Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №


Download 0.81 Mb.
bet35/38
Sana29.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1306420
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
ADABIYOT 1 KURS - для слияния

Fan o’qituvchisi: A.Sayidmurodov

Jek London. “Hayotga muhabbat” hikoyasi


Jek London «Hayotga muhabbat» hikoyasida insonni tabiat kuchlari bilan yonma-yon, unga basma-bas tarzda tasvirlaydi. Insonning kurashuvchanligi va umidiga urg‘u beradi. Hikoya qahramoni ning hayotga bo‘lgan muhabbati o‘lim ustidan g‘alaba qozonadi. Hikoya o‘ziga xos syujet qurilishiga ega. Boshida yo‘lga chiqqan, aniqrog‘i borgan yo‘lidan iziga qaytayotgan ikki yo‘lovchining holati tavsirlanadi. Ulardan biri – Bill oyog‘i cho‘loqlanib qolgan sherigini tashlab ketadi. Shundan keyin


bepoyon kengliklarda bittagina qahramonning o‘zi qoladi. Yo‘lda boshidan kechirgan mashaqqatlari, ochlikdan sillasi qurib, tabiatning turli ne’matlaridan tatib ko‘rishlari, atrofidagi hayvon va qushlarni tutib yeyishga uri nish va boshqalari juda ta’sirli va aniq tasvirlanadi. Ortda qolgan yo‘lovchini Jek London negadir nomlamaydi. Od diygina qilib «odam» deb qo‘ya qoladi. Bu bilan adib nima demoq chi bo‘lgan? Balki muallif mana shu birgina obraz misolida butun insoniyatning matonatini, sabr-bardoshini aks ettirib bermoqchi ham bo‘lgandir? Odatda, Jek London asarlarida oltin izlovchilar, oltinni qo‘lga kiritish yo‘lida turli mashaqqat va sarguzashtlarga duch kelgan insonlar taqdiridan hikoya qiladi. «Hayotga muhabbat» hikoyasining ikki qahramoni ham kerak manzilga yetib borib, xaltalariga keraklicha – o‘zlari ko‘tarishga kuchi yetguncha oltin solib olgan ikki kimsa. Shu ikki inson oltin bilan sinaladi. Hikoya mazmunida inson uchun bu olamda oltindan ko‘ra muhimroq narsa, ya’ni tirik qolish, halovatda yashash va o‘z maq sadiga erishish yo‘lida tinimsiz intilish muhimligiga doir fikrlar mujassam topgan. O‘zi istamagan holda Billdan ajralib qolgan yo‘lovchi olib kelayotgan zil-zambildek oltinlardan avval yarmini, keyingi safar hammasini tashlab yuboradi. Kimsasiz joyda yeyishga bir burda noni, yordamga cho‘ziladigan birorta qo‘l bo‘lmagan odam uchun oltinning aslo qadr-qiymati yo‘q. Och qolgan va hayot uchun kurashayotgan kimsaga oltin foyda bermaydi. Yo‘lovchi bir manzilga yetganida uni tashlab ketgan sherigi Billning oltin solingan xaltasi va bo‘rilar ship-shiydam qilib tozalagan suyaklariga duch keladi. Hamrohini yolg‘iz tashlab ketgan, oltinga muhabbat qo‘ygan odamni qanday ayanchli oqibatlar kutib turganini kitobxon ko‘rib, to‘g‘rilik, sadoqat, insof kabi bebaho insoniy tuyg‘ular ustida mulohaza yuritadi. Yozuvchi tiriklik qadriga urg‘u berish uchun «o‘lim changaliga tushib qolgan» qahramonini turli to‘siqlarga ro‘baro‘ qiladi; kimsasiz sahro, suv, ko‘lmak, ayiq, bo‘ri – bular yo‘lovchiga hayotga muhabbatini oshirish uchun vosita vazifasini bajaradi. Yo‘lovchi yo‘lida davom etib, to‘siqlarga duch kelganida siz ham o‘zingizni go‘yoki u bilan birga his etasiz. Ba’zida yonginangizdan bug‘ular yugurib o‘tganida, noiloj o‘kinasiz, gohida esa bahaybat targ‘il ayiq qarshisida turgandek kalovlanasiz; yo‘lovchining taxir, nordon botqoq mevalarini yeb afti burishgani ham beixtiyor sizga ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa jahon adabiyotining betakror adibi Jek Londonning o‘ziga xos qalam tebratish uslubidan darak beradi. «U juda charchagan, lekin sira o‘lgisi kelmas edi. Shuning uchun ham u chalchiqzordan meva terib yer, tanga baliq ovlar, suv qayna tib ichar va olazarak bo‘lib kasal bo‘rini kuzatar edi». U o‘z yo‘lida davom etar ekan, butun o‘y-xayoli tirik qolish bilan band. Hayoti so‘nib borayotgan tinimsiz aksa urib, yo‘talgan kasal bo‘ri odamga ergashib yuribdi. Kasal bo‘rining quvvati ketgan, hujum qilishga madori yo‘q. Bo‘ri odamning harakatsiz qolishini, o‘limini kutadi. Adib o‘quvchiga o‘lim va hayot chegarasida yurgan odam bilan bo‘rini qiyoslashga imkon beradi. Odam bo‘rini, bo‘ri esa odamni yeyishga tayyor. Biroq har ikkovida ham mador yo‘q. Odamda esa yashashga umid bor. Shuning uchun uncha uzoq bo‘lmagan masofadan ko‘ziga ko‘rinib turgan dengiz va undagi kemaga yetib olish uchun harakat qiladi. Bir mahal ko‘zi ilinganda och, kasal bo‘ri tishlarini uning qo‘liga botira boshlaydi. Odam bo‘rining jag‘iga yopishadi, kuchi yetmasligini bilgach, u tishi bilan bo‘rining tomog‘iga yopishadi. Odam g‘olib keladi. Hikoya tugashida «g‘alati maxluq»ni kit ovlovchi ilmiy ekspeditsiya a’zolari o‘limdan qutqargani bayon etiladi. Siz hikoya qahramonining o‘limdan qutulgani uchun mamnun bo‘lasiz; kemadagilarga o‘z boshidan o‘tganlarini so‘zlab bergan, pokiza taomdek ne’mat qadrini bilgan bu kimsaning kelgusida saodatli hayot kechirishiga ishonasiz. Lek Londonning mahorati shundaki, hikoyadagi harakatlanayotgan qahramon tegrasidagi har bir narsa-predmatni, jonli va jonsiz narsalarni, yemish uchun turli o‘simlik, mayda baliqchalar va hasharotlarni tatib ko‘rayotgan odam holini juda real-aniq tasvirlaydi.
Har kim o‘zini ushbu hikoya qahramoni o‘rniga qo‘yib ko‘rishi tabiiy. Shu ma’noda Jek Londonning mazkur asari o‘quvchida tinch-xotirjam hayot to‘g‘risida o‘ylantiradi; ko‘nglida ezgu hislar kuchayishiga yordam beradi. Aziz o‘quvchi, bu hikoya sizda katta taassurot uyg‘otishi tabiiy. Hikoya sizda Alloh bergan ne’matlarga nisbatan shukronalik, do‘stga sodiqlik va, eng asosiysi, hayotga muhabbat tuyg‘ularini orttirsa, yozuvchi o‘z muxlislari oldidagi adabiy vazifasini tugal bajargan bo‘ladi, albatta.
Tekshirdi”
Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil
Adabiyot fanidan

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling