Tejamkorlik paradoksi reja


Download 20.11 Kb.
bet4/4
Sana13.03.2023
Hajmi20.11 Kb.
#1265866
1   2   3   4
Bog'liq
Tejamkorlik paradoksi

Chizmaning yotiq o‘qida milliy daromad, tik o‘qida esa jamg‘arma va investitsiyalar hajmi joylashtirilgan bo‘lib, F chizig‘i iqtisodiyotdagi to‘la bandlik sharoitida milliy daromad hajmini ifodalaydi. E’tibor berilsa, chizmadagi investitsiya sarflari chizig‘i yotiq o‘qqa parallel emas, balki o‘sib boruvchi ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Bu esa, avtonom investitsiyalardan farqli o‘laroq, hosilaviy investitsiyalarning milliy daromad hajmiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi jamg‘arma hajmi S dan S ga qadar o‘smoqda. Natijada jamg‘armaning investitsiya bilan muvozanat nuqtasi E dan E ga ko‘chdi. Biroq, bu o‘sish E nuqtadagi milliy daromad hajmi 0N ning E1 nuqtadagi 0N1 hajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investitsiya hajmi ham EN darajadan E darajaga qadar qisqardi. E1E0E nuqtalarini tutashtirish natijasida hosil bo‘luvchi uchburchak yuzasi jamg‘arma hajmining o‘sishi natijasida investitsiya imkoniyatlarining qisqarishini EE0 kesma esa investitsiyalarning qisqarishini ko‘rsatadi. Aynan Shu Ya’ni jamg‘armalarning o‘sishi natijasida investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik paradoksi» mohiyatini namoyon etadi.Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda Yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan va xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.Balans usulida tarmoqlararo balans moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori bilan olingan mahsulot hajmini taqqoslash orqali muvozanat darajasi tahlil qilinadi.Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida mutanosiblik bo‘lishini taqozo qiladi.

E`tiboringiz uchun raxmat.


Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling