Техник конструкциялаш ва моделлаш


Download 125.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana08.11.2023
Hajmi125.21 Kb.
#1758068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma’ruza



1-ma’ruza 
Kirish.Mahsulot va materiallarni tayyorlash texnologiyasi fanining 
maqsadi va vazifalari. 
 REJA (2-soat) 
1. Fanning maqsad va vazifalari. Texnologik jarayonlar to‘g‘risida asosiy 
tushunchalar 
2. Zamonaviy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiyaning o‘qitilishi. 
3.Texnologiya va dizayn fanini o‘qitishga quyiladigan zamonaviy talablar. 
Tayanch iboralar: texnologiya, Ishlab chiqarish, ta’lim jarayoni, dizayn,yangi 
texnika, duradgorlik, tokarlik.



K I R I SH 
Ushbu ma’ruza matni mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. 
Mazkur ma’ruza matni bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini texnologik jarayonlarga 
bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish bosqichlari bilan tanishtiradi. Shuningdek, o‘quvchilar 
yog‘ochning metallarning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlar, rejalash, ishlov
berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo‘l hamda elektr 
asboblarining tuzilishi, pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali 
yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari; yurtimiz me’morchiligi 
tarixi, xona intereri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan 
an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari; xona va fanlar bo‘yicha o‘quv 
kabinetlarida mebel va qo‘shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda 
eskizlarini tayyorlash to‘g‘risida, dizayn talablari darajasidagi ro‘zg‘orbob va xaridorgir 
buyumlarni tayyorlashni, ro‘zg‘orbob hamda xaridorgir, dizayn talablari darajasidagi 
buyumlarni, bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr 
manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog‘ligiga ta’siri; elektr energiyasini tejamli 
ishlatish usullari; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; 
zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; o‘quvchilar yog‘ochga 
va metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi
texnologiyalari; хalq xunrmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik 
xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog‘ochga ishlov berishga oid kasb hunar 
turlari, metalga ishlov berishga oid xalq xunarmandchiligi soxalari; metallarga ishlov 
berishga oid kasb hunar turlari, elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, 
ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushurishga 
tayyorlash bilan bog‘liq kasb hunarlar bo‘yicha, uy va xonadonlarni ta’mirlashda 
qo‘llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta’minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va 
jumraklarni sozlashda mayda ta’mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta’mirlash bilan 
bog‘liq kasb hunarlar, sanoat miqiyosida ko‘p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish 
mumkin bo‘lgan mahsulot namunasini tayyorlash bo‘yicha zamonaviy dizayn talablari 
bilan uyg‘unlashtirilgan mahsulotlarni tayyorlash ish usullariga oid bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 

Download 125.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling