Техника и энергетика
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqo-zbekistonda-optik-aloqa-tarmoqlarining-qo-llanilishi-haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTONDA OPTIK ALOQA TARMOQLARINING QO‘LLANILISHI HAQIDA Uzoqov Abdulla Abduraimovich
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
Научно-практический электронный журнал ЭЛЕКТРОНИКА, ЭЛЕКТРО- «ТЕСНика» №2 2020 года ТЕХНИКА И ЭНЕРГЕТИКА 31 DOI: 10.24411/2181-0753-2020-10007 ©Uzoqov A.A., Abdullayev Sh.A. O‘ZBEKISTONDA OPTIK ALOQA TARMOQLARINING QO‘LLANILISHI HAQIDA Uzoqov Abdulla Abduraimovich - Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Abdullaev Shavqiddin Ubaydullaevich - Toshkent viloyati, Zangiota tumani Chorsu qo‘rg‘oni Annotatsiya. Maqolada optik aloqa tizimining qisqacha tarixi, so‘ngi yillar davomida jadal rivojlanishi, keng qo‘llanilish xususiyatlari va omillari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: axborotlashtirish, keng polosali aloqa, foton texnologiyasi, optik aloqa, passiv optik qurilmalar, telekommunikatsiya. Аннотация. В статье рассмотрена краткая история оптических систем связи, особенности быстрого развития и факторы их широкого использования в последние годы. Ключевые слова: информатизация, широкополосная связь, фотонная технология, оптическая связь, пассивные оптические устройства, телекоммуникация. Annotation. The article considers a brief history of optical communication systems, features of rapid development and factors of their widespread use in recent years. Key words: informatization, broadband, photon technology, optical communication, passive optical devices, telecommunications. Zamonaviy davr jamiyatni axborotlashtirish jarayonini keskin rivojlanishga olib kelmoqda. Bu jarayon axborot-kommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilarni telekommunikatsiyalar tarmoqlariga yuqori tezlik bilan (keng polosali) ulanishga undaydi. Bunday talab Internetdan foydalanuvchilarning keskin o‘sib borishi va multimediya, videokonferensiya, elektr raqamli imzodan foydalanish, elektron tijorat, elektron xujjat aylanish va boshqa bir qancha zamonaviy xizmatlarni hayotga kirib kelishidan chiqib kelyapti. Ma’lumki, axborot oqimini uzatish hajmi, tezligi va sifatini oshirish, axborot qabul qilish uchun yuqori darajadagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yo‘naltiruvchi muhit bo‘lishi kerak. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan talablarga mos keluvchi optik aloqa vositalari bilan raqobatlashuvchi vositalar hozirgi kunda mavjud emas. Bundan tashqari, optik aloqa vositalari orqali katta hajmdagi axborotlarni xohlagan masofalarga uzatish mumkin. Shuning uchun optik aloqa jamiyatni axborotlashtirish kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiruvchi mukammal va istiqbolli aloqa vositasi hisoblanadi. Optoelektronika asosidagi optik aloqa, ya’ni to‘liq optik tarmoqlar AON (All-optical Networks) telekommunikatsiya tarmoqlarining kelajagi hisoblanadi. To‘liq optik aloqa magistral tarmoqlarni, shuningdek abonentlarning tarmoqqa ulanishini ham qamrab, mijozlarning telekommunikatsiya tarmoqlariga keng polosali ulanishlarini ta’minlaydi. to‘liq optik aloqada kommutatsiya, multipleksorlash va regeneratsiyalash optoelektron yoki elektrooptik emas, balki faqat optik texnologiya asosida amalga oshiriladi. Bunda qurilmaning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari, samadorligi va uzatish tezligi sifati bir necha marotaba ortadi. Foton texnologiyasini aloqa tizimlariga tat’biq etishda optik kommutatorlar, optik regeneratorlar, kuchaytirgichlar, filtrlar, spektr bo‘yicha zichlashtirish tizimlari qo‘llaniladi. Respublikamizda jamiyatni axborotlashtirish, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirildi va bu ishlar hozir ham davom etmoqda. Bu maqsadda o‘tgan yillarda TOO (Trans-Osiyo-Ovropa) magistralining jahon standartlariga mos keluvchi, raqamli transport tarmog‘i Milliy segmentini qurish boshlandi va uzunligi 830 km dan ortiq magistral tolali optik aloqa liniyasi foydalanishga topshirildi. Tolali optik aloqadan Milliy segmentda Germaniyaning Simens firmasining tolali optik kabellaridan foydalanildi. Hozirda aloqa va telekommunikatsiya tizimlari uchun turli vazifali va tuzilishli optik tolali kabellar ishlab chiqarilmoqda. Keng polosali uzoq aloqa tizimlari, jumladan magistral aloqa uchun optik toladan faqatgina asosiy to‘lqin tarqaladigan bir modali kabellarning yangi turlari ishlab chiqarilmoqda. Magistral aloqa liniyalarida axborot uzatishda optik tolaning so‘nish va dispersiya ko‘rsatkichlariga ham yuqori talablar qo‘yiladi. Bundan tashqari, optik nurlanish qutblanishi saqlanishini ta’minlovchi optik tolalar ham ishlab chiqarilmoqda. Magistral aloqada qo‘llaniladigan bunday kabellarni ishlab chiqish murakkab va qimmat. Bunday kabellar qo‘llanilganda lazer uzatgichlardan foydalaniladi. Lazer uzatgichlarga, nurlanish spektrining tozaligiga, nurlanish tasvirlarining barqarorligiga yuqori talablar qo‘yiladi. Tezligi 100 Mbit/s gacha bo‘lgan va aloqa masofasi chegaralangan tizimlarda nisbatan arzon va oxirgi qurilmalar bilan oson moslashadigan ko‘p modali optik kabellardan foydalangan ma’qul. Bunda to‘lqin manbai sifatida ko‘p modalarni nurlantiruvchi oddiy turdagi yarim o‘tkazgichli yorug‘lik diodlarini ishlatish mumkin. Yangi turdagi optik tolalarning, keng polosali kvant optik kuchaytirgichlarning yaratilishi to‘liq optik tizim va optik traktlarni qurish imkoniyatini yaratmoqda. Bunday axborot uzatish texnologiyalardan 100 va 1000 Gbit/s o‘tkazish oraliqli tizimlarni yaratishda foydalaniladi. Ushbu optik aloqa bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishiga qaramay, kamchiliklari ham mavjud. Bunda optik aloqa qurilmalarining qimmatligi va ba’zi optik aloqa texnologiyalarining mukammal darajaga yetmaganligi bilan tushuntiriladi. Shularga bog‘liq holda quyidagi kamchiliklarni keltirish mumkin: Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling