Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi Reja: Kirish
Download 278.4 Kb.
|
Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Fоуdаlаnilgаn аdаbiуоtlаr rо’ухаti Annotatsiya
- Adabiyotlar tahlili
Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi Reja: Kirish Xavfsizlik tushunchasi, tiplari va turlari. Davlatimizning milliy xavfsizligi. Milliy xavfsizlik tizimida iqtisodiy xavfsizlikning o’rni. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligining kontseptual asoslari va strategiyasi. Xulosa Fоуdаlаnilgаn аdаbiуоtlаr rо’ухаti Annotatsiya Mazkur kurs ishi O’zbekiston Respublikasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ahamiyati va tushunchasi hamda davlatning hududiy siyosati va mintaqalashtirish muammolarini o’rganishga qaratilgan. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni baholash, rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo`nalishlarini belgilash vazifalari o’rganildi. Mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga mamlakatdagi barcha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirish, aholining turli qatlamlari o’rtasida moddiy ne’matlar taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam darajaga keltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy hokimiyat va o’z-o’zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi lozimligi ko’rsatib o’tilgan. O`zbekistonda hududiy rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish choralari keng yoritib berilgan. Adabiyotlar tahlili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga 2020-yil 29-dekabrda qilgan murojaatnomasida ― “Barchamiz yaxshi bilamizki, bugungi kunda butun insoniyat koronavirus pandemiyasi degan global ofatni boshidan o’tkazmoqda. Bunday ulkan falokat jahon miqyosida so’nggi yuz yilda ro’y bermagan, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoning 191 mamlakatida 81 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 1 million 765 ming nafari vafot etgan. Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun – shunga e’tibor bering – har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar 6 keltirmoqda. Bugungi kunga qadar dunyo bo’yicha 500 millionta ish o’rni yo’qotilgan. Afsuski, bu ofat butun insoniyat qatori xalqimiz uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab muammolarni keltirib chiqardi. Buxoro va Sardobada yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlar ham el-yurtimizning irodasini yana bir bor sinovdan o’tkazdi. Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati hamda matonati, aholi va davlat organlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o’tmoqdamiz”1,-deb ta‘kidladi. Mamlakatimizda- “Samarali mintaqaviy siyosatni o’tkazish mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini chuqur tahlil qilish va tashxislashni talab qiladi. Mintaqalashtirish muammosi – bu O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy makonining yagonaligini saqlab qolishdir. Mintaqaviy siyosatning maqsadi mamlakatning yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xalaqit beradigan, ijtimoiy kelishmovchiliklarning paydo bo’lishiga xizmat qiladigan hududiy notengliklarni bartaraf etishdan iborat”2dir. Kirish Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiyiqtisodiy qarorlar qabul qilishda orientir bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasida “Makroiqtisodiyot barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sish sura’tlarini ishlab qolish milliy iqtisodiyotning mutonosibligi va barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish kerakligi aytib o’tilgan3. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning oqibatlarini xavfsizlik nuqtai nazaridan tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir yo’nalishga ustuvorlik berish davlat va jamiyatning hayot faoliyatini ta’minlovchi tizimlarning parokandaligiga olib kelishi mumkin. Mintaqaviy va lokal urushlar, texnogen xarakterga ega bo’lgan halokatlar, dunyoning bir mamlakatida boshlanib, tezlik bilan boshqa mamlakatlarga ham tarqalayotgan inqirozlar, terroristik aktlar ham milliy, ham xalqaro darajalarda xavfsizlikni ta’minlashning zaruriyatini cheksiz oshirmoqda. AQSH ipotekali kreditlash tizimida ro’y berib, keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlariga tarqalib, global xarakter kasb etgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz jahonning hech bir davlati xavf-xatarlardan kafolatlanmaganligini namoyon qildi. Iqtisodiy xavfsizlikning ilmiy muammolar qatoridan asosiy o'rin olishi unga ta'sir etuvchi omillarning kuchayishidan kelib chiqadi. Bular jumlasiga, birinchi navbatda, globallashuv jarayonlarining kengayishi va chuqurlashib borishi kiradi. Umumbashariy globallashuv hamda ochiq iqtisodiyot milliy iqtisodiyotni jahon iqtisodiyotiga qattiq bog'lab qo'ydi, unga jahon xo'jaligidagi o'zgarishlar ta'sirini kuchaytirmoqda. Bu iqtisodi kuchli bo'lmagan mamlakatlarda chetga qaramlik tahlikasini yuzaga keltiradi. lqtisodi kuchli va zaif mamlakatlar o'rtasidagi tafovutlarning saqlanishi va ayrim hollarda kuchayishiga olib keladiki, natijada globallashuv qarshi harakatlarni yuzaga chiqara boshlaydi. Globallashuv terrorizm, diniy ekstremizm va odam savdosiga xalqaro tus berganligi uchun ham iqtisodiy tahlikani yuzaga keltiradi. Download 278.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling