Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №


Download 0.81 Mb.
bet12/38
Sana29.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1306420
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
ADABIYOT 1 KURS - для слияния

Fan o’qituvchisi: A.Sayidmurodov

Atoiyning hayoti va ijodi haqida ma’lumot.Lirikasi.Oraliq nazorat.


Dars rejasi:
1.Atoiyning hayoti va ijodi haqida ma’lumot.
2.Atoiy lirikasi
3.Oraliq nazorat

ATOIY (15 – a., Balx) — shoir. Yassaviy avlodidan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur oʻrgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy («Majolis un-nafois») A. hayoti va ijodi haqida toʻxtalib, «Mavlono Atoiy Balxda boʻlur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. Oʻz zamonida sheʼri atrok (turkiy tilda soʻzlovchilar) orasida koʻp shuhrat tutti. Bu matlaʼ aningdurkim: Ul sanamkim suv yaqrsinda paritek oʻlturur, Gʻoyati nozuklukindin suv bila yutsa boʻlur.


…Mavlono koʻp turkona (sodda, ravon) aytur erdi…», deydi. Navoiy «Nasoim ul-mahabba min shamoim ilfutuvva» («Muhabbat shabadalari») asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning oʻgʻli ekanini aytadi. Atoiy devonining muqovasida va qoʻlyozmaning oxirida «Devoni Shayxzoda Atoyi» deb qayd etilishi ham Atoiyni shayxlar oilasidan kelib chiqan deyishga asos beradi. Navoiyning xabar berishicha, Atoiy Ulugʻbek saroyi shoirlari orasida ham boʻlgan.


Atoiy gʻazalnavis — lirik shoirdir. Uning gʻazallarida muhabbat mavzui bilan bir qatorda may ham kuylanadi. Mayda hayot zavqi, uning barcha goʻzalliklari va lazzatlari vasf etiladi. May Atoiyda Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz gʻazallaridagi kabi hayot timsolidir.


Atoiy lirikasida xalq iboralari, taʼbirlar, maqol va matallar, ertak mavzulariga oid soʻzlar koʻp. Gʻazallarini asosan aruzning ramal bahrida yozgan; vazni yengil, misralari qisqa, soʻzlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning sheʼrlari xalq qoʻshiqlariga aylanib ketgan. Atoiy tajohuli orifona, laf va nashr kabi tasvir vosita va usullari ham yaratgan. Shoir ijodi bizgacha toʻla yetib kelmagan. Devonining taxm. 16 – a. da koʻchirilgan, 260 gʻazalni oʻz ichiga olgan qoʻlyozma nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanadi.


Ul sanamkim,suv yaqosinda paritek o'lturur,


G'oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo'lur.
To magarkim,salsabil obina javlon qila,
Keldi jannat ravzasindin obi kavsar sori hur.
Ul ilikkim,suvdin oriqtur.yumas oni suda,
Balki suvni pok bo'lsun deb ilik birla yuyur.
Emdi bildim rost emish,balki ko'rdim ko'z bila,
Ulki derlar,suv qizi goh-goh ko'zga ko'rinur.
Qoshlaring yosin Atoiy ko'rgali husn ichra toq,
Subhidam mehroblarda surai yosin o'qur.
Tekshirdi”
Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil
Adabiyot fanidan

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling