom ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilgʻi, toʻqimachilik, koʻn, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida Kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.
2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O’qituvchi» 1989 yil.
3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.
4. Qurbonov A. “Geologiya” O’qituvchi 1992 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |