Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi Reja: Kirish
Download 278.4 Kb.
|
Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tartibga soluvchi
- Innovatsion iqtisodiyot
Himoyalovchi – mamlakatni yetarli darajada resurs salohiyati mavjudligi sababli iqtisodiyotni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish. Ushbu funksiya samarali faoliyat yuritishi uchun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish, kadrlar va boshqaruv resurslar darajasini oshirish, tashqi tavakkalchiliklar darajasini pasaytirish.
Tartibga soluvchi – tahdidlarni oldini olishning ikki varianti mavjud, ―yuqoridan pastga va “pastdan yuqoriga”. Birinchi variant mavjud bozor munosabatlarini va davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini takomillashtirishni rivojlantrishga asoslanadi. Ikkinchi variant bozorni tartibga solishni ichki xo’jalik mexanizmiga va o’z-o’zini tartibga solish mexanizmiga asoslanadi. Bunda, birinchi navbatda, raqobat va baho darajasiga bog’liq bo’lgan xo’jalik subyektlarining ichki va tashqi muhiti hamda bozorning asosiy tavsifi muhim rolni o’ynaydi. Bozor iqtisodiyotning muvozanatli holatini raqobat va bahoning optimal nisbatini belgilab beradi. Innovatsion iqtisodiyotda mavjud bo’lgan va ushbu vaqtda amal qilayotgan tahdidlarni yengib o’tish uchun innovatsion qarorlar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda undan foydalanish. Ogohlantiruvchi – iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashda uni bashorat qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda kelayotgan tashqi va ichki xavf-xatarlarni, tavakkalchiliklarni, tahlikali vaziyatlarni ogohlantirish, oldini olish, bartaraf etish tavakkalchiliklarni sifatli bashoratlash va unga qarshi samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun aniq, o’z vaqtida, mukammal sifatli axborot kerak bo’ladi. Shuning uchun ham iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning ogohlantiruvchi funksiyasi axborotga asoslanadi. Ijtimoiy –shaxsni, jamiyatni va davlatni rivojlantirish hisobiga mamlakat aholisini yuqori turmush darajasi sifatiga erishish. Shunday qilib, O’zbekistonda iqtisodiy xavfsizlik strategiyasi va uning himoyalovchi choralari bugungi kun talablariga mos bo’lib bormoqda. Ular mamlakatda bugungi kunda mavjud muammolarga yaqinlashgan. Davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiy xavfsizlik strategiyasi – bu davlatni iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmi va kategoriyalaridir hamda o’zaro bog’liq va bir-biri bilan hamkorlikda bo’lishi kerak. Bir tomondan, iqtisodiy xavfsizlik strategiyasi bu uning strategik maqsadlarini ifodalab, tartibga solishda makroiqtisodiy konsepsiyaning sifatini belgilab, iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismini tashkil etadi. Boshqa tomondan, kutilayotgan iqtisodiyot holatini miqdoriy parametrlarini baholovchi, iqtisodiy siyosat metodlarini tanlashda cheklovlarni belgilovchi, ya‘ni ulardan foydalanish natijasida mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikka bo’lgan tahdidlar darajasini pasayishga olib kelsin. Davlat iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning institutsional mexanizmida asosiy muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarganligi bois, yuqorida tilga olib o’tilgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etishda davlatning o’rniga alohida e‘tibor qaratiladi. O’z manfaatlari yo’lida harakatlanuvchi davlatga qarashli bo’lmagan nodavlat subyektlari institutsional mexanizmning yuqori darajadagi funksiyalari (masalan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash strategiyasini ishlab chiqish)ni uddalay olmaydilar, mazkur institutsional mexanizmning bir qator funksiyalarini tor doiralardagina amalga oshira oladilar xolos. Bugungi kunda mamlakatda bozor munosabatlarini erkinlashtirish, davlatning boshqaruvchilik funksiyalarini qayta ko’rib chiqishga qaratilgan keng ko’lamli ma‘muriy islohotlar amalga oshirilayotgan bir sharoitda, iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash sohasida davlat va nodavlat tuzilmalarning uzviy hamkorligi talab etiladi. Aynan shu maqsadda keyingi paytda ma‘muriy islohotlarni amalga oshirish konsepsiyasi, “O’zbekiston Respublikasining Jamoatchilik nazorati to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasining davlat-xususiy sherikchlik to’g’risida”gi Qonunlari va qator Prezident farmonlari va qarorlari qabul qilindi. Bularning barchasi iqtisodiy xavfsizlikni chuqur tadqiq etishga, baholashga keyinchalik uning turli muammolarni hal etishda mustahkam bazani shakllantiradi. Iqtisodiy xavfsizlik tizimini qurish jarayoni asosiy mezon va tushunchalarga ko’ra yettita blokdan iborat. Shunday qilib, iqtisodiy xavfsizlik bu iqtisodiyotning shunday holatiki, unda barqaror iqtisodiy o’sishga erishiladi, ijtimoiy ehtiyojlar qondiriladi, samarali boshqaruv, milliy iqtisodiyotning o’ziga xos belgilaridan biriga aylanadi. Iqtisodiy xavfsizlik ikki tashkil etuvchidan iborat: ichki va tashqi. Ichki tashkil etuvchilarga mamlakatda yuz bershi mumkin bo’lgan, kutilayotgan tahdidlar va stixiyalarga nisbatan iqtisodiyotni, jamiyat va davlat institutlarining barqarorligi bilan ifodalanadi. Tashqi tashkil etuvchilarga, xorijiy iqtisodiy yoki siyosiy subyektlar manbai bo’lib, kutilmagan yoki ular tomonidan rejalashtirilgan tahdidlar bo’lib hisoblanadi. Download 278.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling