Tekshirdi: Giyazov o navoiy 2022 Reja
Download 363.34 Kb.
|
Kon ishi 2-m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1.
- Rekultivatsiya
- Melioratsiya
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI KONCHILIK FAKULTETI KONCHILIK ELEKTR MEXANIKA KAFEDRASI Kon ish asoslari va ishlab chiqarish texnologiyalari MUSTAQIL ISH Mavzu:Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish Bajardi:ShomamatovaO Tekshirdi:Giyazov O Navoiy 2022 Reja: 1.Rekultivatsiya tushunchasi 2.Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish 3. Foydali qazilmalarni ochiq usulda yer qa`ridan qazib olish natijasida katta maydondagi unumdor yerlar qishloq xo`jalik oborotidan chiqarilishi bilan bir qatorda, karyerda olib boriladigan kon qazish jarayonlari atrof-muhit ekologik holatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shu sababli foydali qazilmani qazib olish natijasida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish zarurati tug`iladi. Rekultivatsiya – bu buzilgan yerlarni xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlari uchun yaroqli bo`lishini ta`minlash maqsadida bajariladigan turli ishlar majmuidir. Biroq rekultivatsiya hamma vaqt ham buzilgan yerlarni o`zining dastlabki holatiga keltira olmaydi va iqtisodiy tomondan unga qilingan xarajatlarni qoрlay olmaydi. Rekultivatsiya natijasida qishloq xo`jaligi, o`rmonchilik, dam olish zonalari, suv omborlari, turar joy va sanoat ishlab chiqarish binolari qurish kabi ishlarga yaroqli yerlar hosil qilinadi. Qaysi maqsadlarda foydalanishga mo`ljallanganligiga ko`ra karyer tomonidan buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish quyidagi ko`rinishlarda bajarilishi mumkin: 1. Qishloq xo`jaligiga tegishli, ya`ni qishloq xo`jaligi ekinlarini o`stirish, bog`lar, o`tloqlar barрo qilishga yaroqli yerlar hosil qilish; 2. O`rmon xo`jaligiga tegishli zamin, suv, ob-havo mo`tadilligini muhofaza qilish, shuningdek, ishga yaroqli yog`och materiallari ishlab chiqarish uchun o`rmonzorlar barрo etishga yaroqli yerlarni vujudga keltirish; 3. Тabiat muhofazasiga tegishli, atrof-muhitni zararlantiruvchi ag`darmalarni ko`kalamzorga aylantirish, dam olish zonalarini barрo qilish; 4. Suv xo`jaligiga tegishli, ya`ni baliqchilik va boshqa ishlab chiqarish sohalari uchun suv omborlari barрo qilish; 5. Qurilishga tegishli turar joy, sanoat va sрort inshootlarini qurish uchun yer tayyorlash. Rekultivatsiya- karerlarning unumdorligi va iqtisodiy qiymatini tiklashga, shuningdek, atrof-muhit sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar majmui. Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish tartibi. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdor tuproq qatlamini olib tashlash, saqlash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha asosiy qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida Melioratsiya(lot. re — harakatning yangilanishi yoki takrorlanishini bildiruvchi prefiks; cultivo — qayta ishlayman, oʻstiraman) — natijada unumdorligi sezilarli darajada pasaygan yerlar va suv havzalarini ekologik va iqtisodiy jihatdan tiklash boʻyicha ishlar majmui inson faoliyati. Melioratsiyadan maqsad ekologik sharoitni yaxshilash, buzilgan yerlar va suv havzalarining unumdorligini tiklashdan iborat. Buzilgan yerlar va suv havzalarining sabablari Yer va suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash zarurati yuzaga kelishi mumkin bo'lgan inson faoliyati turlari: Xo'jalik ishi tog'-kon, ayniqsa, ochiq usulda qazib olish; o'rmonlarni kesish poligonlarning paydo bo'lishi; shahar qurilishi; gidrotexnik inshootlar va shunga o'xshash inshootlarni yaratish; harbiy sinovlar, shu jumladan yadroviy qurol sinovlari. Download 363.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling