Tekis fermalar hisobi. Ritter usuli,tugun kesish usuli,Maksvel-Kremon usuli
Download 16.35 Kb.
|
tekis ferma
Mavzu: Tekis fermalar hisobi.Ritter usuli,tugun kesish usuli,Maksvel-Kremon usuli. Reja: Ferma haqida tushuncha Fermalar hisobi Ritter usuli Maksvel-Kremon usuli. Ferma (frans. ferme, lot. fi rmus — mustahkam) — 1) qurilish mexanikasida — geometrik jihatdan uzgarmaydigan sterjenli tizim. Hisoblashlarda barcha tugunlari sharnirli deb qabul qilinadi; 2) tom yopish, bostirmalar qurish va koʻprik qurishda ishlatiladigan qurilish konstruksiyasi. Devor yoki ustunlar oraligʻi katta binolar (mas, kinoteatrlar, bozor pavilonlari, sport zallari, sanoat korxonalari va boshqalar)da tom yopish uchun toʻsinlardan foydalanish iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi. Katta soy va daryolarga kuriladigan koʻpriklar ham toʻsinlardan ishlansa, ancha qimmatga tushadi. Shunday hollarda F.dan foydalanish iqtisodiy jihatdan ancha samarali boʻladi. F.lar toʻsin (balka) larning takomillashgan bir turi boʻlib, ular oʻtaydigan vazifani bajaradi. Materialning xiliga qarab, temirbeton, metall va yogʻoch F.lar boʻladi. Tashqi koʻrinishiga koʻra, parallel tasmali (rayem, a), uchburchak shaklli (rayem, b) va poligonal tasmali.v) F.larga boʻlinadi. F.lar panjarasining tuzilishiga qarab ham yana bir necha xillarga boʻlinadi. Vazifasiga koʻra, tom, koʻprik va kran F.lari boʻladi. Koʻprik F. ichida yukning harakatlanish sathiga qarab yuk ustki yoki pastki tasmada yuradigan F.lar farklanadi. Odatda, tashki kuch (yuk)lar F. tugunlariga tushadi. F. sterjenlari tashqi kuchlar taʼsirida asosan siqilish va choʻzilishga ishlaydi. F.ning barcha sterjenlari bir tekislikda joylashsa, tekis yoki yassi F., har xil tekislikda joylashea, fazoviy F. deb ataladi. Ikki tayanch orasidagi masofa quloch (prolyot) deyiladi; F.ning tashqi konturida joylashgan sterjenlar tasmalar, ular orasida joylashgan sterjenlar panjaralar, panjaralarning tik elementlari ustun, kiya elementlari havon deb ataladi. F. tugunlari orasidagi gorizontal masofa panel deyiladi. materiali qanday boʻlishidan qatʼi nazar tashqi kuchlar (mas, tom plitalari) taʼsirida uning sterjenlarida vujudga keladigan ichki kuchlar qiymati materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi usullari yordamida aniklanadi. Ichki kuchlar aniklangandan keyir bajariladigan hisoblash ishlari (maye., kesim tanlash, mustahkamligini tekshirish va boshqalar) tatbiqiy fanlarning usul va qoidalari asosida bajariladi. FERMALAR HISOBI I. NAZARIY QISM Nazariy mexanikaning statikaga oid masalalarda qattiq jismga ta’sir etuvchi kuchlar muvozanati, reaksiya kuchlari, kinematikaga oid masalalarda esa, nuqtaning harakat tenglamalari, trayektoriyasi, tezligi, tezlanishi kabi harakteristikalarni turli koordinatalar sistemasida o’rganish talab etiladi. Materialni yaxshi o’zlashtirish uchun, nazariy qism bilan birga bir nechta hisoblash ishlarini mustaqil bajarish zarur. Bunda talabalar bir tomondan masala yechishni, ikkinchi tomondan esa nazariy bilimlarni yaxshi o’rganadilar. Statika masalalarini yechishda talaba kuchlarni chizmada tasvirlay olish, o’qlarga proyeksiyasini, nuqtaga nisbatan kuch momentini hisoblash tenglamalar sistemasini yechish kabi ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur. Nuqta harakatining kinematik harakteristikalarini o’rganish, talabaning egri chiziqning parametrik tenglamalari, chiziqning egrilik radiusi, funksiyaning hosilasi, egri chiziqqa o’tkazilgan urinma, yoy koordinatasi kabi tushunchalarni bilishini taqozo qiladi. Mustaqil ishlarni bajarish uchun nazariy mexanika kursidan quyidagi tushunchalarni bilish kerak: kuchlarni o’qqa proyeksiyasini olish; kuch momentlarini hisoblash; noma’lum reaksiya kuchlarini topish; nuqtaning harakat tenglamalarini keltirib chiqarish; nuqta trayektoriyasi tenglamasini chiqarish; nuqta harakatining berilish turiga qarab uning tezligi va tezlanishini aniqlash; trayektoriya bo’ylab harakat qonunini topish; tabiiy koordinatalardan nuqta tezligi va tezlanishini topish; vaqtning berilgan qiymatida trayektoriyaning egrilik radiusini topish; berilgan vaqt uchun olingan natijalarni chizmada tasvirlash. Barcha variantlarda A va B parametrlar keltirilgan. Bu parametrlar talabaning ismi sharifidagi harflar soniga teng. Masalan, talabaning ismi sharifi Umarov Eldor bo’lsa, A=6; B=5 deb olinadi. Download 16.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling