Техника и энергетика


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675145
  1   2
Bog'liq
o-zbekistonda-optik-aloqa-tarmoqlarining-qo-llanilishi-haqida



Научно-практический электронный журнал
ЭЛЕКТРОНИКА, ЭЛЕКТРО-
«ТЕСНика» 
 
№2 2020 года
 
 
 
ТЕХНИКА И ЭНЕРГЕТИКА
 
31 
DOI: 10.24411/2181-0753-2020-10007
©Uzoqov A.A., Abdullayev Sh.A. 
O‘ZBEKISTONDA OPTIK ALOQA TARMOQLARINING 
QO‘LLANILISHI HAQIDA 
Uzoqov Abdulla Abduraimovich - Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Abdullaev Shavqiddin Ubaydullaevich 
Toshkent viloyati, Zangiota tumani Chorsu qo‘rg‘oni 
Annotatsiya. Maqolada optik aloqa tizimining qisqacha tarixi, 
so‘ngi yillar davomida jadal rivojlanishi, keng qo‘llanilish 
xususiyatlari va omillari ko‘rib chiqilgan. 
Kalit so‘zlar: axborotlashtirish, keng polosali aloqa, foton 
texnologiyasi, optik aloqa, passiv optik qurilmalar, 
telekommunikatsiya. 
Аннотация. В статье рассмотрена краткая история 
оптических систем связи, особенности быстрого развития 
и факторы их широкого использования в последние годы. 
Ключевые слова: информатизация, широкополосная 
связь, 
фотонная 
технология, 
оптическая 
связь, 
пассивные оптические устройства, телекоммуникация. 
Annotation. The article considers a brief history of optical 
communication systems, features of rapid development and 
factors of their widespread use in recent years. 
Key words: informatization, broadband, photon technology, 
optical 
communication, 
passive 
optical 
devices, 
telecommunications. 
Zamonaviy 
davr 
jamiyatni 
axborotlashtirish 
jarayonini keskin rivojlanishga olib kelmoqda. Bu 
jarayon 
axborot-kommunikatsiyalar 
xizmatlaridan 
foydalanuvchilarni telekommunikatsiyalar tarmoqlariga 
yuqori tezlik bilan (keng polosali) ulanishga undaydi. 
Bunday talab Internetdan foydalanuvchilarning keskin 
o‘sib borishi va multimediya, videokonferensiya, elektr 
raqamli imzodan foydalanish, elektron tijorat, elektron 
xujjat aylanish va boshqa bir qancha zamonaviy 
xizmatlarni hayotga kirib kelishidan chiqib kelyapti. 
Ma’lumki, axborot oqimini uzatish hajmi, tezligi va 
sifatini oshirish, axborot qabul qilish uchun yuqori 
darajadagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yo‘naltiruvchi 
muhit bo‘lishi kerak. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan 
talablarga mos keluvchi optik aloqa vositalari bilan 
raqobatlashuvchi vositalar hozirgi kunda mavjud emas. 
Bundan tashqari, optik aloqa vositalari orqali katta 
hajmdagi axborotlarni xohlagan masofalarga uzatish 
mumkin. Shuning uchun optik aloqa jamiyatni 
axborotlashtirish kommunikatsiya texnologiyalarini 
rivojlantiruvchi mukammal va istiqbolli aloqa vositasi 
hisoblanadi. 
Optoelektronika asosidagi optik aloqa, ya’ni to‘liq 
optik 
tarmoqlar 
AON 
(All-optical 
Networks) 
telekommunikatsiya 
tarmoqlarining 
kelajagi 
hisoblanadi. To‘liq optik aloqa magistral tarmoqlarni
shuningdek abonentlarning tarmoqqa ulanishini ham 
qamrab, mijozlarning telekommunikatsiya tarmoqlariga 
keng polosali ulanishlarini ta’minlaydi. to‘liq optik 
aloqada 
kommutatsiya, 
multipleksorlash 
va 
regeneratsiyalash optoelektron yoki elektrooptik emas, 
balki faqat optik texnologiya asosida amalga oshiriladi. 
Bunda qurilmaning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari, 
samadorligi va uzatish tezligi sifati bir necha marotaba 
ortadi. Foton texnologiyasini aloqa tizimlariga tat’biq 
etishda optik kommutatorlar, optik regeneratorlar, 
kuchaytirgichlar, filtrlar, spektr bo‘yicha zichlashtirish 
tizimlari qo‘llaniladi. 
Respublikamizda 
jamiyatni 
axborotlashtirish, 
telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish borasida 
ko‘pgina ishlar amalga oshirildi va bu ishlar hozir ham 
davom etmoqda. Bu maqsadda o‘tgan yillarda TOO 
(Trans-Osiyo-Ovropa) 
magistralining 
jahon 
standartlariga mos keluvchi, raqamli transport tarmog‘i 
Milliy segmentini qurish boshlandi va uzunligi 830 km 
dan ortiq magistral tolali optik aloqa liniyasi 
foydalanishga topshirildi. Tolali optik aloqadan Milliy 
segmentda Germaniyaning Simens firmasining tolali 
optik kabellaridan foydalanildi. Hozirda aloqa va 
telekommunikatsiya tizimlari uchun turli vazifali va 
tuzilishli optik tolali kabellar ishlab chiqarilmoqda. Keng 
polosali uzoq aloqa tizimlari, jumladan magistral aloqa 
uchun optik toladan faqatgina asosiy to‘lqin 
tarqaladigan bir modali kabellarning yangi turlari ishlab 
chiqarilmoqda. Magistral aloqa liniyalarida axborot 
uzatishda optik tolaning so‘nish va dispersiya 
ko‘rsatkichlariga ham yuqori talablar qo‘yiladi. Bundan 
tashqari, optik nurlanish qutblanishi saqlanishini 
ta’minlovchi optik tolalar ham ishlab chiqarilmoqda. 
Magistral aloqada qo‘llaniladigan bunday kabellarni 
ishlab chiqish murakkab va qimmat. Bunday kabellar 
qo‘llanilganda lazer uzatgichlardan foydalaniladi. Lazer 
uzatgichlarga, 
nurlanish 
spektrining 
tozaligiga, 
nurlanish tasvirlarining barqarorligiga yuqori talablar 
qo‘yiladi. 
Tezligi 100 Mbit/s gacha bo‘lgan va aloqa masofasi 
chegaralangan tizimlarda nisbatan arzon va oxirgi 
qurilmalar bilan oson moslashadigan ko‘p modali optik 
kabellardan foydalangan ma’qul. Bunda to‘lqin manbai 
sifatida ko‘p modalarni nurlantiruvchi oddiy turdagi 
yarim o‘tkazgichli yorug‘lik diodlarini ishlatish mumkin. 
Yangi turdagi optik tolalarning, keng polosali kvant optik 
kuchaytirgichlarning yaratilishi to‘liq optik tizim va optik 
traktlarni qurish imkoniyatini yaratmoqda. Bunday 
axborot uzatish texnologiyalardan 100 va 1000 Gbit/s 
o‘tkazish oraliqli tizimlarni yaratishda foydalaniladi. 
Ushbu optik aloqa bir qancha afzalliklarga ega 
bo‘lishiga qaramay, kamchiliklari ham mavjud. Bunda 
optik aloqa qurilmalarining qimmatligi va ba’zi optik 
aloqa 
texnologiyalarining 
mukammal 
darajaga 
yetmaganligi bilan tushuntiriladi. Shularga bog‘liq holda 
quyidagi kamchiliklarni keltirish mumkin: 



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling