Yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi
Yangi tarmoqqa kirish quyidagi uch shakldan birida davom etishi mumkin:
a) «yutib yuborish»;
b) yangi kompaniya tuzish;
v) kushma korxona tuzish.
Mavjud korxonani «yutib yuborish» eng ommaviy usul bo’lib, yangi bozorga tezroq kirish ustunligiga ega. SHuningdek u texnologik qoloqlikni tugatish, ta’minotchilar bilan aloqalar bog’lash, yangi tarmoqda raqobatbardoshlikka erishish kabi tusiqlarni yengish uchun yordam beradi. Ko’ptarmoqlarda zarur axborot bazasini rivojlantirish, o’zini resurslar bilan ta’minlash va jiddiy raqobatchi obrusini egallash uchun korxonalarga bir necha yil kerak bo’ladi.
«Noldan boshlash» diversifikatsiyasi tanlangan tarmoqda «bosh» kompaniya boshchiligida yangi kompaniya to’zishni ifodalaydi. Bu kuyidagi xollarda jozibali xisoblanadi:
- bunda yetarli vaqt bo’lgan taqdirda;
- yangi korxonaning bozorni egallashga bo’lgan xarakatlariga raqobatchi korxonalar reaktsiya bildirmaydilar.
Bunday yul bilan bozorga chiqish boshqa kompaniyani sotib olishdan arzonga tushadi.
Korxona samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yetarli tajribaga ega bo’ladi.
Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish tarmoqdagi talab va taklif muvozanatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Maqsadli tarmoqda nisbatan katta bo’lmagan korxonalar bo’lganligi uchun yosh kompaniyalarga yirik raqobatchilar bilan raqobat qilishiga to’g’ri kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |