Tekshirdi: Elmurodov Jamshid
Download 403.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Behzod
Bajardi: Ziyoyev Behzod Tekshirdi: Elmurodov Jamshid Toshkent arxitektura va qurilish unversiteti Muxandislik qurilish infastrukturasi fakulteti Falsafa va ijtimoiy siyosiy fanlar kafedrasi 77-21 guruh talabasining falsafa fanidan Mustaqil ish Mavzu : Sog’lom turmush tarzini qaror toptirishida tarbiya shaklarini uzviyligi: estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari Reja : Estetik tarbiyaning umumiy tushunchasi. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari. San’atning estetik tarbiyadagi axamiyati Insonning estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik jihatlari. «Estetik tarbiya» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon shoiri, dramaturgi, tarixchisi va faylasufi Fridrix Shiller ilmiy muomalaga kiritganini aytib o‘tgan edik. U «Inson estetik tarbiyasi xususida maktublar» asarida estetik tarbiyaning mohiyatini ochib beradi. Estetik tarbiya, Shiller nazdida insonni hissiy darajadan hissiy-aqliy darajaga olib chiqadigan, uni o‘zi haqida fikrlashga, o‘zining hayotdagi asl faoliyati nima bo‘lishi kerakligini anglashga yetaklaydigan yo‘l. Insonning barcha yo‘llari ana shu go‘zallik yo‘li orqali o‘tgandagina u haqiqiy inson bo‘la oladi. «Faqat go‘zallikdangina biz bir paytning o‘zida ham individ, ham odamzod sifatida zavq ola bilamiz, - deb yozadi Shiller. - Hissiyot bandasi bo‘lgan insonni oqil insonga aylantirish faqat uni estetiklashtirish orqaligina ro‘y berishi mumkin» Darhaqiqat, estetik vositalar (ba’zi adabiyotlarda ularni vositalar va omillarga ajratadilar, lekin, afsuski, bunday hollarda yana «motor yig‘ilganda bir necha bolt-u gaykalaming ortib qolishi» ro‘y beradi) ko‘p va xilma-xil. Ular orasida tabiat, mehnat, sport, texnika singari nosan’at estetik obyektlar hozirgi paytda tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Chunonchi, tabiat estetik obyekt sifatida inson uchun go‘zallik va ulug‘vorlik manbayi ekanini ko‘rib o‘tgan edik. Insonda o‘simliklarga, hayvonlarga, yer-u suvga muhabbat hissini tarbiyalash hozir ko‘proq tabiat estetikasi bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy- huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o’z navbatida o’z oldiga qo’ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi. Download 403.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling