Bajardi: m 80-2 guruh talabasi Yusupov Shohruh
Download 444.89 Kb.
|
1 2
Bog'liqInvestitsiya amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. 2023-yilda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga mehnat migrantlarini ishga jalb qilish kelishuvi.
- Buyuk Britaniya davlatining moliya tizimi va uning iqtisodiy mazmuni.
- Buyuk Britaniya davlatining daromad va xarajatlar tizimi.
- 2023-yilda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga mehnat migrantlarini ishga jalb qilish kelishuvi.
Bajardi: M 80-2 guruh talabasi Yusupov ShohruhBuyuk Britaniya davlatining innovatsiya faoliyati Reja
3. Buyuk Britaniya davlatining daromad va xarajatlar tizimi.4. 2023-yilda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga mehnat migrantlarini ishga jalb qilish kelishuvi.Mavzu: Buyuk Britaniya davlatining innovatsiya faoliyati haqida malumotlar Buyuk Britaniya davlatining tarixi.Buyuk Britaniya mil. av. 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniyaning katta qismini rimliklar bosib oldi. V-asrning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. IX-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016-1042 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida bo’lgan. 1066 yilda Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan so’ng mamlakatda feodal yer egaligi paydo bo’lib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. X-XI-asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo bo’la boshladi. XII-XIII asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265 y. paydo bo’lgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo bo’ldi. Angliya bilan Fransiya o’rtasida bo’lib o’tgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning ko’payishi va 1348—49 yillardagi vabodan so’ng aholi ahvolining og’irlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloniga sabab bo’ldi. Qo’zg’olon mag’lubiyatga uchragan bo’lsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki bo’ldi. XV-asrda Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yo’qotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va o’rta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab bo’ldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning ko’payishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xo’jaliklari xonavayron bo’ldi. XVI-asrning 30-yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qo’yilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga bo’lib berildi. XVI-asrning 2-yarmi va XVII-asrning boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shim. Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo bo’dsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya g’olib chikdi. XVII asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar XVII-asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda g’alaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar q. x. hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga to’siq bo’lib turgan g’ovlarni yo’qotdi, i. ch. kuchlarining rivojlanishiga yo’l ochdi. XVII-asr oxirida Buyuk Britaniyada yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo bo’ldi. XVIII-asr o’rtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga o’tish uchun sharoit yaratildi. 17—18-a.larda B. B. Hindiston, Shim. Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun bo’lgan urush (1775—83) natijasida Shim. Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida B. B. inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi bo’ldi. Fransiyaning mag’lubiyatidan B. B. burjuaziyasi o’z savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Jan. Afrikadagi Kap mustamlakasi va b. hududlar B. B.ga o’tdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamg’arilib, sanoatda to’ntarish yasashga zamin tayyorlandi. 19-a.ning 30-y.larida i. ch.ning fka tizimi qaror topdi. 30—40-y.larda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. B. B. hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni ko’paytirishga qaratildi. B. B. Yangi Zelandiya, Birma, Jan. Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-a.ning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afg’onistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va b.), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qo’zg’olonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qo’zg’olonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri bo’ldi. 1878 y. Kipr o.ni, 1882 y. Misr, 1898 y. Sharqiy Sudanni, 1899—1902 y.larda Jan. Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi. 20-a. boshlariga kelib B. B. iqgisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. B. B. bilan Olmoniya o’rtasidagi ziddiyat 1-jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida g’olib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga o’z mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-y.larda B. B. Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—33 y.lardagi jahon iqtisodiy inqirozi B. B. iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938 y. B. B. hukumati Myunxen shartnomasiga qo’shilib, 2-jahon urushining boshlanishiga yo’l ochdi. 1939 y. 3 sent.da B. B. Olmoniyaga urush e’lon qildi. Urush B. B.ning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. 2-jahon urushidan so’ng B. B. mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-y.larning o’rtalarida B. B.ning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. 2-jahon urushidan keyin B. B. hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—79) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979 y.dan) partiyasi boshqardi. B. B. 1945 ydan BMT a’zosi. O’zR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 18 fevralda o’rnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha tug’ilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi). Asosiy siyosiy partiyalarn, kasaba uyushmalari. Leyboristlar partiyasi, 1900 y. tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867 y. tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988 y.da asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925 y.da tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928 y.da tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988 y.da B.B. Kommunistik partiyasining sobiq a’zolari tomonidan tuzilgan; So’l demokratlar partiyasi, 1920 y. tashkil etilgan. Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868 y. tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897 y. tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899 y. tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973 y. tashkil etilgan. Buyuk Britaniya davlatining moliya tizimi va uning iqtisodiy mazmuni.
Buyuk Britaniya davlatining daromad va xarajatlar tizimi.
1998-1999 yillarda Angliyaning ijtimoiy fondi 50.2 mln. Angliya funt sterlingi mikdorida ko‘rilgan. Ushbu mablag xisobidan ssuda ko‘rinishida yoki nafaka ko‘rinishida past daromadli yoki nostabil ish xakiga ega fukarolarga yordam berish ko‘zda tutilgan.
2023-yilda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga mehnat migrantlarini ishga jalb qilish kelishuvi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad Britaniya hukumati tomonidan mavsumiy xorijiy mehnat migrantlari uchun ajratilgan 40 mingdan ortiq kvota doirasida O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb etish hamda mamlakat mehnat migratsiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanishdir.
Mehnat migrantlarining mazkur davlatga ishga yuborilishi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Buyuk Britaniyaning “Pro-Force” rekruting kompaniyasi o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik ishlari doirasida amalga oshirilmoqda. Download 444.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling