Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi Reja: Kirish


Oziq-ovqat va xomashyo xavfsizligi


Download 278.4 Kb.
bet6/12
Sana17.06.2023
Hajmi278.4 Kb.
#1519621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi

Oziq-ovqat va xomashyo xavfsizligi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda ta‘minlash, ocharchilik yuz berishining oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash masalalari hamisha har qanday mamlakatda muhim hayotiy muammo hisoblangan. oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’zini o’zi, mustaqil ta‘minlashga qodirligini ifodalaydi. Shuningdek, oziq-ovqat importiga o’ta bog’liqlikdan xalos bo’lganligini anglatadi. Ta‘kidlash joizki, oziq-ovqat xavfsizligi faqat ichki o’zini o’zi to’liq oziq-ovqat mahsulotlari ta‘minlash bilan cheklanmaydi. Buning uchun oziq-ovqat importi ham e‘tiborga olinadi. Davlatning oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash borasidagi siyosatida, asosan, o’zining qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va ichki sotish bozorlarini rivojlantirishga, qisman, chet ellardan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish asosida aholini oziq-ovqatga bo’lgan maqbul darajadagi ehtiyojini qondirish ko’zda tutiladi.

  • Texnik-ishlab chiqarish xavfsizligi o’ziga mamlakatga tashqi iqtisodiy xatoliklar va ichki tanazzullar bo’lganda ularning negativ ta‘sirini oldini olish va shu bilan birga kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni barqarorligini taxminlashga, davlatning ijtimoiy va mudofaa talabini qondirishga qaratilgan.

  • Transport xavfsizligi. Transport aholi va moddiy ishlab chiqarishning yuk va yo’lovchi tashish borasidagi ehtiyojlarini qondiradi, mamlakat hududlarini tutashtiradi, tovar, mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqaruvchilari bilan iste‘molchilarni o’zaro bog’lovchi o’ziga xos ko’prik hisoblanadi. Bunday o’zaro bog’lovchi o’ziga xos aloqalarsiz bozor va bozor munosabatlarining mavjudligi ham amri mahol. Aynan shu sababli, mamlakat transport majmuidagi buzilishlar mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, yuk va yo’lovchi tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta‘minlash, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo’naltirilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


  • Download 278.4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling