Tekshirdi: Elmurodov Jamshid


San’at estetik tarbiyaning nafaqat asosiy vositasi, balki badiiy asosidir, zero


Download 403.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana02.12.2023
Hajmi403.17 Kb.
#1780719
1   2   3   4
Bog'liq
Behzod

San’at estetik tarbiyaning nafaqat asosiy vositasi, balki badiiy asosidir, zero, 
san’at demokratik tabiatga ega bo‘lgani uchun u aholining barcha
tabaqalarini, yoshidan qat’i nazar, o‘z ta’sir doirasiga ola biladi. Bu - bir, 
ikkinchidan, san’at asarini idrok etish uchun bo‘sh vaqtning hamma
turlaridan foydalanish mumkin. Masalan, boshlig‘i majlisga kirib ketgan
haydovchi, metroda borayotgan talaba, bir shahardan ikkinchi shaharga
ketayotgan yo‘lovchi va h.k. badiiy adabiyot o‘qish yoki musiqa tinglash
imkoniga ega. Shunday sharoitlarda ham inson san’at vositasida ma'lum
muddatga (agar diqqatini jamlay olsa) kundalik tashvishlardan forig‘lanib, 
estetik zavq ola biladi.
San'atning estetik tarbiyadagi miqyosli hamda muhim roli shundaki, u 
odamlaming his-tuyg‘ulariga va bu hissiyotlari esa, aqliga ta’sir o‘tkazadi, 
bunday ta'sir oqibatida idrok etuvchida mhiy evrilishlar vujudga keladi. 
San'at asarini muntazam idrok etish oila-yu ishxona muammolari, turmush
chigalliklari, yetishmovchiliklar va boshqalar ostida ko‘milib yotgan
qalbdagi toza tuyg‘ulaming ochilishiga olib keladi. Inson bu dunyoda
mo‘jiza borligiga ishonib yashay boshlaydi. Ya’ni, san’at ruhni yangilash
qudratiga ega. 


San’at o‘zini estetik zavq bilan idrok etayotgan individdan g‘oya va ideal 
xizmatiga bel bog‘lagan shaxsni shakllantiradi.
San’atning yana bir jihati shundaki, u o‘z-o‘zini yuksaltirish xu- susiyatiga ega, 
ya’ni idrok etuvchidagi yuksak didga asoslangan estetik ehtiyoj san’atning
zamonaviy talablarga moslashuvini ta’minlaydi, uni darajama-daraja yuksalib
borishga majbur qiladi. Masalan, kino san’atida dastlabki ovozsiz filmlardagi
fotogeniya - ibtidoiy suratga olishdan, ovozga, montajga, so‘ng harakatdagi
kameraga, undan keyin esa - rangga, keng ekranlilikka va boshqa idrok etish
uchun qulay holatlarga o‘tish texnika yordamida idrok etuvchining estetik
ehtiyojini qoniqtirishga intilish tufayli ro‘y berdi, desak yanglishmaymiz.
Insoni estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik jihatlarini alohida
ahamiyat kasb etadi.Buni ong osti hodisasi orqali izohlash mumkun.


1.SEZGILAR. Aytish mumkunki, mana shu 5 ta sezgi ilg’amagan narsani ong osti
ilg’ash qobiliyatiga ega.Uzluksiz jarayonni tuyg’ular xotiraga uzluksiz yozadi.Ammo
biz uni hammasini ajrata olmaymiz.
2.KUZATISH.Bu borada reklama va uning estetik tabiatini misol qilib ko’rsatish
mumkun.Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum boladigan joylarga
o’rnatiladiki,bunda kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas.
3.TASHVIQOT. Ong osti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta’sir
qilishni kiritish mumkin.Supermarket,kafe-bar,bozor hamda ko’ngilochar maskanlarga
qo’yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash maqsadi ko’zlanadi.
4.YASHIRIN KADR orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti hislariga yashirin ta’sir
qilish xususan 25-kadr ko’pchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga
olingan.Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo’lda
ishlatilavermasdan,aksar shum niyatli insonlarga qo’l kelishi mumkun.


XULOSA.
Shunday qilib, biz biz estetik madaniyatning asosini tashkil
etadigan estetik idrok etish va estetik tarbiya masalalarini imkon
qadar tahlildan o‘tkazdik. Umumiy manzara shuni ko‘rsatadiki, 
estetik madaniyat shaxs - jamiyat - shaxs tizimida mavjud bo‘lib, 
bunda shaxs madaniyati ustuvor ahamiyatga ega. Ya'ni, 
estetiklashgan shaxs jamiyatni estetiklashtiradi, estetiklashgan
jamiyat esa, o‘z navbatida, yangi darajadagi estetiklashgan shaxsni
yaratadi va shu tartibdagi o‘zaro ta’sir millatning qadam va qadam
komillik darajasiga ko‘tarilishi uchun xizmat qiladi
.
Foydalanilgan adabiyot
vEstetika nafosat falsafasi (Abdulla Sher)


E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.

Download 403.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling