Tekshirdi: abduarhimov s


Download 0.64 Mb.
Sana12.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1264681
TuriReferat
Bog'liq
MIRTILLAYEV N 10-A GEOGRAFIYA (2)




REFERAT
MAVZU: BUYUK BRITANIYA


BAJARDI: mIRTILLAYEV n



TEKSHIRDI: ABDUARHIMOV S
Buyuk BritaniyaBritaniya, (inglizcha: Great Britain) yoki Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (inglizcha: United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, sharqdan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km2. Aholisi 68.081 million[1] kishi (2020-yil). Poytaxti — London shahri. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi.

DAVLAT TUZUMI
Buyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshligʻi qirol (qirolicha). Mamlakatning konstitutsiyasi yoʻq. 1215-yilgi Ulugʻ Erkinliklar partiyasi, 1679-yilgi Xabeas korpus akti, 1931-yilgi Vestminster statuta, 1969-yilgi Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi akt va boshqa eng muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol (qirolicha) va parlament (u ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat (vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat aʼzolari parlament aʼzolaridan boʻlishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya oʻzining sud tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga ega. Shimoliy Irlandiya maʼmuriy muxtoriyat huquqiga ega boʻlib, uni qirol (qirolicha) tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya oʻtmishda Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdoʻstlikka boshchilik qiladi.
TABIATI
Birlashgan Qirollikning yer yuzasi asosan pastgekislik. Angliyaning shimoli-gʻarbi toglikdan, markazi va janubi-sharqi tekislik va sertepa pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirgʻogi egribugri, shim; qismi tor va chuqur Glen-Mor depressiyasi 2 qismga boʻlib turgan Shimoliy Shotlandiya togʻligidan iborat. Bu ikkala qismning janubida (Grampian togʻlari) mamlakatning eng baland choʻqqisi — Ben-Nevis (1343 m) koʻtarilib turadi. Grampian togʻlaridan janubida Shotlandiya pasttekisligi, undan jan.rokda Janubiy Shotlandiya qiri (balandligi 842 m gacha) joylashgan. Ulardan gʻarbda Kamberlend togʻlari (Skofell togʻi, 978 m) qad koʻtargan. Jan.ga tomon orol kengaya boradi; bu yerda — Uels yarim orolning gʻarbida Kembriy toglari (Snoudon togʻi, 1085 m) bor. Angliyaning gʻarbiy qirgʻogʻida keng qoʻltiqlar (Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va janubiy qismlarida pasttekisliklar (Shim.
Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend, Xempshir), qator asimmetrik tepalar (balandligi 200- 300 m) bor. Shimoliy Irlandiya ayrim kichikkichik qirlardan (Antrim, Sperriin, Morn va boshqalar) iborat.
Birlashgan Qirollikda foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshkoʻmir, tosh tuz, kaolin, ozroq miqdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shimoliy dengizning Birlashgan Qirollik qirtogʻi yaqinida tabiiy gaz konlari bor.
Birlashgan Qirollikda moʻʼtadil dengiz iqlimi xukmron; u seryogʻin, oʻzgaruvchan, tez-tez shamol boʻlib turadi. Janubi-gʻarbida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 7°, sharqda 3,5° gacha. Shimoli-gʻarbida yoz salqin, sernam, janubi-sharqda ancha iliq va quruq. Shimoliyda iyulning oʻrtacha temperaturasi 13°, janubi-sharqda 16,5°. London va uning atrofida temperatura yuz kun davomida 0°dan past, mamlakat sharqida baʼzan —18° gachatushadi. Yogʻin yil davomida deyarli bir meʼyorda (kuz va kishda bir oz koʻproq) tushadi, janubi-sharqida yoz va kuzda koʻproq yogʻadi. Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya, Angliya bilan Uelsning togʻli joylarida yogʻin eng koʻp (1000-1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha) yogʻadi. Janubi-sharqda 600-750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar koʻp, Kishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7—10 kun) tushadi. Daryolari koʻp, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari — Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomgʻir suvlaridan toʻyinadi; kuz va qishda toʻlib oqadi, yaxlamaydi, koʻpchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Togʻlarida koʻllar koʻp. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo boʻlgan. Eng yirik koʻllari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Shotlandiya shim.da togʻpodzol tuproq, togʻ tepalarida togʻtundra tuproq, pasttekisliklarda, shimoli-gʻarbda va shimolida chimli podzol tuproq, sharqiy sohilda va janubida qoʻngʻir oʻrmon, ayrim yerlarda chimlikarbonatli va unumdor allyuvial tuproqdar t arqalgan. Shimolida tayga va aralash oʻrmonlar (qaragʻay, dub, oq qayin), janubida keng bargli oʻrmonlar (dub, grab, shumtol) Usadi. Oʻrmonlar Birlashgan Qirollik maydonining 9 % ida qolgan. Oʻtloqlar hamma joyda uchraydi. Togʻlarning yuqori mintaqalarida togʻ oʻtloqlari va torfzorlar bor. Oʻrmonlarda hayvonlar juda kam. Ochiq joylarda tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, yer qazuvchi har xil sut emizuvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi kaptar, shotland kakligi, oʻrdak, qizilishton, karqur va boshqa bor. Milliy bogʻlar, oʻrmon qoʻriqxonalari mavjud.
Aholisining 81,5 %i inglizlar. Uelslar yoki valliylar (1,9 %), shotlandlar (9,6 %), irlandlar (2,4 %) va boshqa xalqlar bor. Davlat tili va aholining kupchiligi gaplashadigan til — ingliz tili. Irlandlar, uelslar va gellarning bir qismi kelt tillariga kiradigan mahalliy tillarda gaplashadilar. Dindorlarning aksariyati protestantlar; aholisining bir qismi (shu jumladan irlandlar) katoliklardir. Aholining 90 %i shaharlarda yashaydi (1996). Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, Sheffild, Lids.



TARIXI
Hozirgi Birlashgan Qirollik hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniya o.larining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-asrning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan.
1 066-yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan soʻng mamlakatda feodal yer egaligi paydo boʻlib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo boʻla boshladi. 12—13-asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265-yil paydo boʻlgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning koʻpayishi va 1348—49 yillardagi vabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boʻldi. 15-asrda Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yoʻqotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning koʻpayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. 16-asrning 30-yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoʻyilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga boʻlib berildi. 16-asr 2-yarmi — 17-asr boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo boʻdsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chikdi. 16-asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda gʻalaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xoʻjaligi hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan gʻovlarni yoʻqotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi. 17-asr oxirida Birlashgan Qirollikda yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. 18-asr oʻrtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi. 18-asrning 2-yarmida Birlashgan Qirollik hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-asr oʻrtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.
17—18-asrlarda Birlashgan Qirollik Hindiston, Shimoliy Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun boʻlgan urush (1775—83) natijasida Shimoliy Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Birlashgan Qirollik inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi boʻldi. Fransiyaning magʻlubiyatidan Birlashgan Qirollik burjuaziyasi oʻz savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Janubiy Afrikadagi Kap mustamlakasi va boshqa hududlar Birlashgan Qirollikga oʻtdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamgʻarilib, sanoatda toʻntarish yasashga zamin tayyorlandi.
19-asrning 30-yillarida ishlab chiqarishning fabika tizimi qaror topdi. 30—40-yillarda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. Birlashgan Qirollik hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni koʻpaytirishga qaratildi. Birlashgan Qirollik Yangi Zelandiya, Birma, Janubiy Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afgʻonistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va boshqalar), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qoʻzgʻolonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri boʻldi. 1878-yil Kipr o.ni, 1882-yil Misr, 1898-yil Sharqiy Sudanni, 1899—1902-yillarda Janubiy Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling