Boshqaruv xavfsizligi bu menejerlar uchun boshqarish zarur bo’lgan bilim, ko’nikmalar yig’indisidir. Ushbu ko’nikma va bilimlar ikki guruhga bo’linadi:
muammolarni samarali hal qilishga qaratilgan boshqaruv siklini amalga oshirish, istiqbolli maqsadlarni aniqlash, o’z ish joyini va qo’l ostidagi xodimlarning ishini samarali rejalashtirish, yordamchi o’rinbosarlarga aniq vazifalarni qo’yish, xodimlar qo’nimsizligini to’xtatish, mehnat rejimi va shart-sharoitlariga rioya qilish;
kommunikativ funksiyalar – bu insonlar va yordamchi o’rinbosarlar bilan muloqot qilishni bilish, hamkorlar, turli korxonalar va davlat tuzilmalari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o’rnatish, hamsuhbatning fikrini eshitishni bilish, o’zining emotsiyalarini nazorat qila olishi, yaxshi yozma va og’zaki notiqlikka ega bo’lish. Bugungi kunda jahonda iqtisodiy xavfsizlikka eng katta ta‘sir etuvchi bu boshqaruv salohiyati va boshqaruv samaradorligi bilan aniqlanadi.
Iqtisodiy o’sish va davlat iqtisodiy xavfsizligining barqarorligi faqatgina mamlakatda milliy xo’jalikni investitsion rivojlanish tipida amalga oshishi mumkin. Shundan kelib chiqib davlatning investitsion xavfsizlik muammosi vujudga keladi. Investitsion xavfsizlikning asosiy tashkil etuvchilari sifatida uning ikkita tavsifi ko’riladi: investitsion tavakkalchilik va investitsion salohiyat. Bu yerda shuni ta‘kidlab o’tish kerakki, O’zbekistonda bugungi kunda katta investitsion salohiyat mavjud, biroq uni amalga oshirishga investitsion tavakkalchilik to’siq bo’lib turibdi.
Demografik xavfsizlik – milliy xavfsizlikning boshqa iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, axborot, huquqiy turlari bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Demografik xavfsizlik konstitutsion qonunchilik asosida kafolatlangan shaxs, jamiyat va davlat turli xildagi ichki hamda tashqi tahdidlardan himoyalangan.
Ekologik xavfsizlik:
bu tadbirlar, jarayonlar, harakatlar, holatlar bo’lib, ular hech qachon tabiat muhitiga, odamlarga va barcha insoniyatga sezilarli katta zarar olib kelmaydi;
jahon hududiy maydonida ekologik mutanosiblikni taxminlaydigan kompleks harakatlar;
atrof-muhitning o’iga xos xususiyatlari yig’indisi bo’lib, biosferaga mumkin bo’lgan darajadagi yuklamani hamda ijtimoiy va iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda, keyingi avlodga antropogen turdagi salbiy ta‘sirlarni oldi olingan va bartaraf etilgan holda insonlarning hayotiy faoliyatini to’la ta‘minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |