Tekshirdi : Toshkent 2023 Mavzu: Dispersiyani kamaytirish usullari Reja: Optik toladagi dispersiya hodisasi va uning turlari


Download 83.77 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi83.77 Kb.
#1293246
  1   2   3
Bog'liq
Xaitov Muxiddin mustaqil ish 1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH
Mavzu: Dispersiyani kamaytirish usullari


Bajardi: Xaitov Muxiddin
Tekshirdi : ________________

Toshkent 2023
Mavzu: Dispersiyani kamaytirish usullari

Reja:
1. Optik toladagi dispersiya hodisasi va uning turlari
2. Xromatik dispersiya
3. Dispersiyani kamaytirish usullari
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar

Optik toladagi dispersiya hodisasi va uning turlari


Optik tolada signallarni uzatish sifatiga ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri dispersiya hisoblanadi. Dispersiya — bu yorug ‘lik impulslari oxirlarining cho‘zilishi, ya ’ni impulslarning kengayishidir. Impulslar kengayib, bir-birini qoplaydi, simvollararo buzilishlar yuzaga keladi va qabul qilishda impulslar ketma-ketligidan uzatilgan foydali informatsiyani ajratib bo'lmay qoladi.Dispersiya o‘tkazish qobiliyatini kamaytirib, optik tizimlarning ish tezligini chegaralaydi. Dispersiya — impulslarning kengayishi, L uzunlikli kabelning kirish va chiqishidagi impulslar davomiy-ligining kvadratik farqi sifatida quyidagi formuladan aniqlanadi:


Odatda, dispersiya bir kilometr hisobida me’yorlashtiriladi va ps/km da o‘lchanadi.Modalararo dispersiya tola bo‘ylab modalarning turli yo‘nalish-larda turli vaqtda tarqalishi bilan bog‘liq. Ko‘p modali tolaga sonli apertura burchagi doirasida bir necha ruxsat etilgan m odalar kiritilishi mumkin.


Modalar turli yo‘nalishlarda tarqaladi va uzatuvchi manbadan qabul qilgichga turli vaqtlarda yetib keladi. Rasmda eng katta to'lqin uzunlikli moda 2 ta qaytishga ega bo‘lsa, eng kichik to‘lqin uzunlikli moda tolaning shu kesimida 7 ta qaytishga ega. Natijada kichik to‘lqin uzunlikli moda energiyasi katta to‘lqin uzunlikli moda energiyasiga qaraganda kechikadi.

Qabul qilingan impulslar yig‘indisida bir impulsni qo'shni impuls intervaliga tushishidan qo‘shni impuls xato qabul qilinadi. Modalararo dispersiya ko‘p modali uzatish tizimlarining kamchiligi hisoblanadi. Bu turdagi dispersiya buzilishlarining bir modali tolalarni qo‘llash orqali bartaraf etish mumkin. Chunki undan faqat bitta asosiy moda uzatiladi.


Download 83.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling