Наименование продукции Технические характеристики
Download 11.63 Kb.
|
gmz1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Цена за 1 тонну с учетом НДС
“1-GMZ” kon boshqarmasidagi 1-gidrometallurgiya zavodi (1-GMZ) Mamlakatimiz mustaqillik yillarida 1-gidrometallurgiya zavodida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Zavod dastlab uranni qayta ishlash va uran oksidi-chala oksidi ishlab chiqarish uchun qurilgan edi. Yillar davomida bu yerda boyitishning yangi texnologiyalari ishlatib kelindi. Yangi texnologik liniyalar barpo etildi, maʼdan hamda eritmalarni qayta ishlash hajmlari muttasil oshirib borildi. 1994 yilda zavodda uranni yer ostida eritmaga o‘tkazish texnologiyasi asosida mahsulotlarni qayta ishlashga o‘tilishi bilan texnologik sxema soddalashtirildi. Natijada maʼdanni maydalash va sorbsiyalash-sianlash uskunalari bo‘shab qoldi. Ushbu ishlab chiqarish maydonlari bazasida “Muruntov” oltin konining balansdan tashqari oltin maʼdanlarini qayta ishlash boshlandi. Natijada zavodda urandan tashqari oltinni yarim tayyor holatida ishlab chiqarilishi boshlandi. Maydalashdan oldingi tegirmonlarni bosqichma-bosqich ishga tushirilishi 1994 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan vaqt davomida qayta ishlangan maʼdan hajmini soatiga 60 tonnadan 170 tonnagacha oshirish imkonini berdi. 2012 yil aprelida 1-gidrometallurgiya zavodi negizida kon boshqarmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga zavod va “Qoraqo‘ton” koni kabi bo‘linmalar kiritildi. Natijada, konda maʼdan qazib olish hajmi ikki barovar oshirildi. 2019-2020 yillarda maʼdan tayyorlash uskunalarni rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash 2020 yilda 1994 yilga nisbatan tarkibida oltin bo‘lgan maʼdanni qayta ishlashni 4,5 baravarga, oltinni yarim tayyor holatida ishlab chiqarishni 5 baravarga oshirish imkonini berdi. Ko‘p tarmoqli “1-gidrometallurgiya zavodi” kon boshqarmasi NKMKning oltin ishlab chiqarish kompleksida yangi texnologiyalarni yaratish, sinab ko‘rish va joriy etish poligoni bo‘lib kelayapti. Bugungi kunda “1-GMZ” kon boshqarmasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yirik bo‘linmalaridan biri bo‘lib, bu yerda oltin, temir kuporosi eritmasi va tuzi, suyuq natriy silikati ishlab chiqariladi. Download 11.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling