Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi Reja: Kirish
Download 278.4 Kb.
|
Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik xavfsizlik
- Moliyaviy xavfsizlik
- 3-rasm. Mamlakat iqtisodiy xavfsizlik tizimi. 6
- Milliy xavfsizlik tizimida iqtisodiy xavfsizlikning o’rni.
Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligi deb, axborotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun‘iy xossali tasodifiy va kutilmagan ta‘sirlardan hamda ushbu axborotni saqlovchi, uzatuvchi uskuna va tizimlarni himoyalanganligiga aytiladi. Boshqacha aytganda, axborot xavfsizligini ta‘minlovchi va boshqaruvchi texnologiyalar to’plami, standartlar va boshqaruv usullari bo’lib hisoblanadi.
Texnologik xavfsizlik bu ishlab chiqarish faoliyatida yoki yangi texnologiyalarni joriy etishda, davlatning suveretitetini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini va milliy xavfsizligini ta‘minlash maqsadida texnologik taraqqiyot darajasini oshirish orqali jamiyat, shaxs va davlatning muhim manfaatlarini qabul qilingan chora-tadbirlar asosida tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati bo’lib hisoblanadi. Moliyaviy xavfsizlik – milliy manfaatlarni hisobga olgan holda mustaqil moliyaviy siyosatni olib borish, davlat vazifalarini hal etish uchun kerakli hajmda moliyaviy oqimlarni shakllantirish. Moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlashning asosiy sharti bu ijtimoiy-siyosiy tizimga moliyaviy inqirozlar ta‘sirini oldini olish, kapitalni chetga chiqib ketishini, milliy byudjet resurslarini taqsimlashda ixtiloflarni oldini olish, xorijiy investorlar resurslarini jalb etish bo’lib hisoblanadi. 3-rasm. Mamlakat iqtisodiy xavfsizlik tizimi.6 Davlat iqtisodiy xavfsizlik tizimini shakllantirish va uni tahlili doirasida vaziyatlarni aniqlash, xavfsizlik chora-tadbirlarini ishlab chiqish, normativ qonun hujjatlarning ekspertizasini o’tkazish, O’zbekistonning iqtisodiy xavfsizligiga bog’liq davlat qarorlarini ishlab chiqish kerak. Milliy xavfsizlik tizimida iqtisodiy xavfsizlikning o’rni. O’zbekiston Respublikasining xavfsizlik asoslari ijro va qonunchilik apparati tomonidan, qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari, Hukumat va Oliy Majlisning normativ-huquqiy hujjatlarida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy xavfsizlikning strategik maqsadi iqtisodiy xavf-xatar va tavakkalchiliklar bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy va normativ-huquqiy chora-tadbirlardan iborat konsepsiya ko’rinishidagi iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash bo’yicha ishlanmalar sifatini oshirish mexanizmidir. Davlat strategiyasini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasining umumiy xavfsizlik strategiyasi maqsadlariga erishishning zaruriy shartini ta‘minlashi kerak. Xususan, quyidagilar ta‘minlanishi kerak: inson va fuqoroning huquqlarini, mamlakatda ijtimoiy tinchlikni va jamiyatda ijtimoiy osoyishtalikni kafolatlovchi turmush darajasi sifatini oshirish; milliy manfaatlardan kelib chiqib ichki siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni samarali hal etish; milliy manfaatlarga bog’liq bo’lgan jahondagi jarayonlarga faol ta‘sir etish; jahon xo’jalik aloqalariga teng huquqli integratsiyasi sharoitida mehnat taqsimoti, davlatni barqaror rivojlantirish; xorijiy davlatlardan va ularning uyushmalaridan O’zbekistonni iqtisodiy faoliyatning muhim masalalarida tahlikali qaramlikka yo’l qo’ymaslik. Strategiyada iqtisodiy xavfsizlikda kutilishi mumkin bo’lgan tahdidlarini aniqlash va mamlakatni iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash tizimida birlamchi ahamiyat kasb etadigan, ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga katta e‘tibor qaratilgan. Shu bilan birga, quyidagi omillardan kelib chiqib, jamiyatni va xo’jalik faoliyatini kriminallashuvini kamaytirishga harakat qilingan: ishsizlikning o’sishi, chunki statistikaga ko’ra jamiyatdagi tartib buzilishlarning asosiy qismini doimiy daromad manbaiga ega bo’lmagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi; davlat boshqaruv organlarining ma‘lum bir guruh xodimlari uyushgan jinoyatchi guruhlariga qo’shilishi natijasida, kriminal kuchlarni ishlab chiqarishni boshqarish jarayonining ma‘lum bir qismiga egalik qiladi va turli hokimiyat boshqaruv tuzilmalariga kirib boradi; davlat nazorat tizimini pasayishi natijasida ichki moliyaviy bozorlarda, xususan, xususiylashtirish, eksport-import operatsiyalarda, savdo sohalarida jinoyatchi guruhlar faoliyati kuchayadi. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy jarayonlarga samarali ta‘sir etish va tartibga solish uchun iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni oldini olish maqsadida kompleks chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan. Ular bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning bazaviy asosi sifatida foydalaniladi. Monitoring – bu davlatning iqtisodiy xavfsizligi dinamika ko’rsatkichlarini operativ axborot-analitik kuzatish tizimi. Bu tizim iqtisodiyotni o’tish davrida tarmoqlararo proporsiyalarning buzilishi mavjudligi, resurslarni keskin tanqisligi (birinchi navbatda, moliyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni nobarqarorligi jarayonlarida juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu yakuniy natijada axborotlarning sifati va uni olish tezkorligi, kompleksligi, chuqur tahlil etilganligi obyektni to’la egallash shakllariga qo’yilgan talablarni kuchayishiga olib keldi. Shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlariga ichki va tashqi tahdidlarni belgilab beruvchi omillarni monitoring qilish uchun, birinchi navbatda, O’zbekiston Respublikasining tashkiliy-axborot bazasini shakllantirish zarur bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizlik mezonlari va ko’rsatkichlarni shakllantirish (tahlikali chegaralar va ko’rsatkichlari). Respublika strategiyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotdagi vaziyat haqida ma‘lumot beruvchi miqdor va sifat ko’rsatkichlar ishlab chiqiladi. Ushbu ko’rsatkichlar doirasidan chetga chiqish iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni olib keladi. Ularning asosida mamlakat iqtisodiyotini himoya qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar va iqtisodiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Ma‘lum rejali konsepsiyalarni ishlab chiqish. Iqtisodiy rivojlanishning tahlikali chegaralarining kutilgan parametrlaridan og’ish va real ko’rsatkichlardan chetga chiqish aniqlanganda, mamlakatni xavf-xatar zonasidan chiqarish, tahdidlarning kelib chiqishini oldini olish uchun, davlatning kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. O’zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasida istiqbolda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko’rsatadigan potensial xavf-xatar va tahdidlar tahlil qilingan. Konsepsiya iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yo’nalishlari bo’lib xizmat qiladigan O’zbekiston Respublikasini o’rtacha va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadlari, ustuvorliklari hamda vazifalarini belgilaydi va asoslaydi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash mexanizmi bir qator funksiyalarni o’z ichiga oladi. Ularga: Download 278.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling