Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Al-Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot


Download 15.17 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.17 Kb.
#1580800
Bog'liq
Маълумот Жалолиддин Мунгуберди 16 05 2023й


Samarqand iqtisodiyot va servis institutida
Al-Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan
MA’LUMOT

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talaba-yoshlarning vatanparvarlik, buyuk ajdodlarimizdan faxrlanish his-tuyg‘ularini uyg‘otish borasidagi samarali ishlar yo‘lga qo‘yildi.


Jumladan, institutda Al-Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatiga oid tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga institut professor-o‘qituvchilari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, guruh tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Berdimurodov kirish so‘zi bilan ochib berdi.



Al-Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi kabi ajdodlarimiz haqida ma’lumot berib o‘tdi. So‘ng institutning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri A.Azizqulov so‘zga chiqib ma’ruza qildi.
Jaloliddin (to‘liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) 1198-1231 yillarda Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori mohir sarkarda Xorazmshohlardan Muhammadshoxning katta o‘g‘li. Onasi - Oychechak turkman kanizaklardan bo‘lgan. Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan. Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan Obeskun yaqinidagi Ashuradan panoh topgan. Og‘ir bemor bo‘lgan Muhammad o‘g‘illarini yoniga chorlab, so‘nggi damda Jaloliddin Manguberdini o‘z o‘rniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O‘zloqshoxlar bilan birga Gurganj mudofaasiga oshiqadi. Lekin Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e’lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo‘ldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganjni tark etib Xurosonga yo‘l olgan. Niso yaqinida uni 700 nafar mo‘g‘ul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan so‘ng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga nomalar jo‘natib, mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi birlashishga da’vat etdi, bir oydan so‘ng G‘azni tomon yurdi. Yo‘lda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qo‘shin bilan kelib qo‘shildi. Qandahorni qamal qilib turgan mo‘g‘ul qo‘shinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi ularni tormor keltirgan. U G‘azniga 1221 yilda keldi. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshlig‘i Sayfuddin Ig‘roq, Balx voliysi A’zam malik, afg‘onlar sardori Muzaffar malik, qarluklar boshlig‘i Hasan Qarluq kelib qo‘shildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qo‘shin bor edi. Jaloliddin Manguberdining o‘zidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. – “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri A.Azizqulov Jaloliddin Manguberdi haqida malumotlar berib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston hukumati tomonidan Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan mislsiz jasorati, vatanga va o‘z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o‘rnatildi, yirik ko‘cha, maydon, jamoa korxonalari va uning nomi qo‘yildi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pesalar yaratilgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi.



Jaloliddin Manguberdi haqida berilgan ma’lumotlar talaba-yoshlarda yaxshi taassurotlar qoldirdi.
Shuningdek, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Alimov buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy hayoti va faoliyati to‘g‘risida ma’lumot bordi.
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etdi. Bu davrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirar edi.
Rivojlanib kelayotgan mavjud tuzum taqozo qilgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar bu davrdagi taraqqiyot jarayonining asosiy omillaridan biri bo‘ldi. Qurilish, savdo-sotiq, hunarmandchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarni yanada taraqqiy ettirish uchun astronomiya, geodeziya, geometriya kabi fanlarni rivojlantirish zaruriyati tug‘ildi. O‘sha davrning ilg‘or olimlari bu fanlarning amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lib, Muhammad al-Xorazmiy esa shu olimlarning peshqadami va yo‘lboshchisi edi.
Xorazmiy dunyo faniga g‘oyat katta xissa qo‘shdi.
Xorazmiy Xorazm o‘lkasida tug‘ilib, o‘sdi. U dastlabki ma’lumot va turli sohadagi bilimlarni asosan o‘z yurtida, Markaziy Osiyo shaharlarida ko‘pgina ustozlardan olgan.
Xorazm juda qadimgi madaniyatga ega bo‘lib, uning qishloq xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilikka asoslanar, bu o‘z navbatida, astronomiya va xronologiyaning rivojlangan hisoblash usullarining mavjud bo‘lishini taqozo etar edi. Qadimgi Xorazmda astronomiya juda rivojlangan, xorazmliklar osmon sirlari»ni arablarga qaraganda ancha yaxshi bilganlar. Arxeologik qazishmalar Xorazmda qadimda islomdan bir necha asr avval ham rasadxonalar bo‘lganligi va u yerda muttasil astronomik kuzatishlar olib borilganligidan guvohlik beradi. Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan asarlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, u yunon, hind va eron astronomiyasi va matematikasini yaxshi bilgan.
Xorazmiyning “Kitob surat-ul-arz” asari ko‘p olimlar tomonidan o‘rganilgan. Lekin asar shu paytgacha to‘la ravishda birorta hozirgi zamon tiliga tarjima qilinmagan. 1983 yili olimning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan bizda bu asarning o‘zbekcha tarjimasi Xorazmiyning “Tanlangan asarlar”i tarkibida chop etildi.
Xorazmiyning yuqorida keltirilgan asarlariyoq, u fanning qator tarmoqlarining asoschisi bo‘lganligini ko‘rsatadi. O‘zining g‘oyalari matematika va astronomiyaning oyoqqa turishi, rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Xorazmiy asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanadi. Turli g‘arb va sharq tillariga tarjima qilingan. U o‘z asarlari, ixtirolari bilan nafaqat o‘z vatanini, balki arab xalifaligining ilmiy yutug‘i, o‘z davri madaniyatining yuksak natijalarini butun dunyo va barcha asrlarga mashhur etdi. Hozirda uning nomiga turli mamlakatlarda (Eron, Turkmaniston, O‘zbekiston va b.) mukofot va medallar ta’sis etilgan.
Tadbirda “Oliy matematika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham so‘zga chiqdi.
Tadbir so‘nggida talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
Al-Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan bunday tadbirlar barcha fakultetlarda o‘tkazildi. Shuningdek, guruh tyutorlari tomonidan “Axborot va murabbiylik” soatlarida hamda talabalar turar joyida ham tashkil etildi.


Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va
ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Abduraimov
Download 15.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling