Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi Reja: Kirish


Davlatimizning milliy xavfsizligi


Download 278.4 Kb.
bet4/12
Sana17.06.2023
Hajmi278.4 Kb.
#1519621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi

Davlatimizning milliy xavfsizligi.

Milliy xavfsizlikning strategik maqsadlari bo’lib mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash, shaxsni har tomonlama taraqqiyoti uchun shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni yangi yuqori texnologik taraqqiyot darajasiga olib chiqish, yalpi ichki mahsulot hajmi bo’yicha jahonda yetakchi davlatlar qatoridan o’rin olish va ichki hamda tashqi tahdidlarga nisbatan ishonchli samarali to’siqni yaratish bo’lib hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlik bilan bog’liq muhim tushunchalar quyidagilardan iborat:

  • O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy suvereniteti – xalqaro majburiyatlarni hisobga olgan holda tashqi va ichki iqtisodiy siyosatni olib borishda davlatning mavjud bo’lgan obyektiv mustaqilligi;

  • Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar – iqtisodiyot sohasida O’zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita ziyon keltirishi mumkin bo’lgan yalpi shart-sharoitlar va omillar;

  • Iqtisodiy xavfsizlikka xavf-xatarlar – biror-bir aniq shart-sharoitlarda ularning bari iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni vujudga keltirishi mumkin;

  • Iqtisodiy xavfsizlik sohasida tavakkalchiliklar – iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirish jarayonida O’zbekiston Respublikasi milliy manfaatlariga ziyon keltirishi mumkin;

  • Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash – davlat organlari va mahalliy hokimiyat va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jamiyatning fuqorolik institutlari bilan hamkorlikda milliy manfaatlarga bo’lgan tahdidlarga qarshi qaratilgan siyosiy, huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, axborot va iqtisodiyot sohasida hamda boshqa turdagi chora- tadbirlarni amalga oshirishi shular jumlasidandir.

Iqtisodiy xavfsizlik tizimi o’zining tushuncha va kategoriyalariga asoslanib yettita blokdan iborat:

  1. Milliy xavfsizlik konsepsiyasi.

  2. Iqtisodiyot sohasida O’zbekiston Respublikasining milliy manfaatlari.

  3. Iqtisodiyot sohasida tahdidlar.

  4. Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlari.

  5. Iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegaralari.

  6. Iqtisodiy xavfsizlikni tashkil etish.

  7. Iqtisodiy xavfsizlik huquqiy ta‘minoti.

Milliy iqtisodiyotning barqarorligi esa mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faolligi uchun sharoit va kafolatlarni yaratish, barqarorlikka putur yetkazishi mumkin bo’lgan omillarga (masalan, iqtisodiyotda kriminal tuzilmalar bilan kurash, og’ir ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan daromadlar taqsimlanishida katta tafovutlarga yo’l qo’ymaslik) to’siq bo’lish imkoniyatlarini bildiradi.

Download 278.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling