Tejamkorlik bu har hil faolyatni imkon darajasida minimal resurs harajatlari bilan amalga oshiradigan kategoriya hisoblanadi
Download 44 Kb.
|
Глоссарий.. (2)
Glossariy Tejamkorlik – bu har hil faolyatni imkon darajasida minimal resurs harajatlari bilan amalga oshiradigan kategoriya hisoblanadi. Samaradorlik – bu korxona uchun maksimal qiymat yaratish maqsadiga yо‘naltirilgan faoliyat natijasini aks ettiruvchi kategoriya hisoblanadi. Qiymat – bu sifatni maxsulot sotilishi mumkin bо‘lgan narxga nisbatidir. Raqobatchilik omadi – bu bir vaqtni о‘zida maxsulot sifatini oshirib, narxini pasaytirish va daromadni saqlab qolish yoki oshirish qobiliyatidir, Bunga erishishning asosiy yo’li – bu operatsiyalarni mukammallashtirish yo`li bilan bozor segmentini va haridorlar sonini kо‘paytirish. Operatsion menejment – bu korxonaning asosiy maxsulotni ishlab chiqarish va yetkazib berishga yo`naltirilgan, operatsion tizimlarini loyihalashtirish, ekspluatatsiya qilish va mukammallashtirish bilan bog‘liq bо‘lgan faoliyat. Ishlab chiqarish tizimi – bu korxonaning operatsion resurslaridan kiritilayotgan ishlab chiqarish omilini (“kirish”) korxona tomonidan tanlangan maxsulotga (“chiqish”) aylantirish maqsadida foydalanadigan tizimdir. Asosiy (dastlabki) xizmatlar – bu, istemolchilar maxsulot sotib olayotgandagi maxsulot bilan birgalikda, kо‘rsatilishini xoxlaydigan xizmatlar; ular ishlab chiqarish texnologiyalariga amal qilish, istemolchilarning talablarini xisobga olish, maxsulot bilan raoqbatlashgan narxda taminlashlardan iborat. Dastlabki imkoniyatlar (kompetentsiya) – ishlab chiqarish yoki xizmat kо‘rsatish firmasini uning raqiblaridan ajratib turadigan bilim va uslublari hisoblanadi. Samaradorlik asosiy kо‘rsatkichlari – menejerlarga korxona faoliyatini baxolash va undagi о‘zgarishlar zaruriyatini aniqlashga imkon beradigan kо‘rsatkichlardir. Bular kundalik mablag‘ zaruriyati, bitta maxsulot birligiga yoki bо‘limga tо‘g‘ri keladigan operatsion daromadi kabi moliyaviy kо‘rsatkichlar va buyurma balarilish vaqti, umumiy sotuvdagi yangi maxsulotlar sotilishi qismi kabi nomoliyaviy korsatkichlar. Loyiha – bu о‘zaro bog‘liq bо‘lgan, malum bir natijaga erishishga yo`naltirilgan va ularni amalga oshirish uchun uzoq muddat talab etiladigan ishlar ketma-ketligi. Loyiha boshqaruvi – bu berilgan loyiha cheklovlarini hisobga olgan holda resurslarni (mehnat, moddiy va uskunalar) rejalashtirish, taqsimlash va nazorat qilishdir. Maxsus loyiha – bu ma’lum bir doimiy ish bilan shug‘ullanuvchi maxsus tashkillashtirilgan odamlar guruhiga asoslangan loyihani amalga oshirishga yo`naltirilgan tashkiliy tizimga aytiladi. Funksional loyiha – bu firmaning har hil funksional bо‘limlari ishchilari guruhiga asoslangan loyihani amalga oshirishga yo`naltirilgan tashkily tizim hisoblanadi. Bunday guruh vakillari о‘z funksional bо‘limlari ishchilari bо‘lib qolaveradi va odatda bevosita loyiha ustida ishlash uchun о‘zining butun ish vaqtini bag‘ishlamaydi. Jarayon – tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning malum bir qismiki, bunda ishlab chiqarishning kiritiluvchi omillari (“kirish”) tugallangan maxsulotga (“chiqish”) aylantiriladi. Bu bilan korxona о‘z qiymatini ishlab chiqarishning kiritiluvchi omillariga nisbatan balandroq bо‘lishini taminlaydi. Sikl vaqti – bu malum bir jarayonda ketma ket ishlanadigan “birliklar” chiqishi orasidagi о‘rtacha vaqt. Bu atamaga kо‘pgina hollarda malum bir takrorlanuvchi ishning boshi va ohiri orasidagi о‘rtacha vaqt deb tavsif beriladi. Ishlatilish koyeffitsiyenti – bu malum bir resursning faktik ishlatilish vaqtining uning ishlatilishi mumkin bо‘lgan vaqtga nisbati. Samaradorlik – jarayonning chiqishdagi faktik natijasini mos nо‘rmaga bо‘lgan nisbati. Maxsulot partiyasi ishlab chiqarish vaqti – bitta maxsulot ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan vaqtni partiya miqdoriga kо‘paytmasi Tayyorgarlik vaqti (qayta tayyorlash vaqti) – uskunalarni malum bir maxsulot turini ishlab chiqarishga tayyorlash uchun lozim bо‘ladigan vaqt. Operatsion vaqt – malum bir uskunani tayorgarlik vaqti va shu uskunada maxsulot partiyasini ishlab chiqarish vaqtlarining yig‘indisi. Maxsulotni ishlab chiqarishdagi vaqti – maxsulotga butun ishlab chiqarish jarayonini о‘tashga talab qilinadigan о‘rtacha vaqt; bu vaqt maxsulotga ishlov berish vaqti va navbatda turish vaqtidan iborat. Bu vaqt buyurtma vaqti (lead time) tarkibiga kiradi. Buyurtma vaqti deganda mijoz о‘z buyurtmasini kutishi kerak bо‘lgan umumiy vaqt tushuniladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari - ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat predmetlari (hom ashyo, materiallar, irov materiallari, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va hokazo). Har bir ishlab chiqarish siklida tiliq sarflanadi hamda korhonaning aylanma mablag‘lari hisobiga sotib olinadi. Aylanma mablag‘lar - ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, yangi mahsulotni о‘z lashtirish harajatlari, kelgusi davr harajatlariga sarflanuvchi korhona mablag‘larining pul shaklida ifodalanishi. Aksiya - aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda uning egasi, aksiyadorlik jamiyatining a’zosiga jamiyatni boshqarish va foydadan dividend olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog‘oz. Aksiyadorlik kapitali - aksiyadorlik jamiyatining asosiy kapitali, uning hajmi Nizomda belgilab beriladi. qarzga olingan mablag‘lar va aksiya chiqarish hisobiga shakllantiriladi. Amortizatsiya - asosiy fondlar qiymatini asta-sekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki hizmatlarga itkazilishi; mablag‘larning maqsadli ravishda jamg‘arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning irnini qoplashga ishlatilishi. Amortizatsiya vositalari - korhona asosiy fondlarini saqlash va yangilash uchun mahsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar. Amortizatsiya fondi - asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarishga miljallangan pul mablag‘lari. Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling