Tekisliklarning o`zaro vaziyatlari


Proeksiyalar tekisligini almashtirish usuli bilan quyidagi metrik va pozitsion masalalarni yechamiz


Download 67.64 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi67.64 Kb.
#1832911
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shomuradov Bahrom kurs ishi

Proeksiyalar tekisligini almashtirish usuli bilan quyidagi metrik va pozitsion masalalarni yechamiz:
1-masala: Umumiy vaziyatda joylashgan to‘g‘ri chiziqni proeksiyalari tekisligini almashtirish usulini qo‘llab proeksiya tekisliklaridan biriga parallel bo‘lgan vaziyatga keltirish.
P1P2 sistemada umumiy vaziyatda joylashgan a to‘g‘ri chiziq berilgan (49-shakl).
Ushbu masalani yechish uchun qabul qilingan yangi P4 tekislik P1 ga perpendikulyar va a to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lishi kerak. AV kesma va  burchak P4 tekislikka nisbatan frontaldir. 49-shakl a to‘g‘ri chiziqqa parallel qilib X14 proeksiyalar o‘qi o‘tkazilgan va yuqoridagi (47-shaklda) yasalgan qoidaga asosan kesmaning A4V4 proeksiyasini yasaymiz.
Bu masalani gorizontal proeksiyalar tekisligini yangi proeksiyalar tekisligi bilan almashtirib ham yechish mumkin.

2-masala. Umumiy vaziyatdagi to‘g‘ri chiziq proeksiyalari tekislikigini almashtirish bilan proeksiya tekisliklaridan biriga perpendikulyar vaziyatga keltirilsin.


Umumiy vazziyatdagi to‘g‘ri chiziqni perpendikulyar vaziyatda keltirish uchun, proeksiya tekisliklarini ketma-ket ikki marta almashtirish zarur. 49-shakl P4 tekislik P1 ga perpendikulyar va AV kesmaga parallel qilib oldik, natijada AV kesma P4 tekisllikka o‘zgarmay proeksiyalanadi buni 1 – masalada tushuntirib o‘tilgan edi. Ikkinchi P5 tekislikni a to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar qilib olamiz. Shu bilan birga P4 va P5 tekisliklar ham o‘zaro perpendikulyar bo‘ladi. x45 proeksiyalar o‘qini a5 to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar qilib o‘tkazamiz. a to‘g‘ri chiziq P5 tekislikka nuqta ko‘rinishda proeksiyalanadi. Shunday qilib P4 va P5 tekisliklar sistemasida a to‘g‘ri chiziq P5 tekislikka nasbatan proeksiyalovchi vaziyatga keltiriladi.
3-masala. Umumiy vaziyatdagi tekislikni proeksiyalar tekisligini almashtirish bilan yangi proeksiya tekisliklaridan biriga perpendikulyar vaziyatga keltiring.
50-shaklda P1 va P2 tekisliklar sistemasida umumiy vaziyatdagi tekislik o‘zining uchta A,V va S nuqtalari bilan berilgan. Almashtiriladigan P4 tekislik uchburchak AVS ga va proeksiya tekisliklaridan biriga perpendikulyar joylashadi. Buning uchun AVS tekislikdan bosh chiziqlaridan birini masalani S1 gorizontal o‘tkazamiz. Bu gorizontal yangi o‘tkaziladigan P4 tekislikni yo‘nalishini aniqlaydi. P4 tekislik S1 gorizontal va P1 tekislikka perpendikulyar bo‘lib joylashadi.
Proeksiyalar o‘qi X14 tekislikning gorizontal S1 ga perpendikulyar bo‘lib yo‘naladi.

50-shakl
AVS uchburchakning uchlaridan yangi proeksiyalar o‘qiga perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazamiz va bu to‘g‘ri chiziqlarga X14 dan boshlab ZA, ZB va ZS uzunlikka ega bo‘lgan kesmalarni qo‘yib, to‘g‘ri chiziq kurinadigan yangi frontal proeksiyasi A4 V4 S4 ni yasaymiz.
AVS tekislikni P1 tekisligi bilan hosil qilgan  burchagi o‘zgarmasdan P4 tekislikka proeksiyalanadi. Xuddi shunga o‘xshash, gorizontal proeksiyalar tekisligini yangi tekislik bilan almashtirib ham masalani yechish mumkin. AVS tekislikning A2 frontaliga perpendikulyar qilib P4 tekislikni o‘tkazamiz. Bu tekislikka AVS tekislik to‘g‘ri chiziq ko‘rinishda proeksiyalanadi. Shuningdek, AVS tekislik bilan P2 tekislik orasidagi burchagini ham aniqlash mumkin. Buning yechimini o‘quvchini o‘ziga havola qilamiz.
AVS uchburchakning koordinatalarini o‘zingiz tanlab oling.

51-shakl
4-masala: Proeksiyalar tekisligini almashtirish usuli bilan umumiy vaziyatdagi tekislikni yangi sistemadagi proeksiya tekisliklaridan biriga parallel vaziyatga keltiring. Bu masalani yechish uchun, proeksiya tekisliklarini ketma-ket ikki marta almashtirish zarur. Buning uchun P2 tekislikni P4 tekislik bilan almashtirib shu bilan birga uni AVS tekislikka perpendikulyar qilib joylashtiriladi. Birinchi almashtirishda AVS uchburchak P4 tekislikka nisbatan proeksiyalovchi vaziyatni egallaydi. Bu masalani yechish yuqoridagi 3-masaladan bayon etilgan. Ikkinchi marta almashtirishda P5 tekislik P4 ga perpendikulyar va AVS tekislikka parallel qilib joylashtiriladi. Buni epyurda yasash lozim bo‘lsa X45 o‘qini AVS ning yangi frontal proeksiyasi A4V4S4 ga parallel qilib chizamiz va uchburchakning yangi gorizontal A5V5S5 proeksiyasini yasaymiz. Bu nuqtalarni yasash uchun, X45 ga o‘tkazilgan perendikulyarga lA lB va lC uzunlikka teng bo‘lgan kesmalarni qo‘yamiz, natijada AVS ga teng bo‘lgan A5 V5 S5 uchburchak yasaladi. (51-shakl).


Download 67.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling