Tekislik. Tekislikni chizmada berilishi. Umumiy va xususiy vaziyatdagi tekisliklar. Tekislikning bosh chiziqlari. Reja


Profil proektsiyalovchi tekislik. Profil proektsiyalar tekisligiga perpendikulyar tekislik profil proektsiyalovchi tekislik deyiladi


Download 1.3 Mb.
bet3/3
Sana23.09.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1685342
1   2   3
Bog'liq
5 Tekislik Tekislikni chizmada berilishi

Profil proektsiyalovchi tekislik. Profil proektsiyalar tekisligiga perpendikulyar tekislik profil proektsiyalovchi tekislik deyiladi. Bu tekislikning gorizontal PH va frontal PV izlari OX o`qiga parallel bo`ladi. P tekislikning, burchaklari profil proektsiyalovchi tekislikning H va V tekisliklar bilan hosil qilgan burchaklarning xaqiqiy qiymatiga teng bo`ladi (5.9-chizma).



5.9-chizma
Proektsiyalar tekisliklariga parallel tekisliklar. Gorizontal tekislik. Gorizontal proektsiyalar tekisligiga parallel P tekislik gorizontal tekislik deyiladi. Bu tekislik bir vaqtda V va W tekisliklariga perpendikulyar bo`ladi. Tekislikning vaziyatini uning frontal Pv izi aniqlaydi.
Frontal tekislik . Frontal proektsiyalar tekisligiga parallel P tekislik frontal tekislik deyiladi. Bu tekislik bir vaqtda H va W tekisliklariga perpendikulyar bo`ladi. Tekislikning vaziyatini uning gorizontal PH izi aniqlaydi.
Profil tekislik. Profil proektsiyalar tekisligiga parallel P tekislik profil tekislik deyiladi. Profil P tekislik bir vaqtda H gorizontal va V frontal proektsiyalar tekisliklariga perpendikulyar bo`ladi. Tekislikning fazoviy vaziyatini uning P gorizontal va P frontal izilari aniqlaydi. (5.10-chizma)

5.10-chizma



Qiya tekislik
Tarif
Qiya tekislik bu ikki tekislikka qiya va uchinchisiga perpendikulyar bo’lgan tekislikdir
13.10 chizmada HP va EVP tekislikka qiya va FVP ga perpendikulyar to'g'ri to'rtburchakli tekislik ko'rsatilgan. Modomiki u FVP ga perpendikulyar ekan, qiya tekislik va HP tekislik orasidagi haqiqiy burchakni FVP da o'lchash mumkin. Bu burchak ϕ deb belgilanadi.

Birinchi chorak proyeksiyasi

13.10-chizma

Berilgan frontal proyeksiyasi va VP bilan hosil qilgan burchagiga kora AB togri chiziqning gorizontal proyeksiyasini chizish (13.11-chizma).


13.11-chizma

Bu chizish usuli so'ngisiga o'xshash va shu misolda berilgan yo'nalish orqali bajarilsa bo'ladi.
Yuqoridagi chizmada, tekislikning epyuridagi eskizi ko’rsatilgan. Pastki chizmada tekislikning to'liq proeksiyasi ko'rsatilgan. Agar tekislik to'g'ri to'rtburchak ekanligi va izi berilgan bo'lsa, to'liq proeksiyasining qanday ko'rinishda bo’lishi oydinlashadi.
13.12-chizmada uchburchaksimon tekislik FVP va EVP ga qiya va HP ga perpendikulyar. Modomiki u HP ga perpendikulyar ekan, qiya tekislik va FVP orasidagi aniq burchak HP da haqiqiy kattalikda o'lchanadi. Bu burchak и bilan belgilanadi.
Yana bir bor, agar tekislik uchburchak ekanligi va izi berilgan bo'lsa, qiya tekislikning to'liq proeksiyasining ko'rinishi aniq bo'ladi.


13.12-chizma

Umumiy vaziyatdagi tekislik

Tarif

Umumiy vaziyatdagi tekislik bu barcha proyeksiya tekisliklarga qiya bo'lgan tekislikdir.
13.15-chizmada uchta proyeksiya tekisliklariga qiya bo'lgan to'rt tomonli tekislik keltirilgan.

13.15-chizma
Yuqoridagi chizmada tekislikning epyurdagi izi ko'rsatilgan. Pastki chizmada esa uning to'liq proeksiyasi tasvirlangan. Agar tekislik izlari berilgan bo'lsa, tekislik proeksiyasining ko'rinishlari qanday bolishi aniq bolishi kerak.
13.16-chizmada uchala proyeksiya tekisligiga qiya bo'lgan uchburchakli tekislik berilgan.
Yuqoridagi chizmada tekislikning epyurdagi izi ko'rsatilgan. Pastki chizmada esa uning to'liq proeksiyasi tasvirlangan. Agar tekislik izlari berilgan bo'lsa, tekislik proeksiyasining ko'rinishlari qanday bolishi aniq bolishi kerak.



13.16-chizma
HP va umumiy vaziyatdagi tekislik orasidagi burchakni haqiqiy kattaligini topish. (13.17-chizma)



13.17-chizma
Uchburchak umumiy vaziyatdagi tekislik ostida qiya qilib to’g’ri burchakda joylashtirilgan. PQR uchburchagi ham HP ga umumiy vaziyatdagi tekislik bilan bir xil burchak ostida tutashadi.
Uchburchak FVPga paralell bolgunicha aylantiriladi. Uning yangi vaziyati endi PQS da bo’ladi va talab qilingan burchak esa PŜQdir.
VP va umumiy vaziyatda tekislik orasidagi burchakning haqiqiy kattaligini topish (13.18 chizma).

1-chorak proeksiyasi


13.18-chizma

Uchburchak umumiy vaziyatdagi tekislik ostida qiya qilib to’g’ri burchakda joylashtirilgan. PQR uchburchagi ham FVP ga umumiy vaziyatdagi tekislik bilan bir xil burchak ostida tutashadi.
Uchburchak HPga paralel bo’lgunicha aylantiriladi. Uning yangi vaziyati endi PQS da bo’ladi va talab qilingan burchak esa PŜQdir.
Berilgan umumiy vaziyatdagi tekislik VTH ni hosil qilgan burchagini aniqlash (13.19 chizma).



13.19-chizma

XY o'qidagi istalgan a nuqtadan ab (XY o’qiga perependikulyar) va ac to’g’ri chiziqlar (TH ga perpendikulyar) chiziladi.
T markazdan Tb radiusli va d nuqtada ac bilan uchrashadigan yoy chiziladi.
dTc Talab qilingan burchakdir.1
Nazorat savollari

1.Epyurda tеkislik qanday usullar bilan bеriladi?


2. Qanday tеkislik umumiy vaziyatdagi tеkislik dеyiladi?
3. Tеkislikning izi nima?
4. Proеktsiyalovchi tеkislikning qanday xossalari bor?
5. Qanday tеkislik xususiy vaziyatdagi tеkislik dеyiladi?


1 K. Morling “Geometric and Engineering Drawing” Elsevier Ltd. Great Britain-2010. 191-196.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling