Tekshirdi: Bajardi: Gruh: navoiy viloyat 2023
Navoiy kon-metallurgiya kombinati
Download 104.53 Kb.
|
Sarvar aka
Navoiy kon-metallurgiya kombinati (Navoiy KMK) - "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni tarkibidagi yirik sanoat korxonasi. 1958-yilda tashkil topgan. Kombinatda uran, oltin, kumush, qurilish materiallari, marmar mahsulotlari, fosforitlar qazib olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota, zargarlik, trikotaj va toʻqimachilik buyumlari, mashinasozlik va maishiy texnika ishlab chiqariladi. Qidiruv-razvedka ishlari, maʼdanni qazib olish va uni qayta ishlashdan boshlab to uran oksidi va chala oksidi, sof (999,9) oltin olishgacha boʻlgan tugallangan jarayonni amalga oshiruvchi sanoat korxonasi hisoblanadi.
K-t tarkibida respublikaning 5 ta viloyatida joylashgan 5 ta kon boshqarmasi va ular negizida qurilgan Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod,Muruntov konidan oltin rudalari qazib olish.shaharlari, Zafarobod, Krasnogorsk shaharchalari hamda boshqa sanoat, madaniy-maishiy obʼyektlar bor. Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri) 1958-yilda barpo etilgan. Uchquduq koni negizida uran maʼdanini ochiq va yer osti usulida, yer ostida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida qazib olish va qayta ishlash; "Koʻkpatas" konining tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarini qazib olish va qayta ishlash korxonaning asosiy faoliyat yoʻnalishini tashkil etadi; Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri) — Muruntov noyob oltin konini oʻzlashtirish uchun 1964-yilda barpo etilgan. 1967-yilning mart oyidan boshlab ochiq usulda kon ishlarini olib boradi; Janubiy kon boshkarmasi (Nurobod shahri) — Sobirsoy uran konini oʻzlashtirish maqsadida 1964-yilning yanvar oyida tashkil etilgan (uran qazib olish; Zarmiton va Marjonbuloq konlaridagi tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish; marmar qazib olish va undan silliqlangan, pardozlash taxtachalarini ishlab chiqarish; turli diametrga ega boʻlgan polivinilxlorid va polietilen quvurlarni va boshkalar ishlab chiqarish). 5-kon boshqarmasi (Zafarobod shahri) — Buxoro viloyati hududida joylashgan. 1971-yilning fevralida Bukinoy uran konlari guruhini sanoat usulida oʻzlashtirish uchun Leninobod kon-kimyo kombinatining boʻlinmasi sifatida tashkil etilgan. 1993-yilda Navoiy KMK tarkibiga uning tarkibiy boʻlinmasi xuquqi bilan kirgan (yer ostida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida uran qazib olinadi); 2-kon boshkarmasi (Krasnogorsk shaharchasi) — Toshkent viloyatining Parkent tumani hududida joylashgan. 1954-yilda Chovli uran konini oʻzlashtirish uchun kon qazish korxonasi sifatida tashkil etilgan. 1995-yildan esa Navoiy KMK tarkibida (pardozlovchi gabbro toshini sanoat usulida qazib olish; fosforit xom ashyosini qayta ishlash); "Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi — 1963-yilning oktabrda kombinat boʻlinmalarining ish faoliyatini taʼminlash uchun taʼmirlash bazasi sifatida tashkil etilgan; Zargarlik zavodi (Zarafshon shahri) — 1992-yilda Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi sifatida tashkil qilingan. 1996-yildan kombinat boʻlinmasi (zargarlik buyumlarini yasash); "Agama" davlat trikotaj firmasi — 1990-yilda xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha qoʻshma korxona sifatida tashkil etilgan. 1997-yildan boshlab ustki trikotaj buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, Navoiy KMKning shoʻʼba korxonasi; Zarafshon qurilish boshkarmasi — 1967-yilda tashkil topgan. 7 qurilishmontaj boshqarmasi, temir-beton buyumlari zavodi, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar boshqarmasi, ishlab chiqarishtexnologik-butlash boshqarmalarini oʻz ichiga oladi, sanoat va fuqarolik qurilishini amalga oshiradi, avtomobil va t. yillari qurilishini olib boradi; Kizilqum fosforit majmuasi — maʼdan kazib olish va fosforit unini ishlab chiqarish boʻyicha korxonaning 1navbati 1998-yilda ishga tushirildi. Oʻzbekiston mustakillikka erishganidan soʻng mamlakatda oltin va uran qazib olish sanoatining rivojlanishida yangi tarixiy bosqich boshlandi. Bu davr mobaynida Navoiy KMKda Uchqudukda oltin ajratib olish majmuasi, 3gidrometallurgiya zavodi va Koʻkpatas hamda Davgʻiztovda oltin konlarining qurilishi nihoyasiga yetkazildi va ular ishga tushirildi, "Zarafshon-Nyumont" qoʻshma korxonasi barpo qilindi, emulsiyali portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavod qurildi. Kombinatda ishlab chiqarilgan oltin yombilar. Tarkibida oltin mavjud boʻlgan maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha Navoiy KMK koʻp yillar mobaynida yuqori texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan barqaror ishlab kelmoqda. Mamlakat mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravar koʻpaydi. Ishlab turgan korxonalarni texnik qayta jihozlash, yangi navbatlarni qurish, shuningdek, oltin ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beruvchi eng yangi ilmiy-texnik tadqiqotlar joriy etildi. K-t Oʻzbekistondagi yirik ilmiy markazlar va muassasalar, oʻquv yurtlari, jahondagi konchilik va rangli metallurgiya sanoatidagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Mashhur firmalar bilan uzok muddatli mustahkam aloqalar oʻrnatgan. Navoiy KMK "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2000). K-t direktori Nikolay Kucherskiy, ekskavator mashinisti Anatoliy Panin, Quvondiq Sanaqulovga Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilgan, koʻpgina xodimlar mehnatdagi yutuqlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari bilan mukofotlangan. Faolyati va yo`nalishlari. O`zbekistonning qazilma boyliklari va ulardan foydalanish O`zbekiston respublikasining zamini juda katta miqdordagi turli-tuman qazilma boyliklarga ega. Bu zaminda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Respublika hududida hozirgacha 2700 dan ziyod foydali qazilma konlari va ular namoyon bo`lgan joylar aniqlangan. Aniqlangan bu konlarda 100 ga yaqin xom ashyo turlari mavjud bo`lib, ularning umumiy miqdori 3,3 trillion AQSH dollarga baholanadi. Fakatgina neft va gaz zahiralarining qiymati 1 trillion dollarga teng. Aniqlangan konlardan 900 tasi topilgan va o`rganilgan bo`lib, ulardagi zahiralar qiymati 970 mlrd. dollarga teng. Hozirgi kunda respublikada foydalanayotgan konlar soni 400 ga yaqin. Har yili bu konlardan 5,5 mlrd. dollarlik qazilma boyliklar olinmoqda va qo`shimcha 6-7 mlrd. dollarlik yangi zahiralar topilmoqda. O`zbekiston yoqilg`i-energetika zahiralariga boy o`lka. Unda qidirib topilgan tabiiy gaz zahiralari 2 trillion m. kub atrofida. Bu gaz zahiralari respublikani 35 yil gaz bilan ta'minlashga yetadi. Faqatgina Ko`kdumaloq konlaridagi gazning zahirasi 144 mlrd m. kubga yaqin, ulardagi neft 54,2 mln tonnagaz kondensati esa 67,4 mln.tonnaga teng. Hozirgi paytda foydalanayotgan neft konlarining soni 160 dan ortiq bo`lib, ularning zahiralari 30 yilga yetadi. Birgina 1985-1994 yillar ichida 38 ta yangi neft va gaz koni ishga tushirildi. Bulardan tashqari neft, gaz va gaz kondesati bo`yicha yana 155 ta istiqbolli konlar ham aniqlangan. Tekshirishlar ko`rsatishicha respublika zaminining qariyb 60% da yer osti neft va gaz qatlamlari bor. Bu qatlamlar asosan 5 ta mintaqada joylashgan. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G`arbiy Xisor, Surxandaryo va Farg`ona mintaqalaridir. Respublikada olinayotgan jami neftning 90% dan ortigi arzon ya'ni favvoralar usulida olinmoqda. Hozircha respublika hududida aniqlangan neft zahiralarining fakat 32% o`zlashtirildi, xolos. Bu ko`rsatgich turkmanistonda 61%, Tojikistonda 60% va Qirg`izistonda 41% ni tashkil qiladi. Tabiiy gaz zahiralarini o`zlashtirishda ham ahvol shunga o`xshash. Ko`mirning umumiy zahirasi 2 mlrd tonna bo`lib, ko`mir zahirasi salmogi bo`yicha respublikamiz markaziy osiyoda ikkinchi o`rinda turadi. Ko`mir Angren, Shargun va Boysun konlaridan qazib olinadi. bu konlardan ko`mir bilan birgalikda qimmatbaho minerallar-kaolin, ohaktosh va kvartsli qum ham olinadi. Kaolindan glinozem, ya'nialyuminiy oksidi va alyuminiy, o`tga chidamli materiallar, keramik qoplamalar, metlax plitkalari, chinni, fayans, oq va boshqa rangli tsement, o`tga chidamli g`isht kabi materiallar olinadi. O`zbekiston zaminida qimmatbaho metallarning katta zahiralari mavjud. Uning hududida 32 turdagi qimmatbaho rangli metallar topilgan bo`lib. Hozirgi paytda ular 33 ta kondan qazib olinmoqda. Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekiston dunyoda to`rtinchi o`rinda, uning qazib olinishi bo`yicha esa yettinchi o`rinda turadi. Oltinning asosiy zahirasi Markaziy qizilqumda joylashgan. Hozirgi kunda oltin 7 ta kondan olinmoqda. Muruntov koni dunyodagi konining topilishi Xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot deb e'tirof qilindi. Bu yerda affinaj ya'ni eng sof metall olish jarayoning zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan va kon oltinining sifati yuqori bo`lgani uchun ham oliy tovar ko`rinishiga ega bo`lgan, soflik darajasi «to`rtta to`qqiz»ga teng asl oltin olinmoqda. Hozirgi paytda Muruntov konidan olib ishlatilgan va ko`p yillardan beri otvalga chiqarib tashlangan ruda tuprog`i Amerikaning «Nyumont Mayning Korporeyshn» kompaniyasi ishtirokida qayta ishlanib, tarkibidagi qolgan oltin ham ajratib olinmoqda. Oltin shuningdek Qizilqum hududidagi Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov va Turboy konlarida ham bor. Bu konlarni o`rganish davom etmoqda. Keyingi vaqtlarda oltin Toshkent va Samarkand viloyatlari hududida ham topildi. Kumush konlari Navoiy viloyatining Visokovoltnoye, Ukjetpes va Kosmonachi hududlarida hamda Namangan viloyatining oqtepa hududida mavjud. O`zbekistonda qimmatbaho metallar qatori uran konlari ham mavjud. Topilgan uran zahiralari bo`yicha respublika dunyoda 7-8 o`rinlarda turadi. Uranning topilgan zahirasi uni 50-60 yil qazib olishga yetadi. Uran bilan yo`l-yo`lakay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqa nodir metallar ham qazib olinadi. Rangli metallardan O`zbekistonda mis, qo`rg`oshin, rux, volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning zahiralari aniklangan. Bu zahiralarning asosiy qismi olmaliq ruda maydoniga jamlangan. Qidirib topilgan mis zahirasi bo`yicha respublika dunyoda 10-11 o`rinlarda turadi. Hozirgi sur'atda qazib olganda mis 40-50 yilga, rux va qo`rg`oshin 100 yilga yetadi. Mis rudasi bilan yo`l-yo`lakay oltin, kumush. Molibden, kadmiy. Indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy kabi 15 dan ortiq turdagi qimmatbaho va noyob rangli metallar qazib olinmoqda. Istiqbolli dalneye mis konida mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari mavjud. Mis konlari orasida hozir ishlatilayotgan Kalmaxir koni alohida e'tiborga sazovor. Bu kon mis-molibden rudalarini qazib olish bo`yicha dunyodagi barcha konlardan ustun turadi. Uning rudasini O`zbekistondagi eng yirik korxonalardan hisoblangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qayta ishlamoqda. Bundan tashqari hozirgi kunda istiqbolli Dalneye mis koni ham topilgan bo`lib, unda mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari mavjud. Qo`rg`oshin-rux asosan Jizzax viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryodagi Xondiza konlarida jamlangan. Xondiza konida shuningdek ko`pgina yo`ldosh xom ashyolar – mis, kumush, kadmiy, selen, oltin va indiy ham bor. Selen va tellurdan asosan yarim o`tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, po`lat va shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda, reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun o`tga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar va neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. O`zbekiston hududida 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro konlari topilgan. Oqdan qora ranggacha xilma-xil bezakbop toshlar olinadigan bu konlar Yevroosiyodagi eng yirik konlar hisoblanadi. Qoplama toshlarning umumiy zahiralari 85 mln. m. kubdan oshib ketadigan bu konlar toshni qayta ishlaydigan korxonalarni yuzlab yillar davomida xom ashyo bilan ta'minlaydi. Bu jihatdan O`zbekiston MDH mamlakatlari orasida yetakchi o`rinni egallaydi. Ayni vaqtda G`ozg`on, Nurota va Zarband konlarida marmar bloklarini zamonaviy texnologiya asosida qazib olish yo`lga qo`yilgan. Xulosa: O`zbekiston hududida 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro konlari topilgan. Oqdan qora ranggacha xilma-xil bezakbop toshlar olinadigan bu konlar Yevroosiyodagi eng yirik konlar hisoblanadi. Qoplama toshlarning umumiy zahiralari 85 mln. m. kubdan oshib ketadigan bu konlar toshni qayta ishlaydigan korxonalarni yuzlab yillar davomida xom ashyo bilan ta'minlaydi. Bu jihatdan O`zbekiston MDH mamlakatlari orasida yetakchi o`rinni egallaydi. Ayni vaqtda G`ozg`on, Nurota va Zarband konlarida marmar bloklarini zamonaviy texnologiya asosida qazib olish yo`lga qo`yilgan. Tog`-kon ishlarida dunyoning ilgor texnologiyalarini qo`llash, katta hajmdagi investitsiyalarni kiritib, qo`shma korxonalar barpo etish, rudalarni ishlab chiqarishga to`liq jalb etib, ulardagi yo`ldosh minerallarni ham ajratib olish va shu asnoda ham iqtisodni yuksaltirish va ham chiqindilarni kamaytirish rejalari tuzilmoqda. Bu ishlar juda katta kuch, mablag` va vaqtni talab qiladi. Hozirgi vaqtda bu yo`lga ilk qadamlar qo`yilib, oltin olish bo`yicha Britaniyaning «Oksis Mayning» kompaniyasi, qo`rg`oshin, rux va oltin olish bo`yicha «Omontaytov-Fred» kompaniyalari ish boshladi. Tuzilayotgan rejalar va bajarilayotgan ishlar, shubhasiz, O`zbekistonni kelajakda rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko`tarish o`zbek xalqining faravon turmushini ta'minlashga poydevor bo`ladi. Foydalanilgan adabyotlar. 1. Agricola, Georg; Guver, Gerbert (1950). De re metallica. MBLWHOI kutubxonasi. Nyu-York, Dover nashrlari. 2. Hartman, Howard L. KO'K konchilik muhandisligi bo'yicha qo'llanma, Society for Mining, Metallurgy, and Exploration Inc, 1992, p. 3. Swaziland Natural Trust Commission, "Cultural Resources – Malolotja 4.Archaeology, Lion Cavern," Retrieved August 27, 2007, "Swaziland National Trust Commission – Cultural Resources – Malolotja Archaeology, Lion Cavern". Arxivlandi asl nusxasi 2016-03-03 da. Olingan 2016-02-05 Saytlar: @konboshqarmasi-nkmk @arxiv.uz Alibekov Sarvar Download 104.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling