Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №


Download 0.81 Mb.
bet5/38
Sana29.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1306420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
ADABIYOT 1 KURS - для слияния

Fan o’qituvchisi: A.Sayidmurodov

O’rxun-Enasoy obidalari


Oʻrta Osiyo qadimdan maʼrifat-madaniyat oʻchoqlaridan biri sifatida shuhrat qozonganini siz tarixdan, adabiyotdan yaxshi bilasiz. Oʻtmishning koʻplab madaniy yodgorliklari yozma va ogʻzaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. Oʻrxun-Enasoy[1] yodgorliklari shunday qadriyatlardan hisoblanib, u VI–VIII asr hayotini oʻzida aks ettirgan. Mazkur obidalar Oʻrxun, Enasoy daryolari qirgʻoqlaridan topilgani uchun “Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari” nomi bilan mashhur boʻlgan. Bu yodgorliklar toshlarga oʻyib yozilgani bois “tosh bitiklar” deb ham yuritiladi.


Bilga xoqon[2], Kultegin, Toʻnyuquq va boshqa yodnoma tosh bitiklar qadimiy yozma badiiyat namunalari boʻlib, ularda tarixiy voqealar, hayot haqiqati oʻsha davr nuqtayi nazari bilan aks ettirilgan. Ularda turkiy elatlarning mamlakat mustaqilligi, el-yurt ozodligi uchun chet bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashganliklari, turk xoqonligining paydo boʻlishi, turkiy qavmlarning urfodatlari, rasm-rusumlari, kasb-korlari haqida qiziqarli hamda qimmatli maʼlumotlar keltiriladi. Masalan: Turk xoqonligi tarixi haqida Kultegin bitiktoshida shunday deyiladi: “Yuqorida koʻk osmon, ostida qora yer qilinganda ikkisi-ning oʻrtasida inson bolalari yaratilgan. Inson bolalari ustidan ota-bobom Bumin xoqon va Istamin xoqon oʻrnashganlar. Oʻrnashib, turk xalqining davlatini, qonun va qoidalarini boshqarganlar”.
Mazkur fikr magʻzida tarixiy haqiqat mavjud boʻlib, kuchli va jasur urugʻboshisi Ashinning oʻgʻli Bumin turk xoqonligiga asos solgan. Kultegin bitigi muallifi Yoʻllugʻ tegin bu fikrni asoslab, Bumin va Istamin turk davlatining asoschilari, ular taxtga oʻtirgach, toʻrt tarafdagi xalqni birlashtirib qudratli davlat barpo etganlar, deydi. Keyinchalik turkiy xalqlarning qatʼiyatsizligi bois Turk xoqonligi Tabgʻach (Xitoy) davlatiga boʻysundirilgan, yigitlar qul qilingan. Toʻnyuquq ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning maslahatchisi, sarkardasi boʻlgan. Bitiktosh uning sharafiga yozilgan. Toʻnyuquq bitigi uning hayotligida – 712–716-yillarda uning oʻzi tomonidan toshga oʻyib yozdirilgan.
Bitiktoshda turkiylarning dushman qabilalariga qarshi kurashi, Toʻnyuquqning bu kurashlarda koʻrsatgan qahramonliklari hikoya qilinadi. Toshbitik Toʻnyuquqning Tabgʻach elida tarbiya topganligi, turkiylarning tabgʻachlarga qaram ekanligini hikoya qilish bilan boshlanadi. “Bilga (dono) Toʻnyuquq men oʻzim, Tabgʻach davlatida tarbiyalandim. Turk xalqi Tabgʻach davlatiga boʻysunar edi…” Toʻnyuquqning bu xabari haqida N. Rahmonovning “Turk xoqonligi” risolasida shunday tarixiy voqea keltiriladi: “Toʻnyuquq turk zodagonlarining Tabgʻach imperatori saroyida garov sifatida ushlab turilgan oʻgʻillaridan biri edi. Bundaylarga ular xitoycha nom berar, xitoycha oʻqitar va xitoyparastlik ruhida tarbiya qilar edilar. Toʻnyuquqning xitoycha nomi Yuanchjen ham xitoyparastlik sabab qoʻyilgan edi. Yuanchjen “Toʻnyuquq” soʻzining aynan tarjimasi boʻlib, “toʻngʻich javhar” degan maʼnoni bildiradh)[3].
Toʻnyuquq Xitoyda tutqunlikda, zindonlarda yotadi, keyinchalik imperator saroyida ishonch qozonadi. U Xitoy imperiyasiga qarshi bosh koʻtargan Qutlugʻ tomonga oʻtib, uning maslahatchisiga aylanadi.
Toʻnyuquq bitiktoshida Vatan tushunchasi, vatanparvarlik va erk gʻoyalari asosiy oʻrin tutadi. Toʻnyuquq xalqning, vatanning haqiqiy, asl oʻgʻloni sifatida gavdalanadi. U turk xalqini tabgʻachlar asoratidan qutqarish uchun astoydil kurashadi.
Xalq oʻz erkini himoya qilmasa, u ogʻir fojialarga, hatto yoʻqlikka yuz tutishi mumkinligi yodnomada shunday tasvirlanadi: “Xoningni qoʻyib taslim boʻlding. Shuning uchun tangri “Oʻl!” degan, shekilli, turk xalqi oʻldi, tugadi, yoʻq boʻldi. Oʻz xonini qoʻyib, Tabgʻach xoqoniga sajda qilgani tangriga ham xush kelmadi. Ularni har tomonga tarqatib yubordi. Turk xalqi yerida biror ulugʻ qolmadi. Chakalak orasida qolgani yetti yuz nafar boʻldi”.
Toʻnyuquq turk xalqi fojiasi, alam-qaygʻularini koʻrar ekan, ota-bobolari asos solgan Turk xoqonligini tiklash bilangina erkinlikka erishish mumkin deb hisoblaydi va yetti yuz sonli askar bilan koʻp sonli dushmanga qarshi kurashadi. Xalqni nihoyatda ogʻir vaziyatdan olib chiqadi. Toʻnyuquq mard, dovyurak sarkarda va dono maslahatchi, kerak boʻlganda xalqni birlashtira oladigan jasoratli boshliq sifatida namoyon boʻladi va “Shad” (Turk xoqonligida oliy darajadagi unvon) unvonini oladi. Toʻnyuquqda tushkunlik, qoʻrqoqlik mutlaqo yoʻq. Unda oʻziga, xalqiga mustahkam ishonch bor. Shuning uchun u doimo gʻalabaga erishadi.
Bitiktoshlar badiiy jihatdan ham qimmatli. Unda xalq ogʻzaki ijodining hikmat, maqol, oʻgitlari koʻplab keltiriladi. Masalan, “Yupqa yigʻin tor-mor qilishga oson emish, ingichka yigʻin uzishga oson emish”, “Yupqa qalin boʻlsa, tor-mor qiladigan bahodir emish” yoki “Gʻam oʻz uyingda” kabi maqollar, “Vatan mustaqilligi uchun jon kuydirish hammaning burchi, beparvolik yomon oqibatlarga olib keladi” singari oʻgitlar bitikni oʻqishli va taʼsirchan etgan.
Bitiktoshlar Shimoliy Moʻgʻulistondan topilgan boʻlib, hozir ham oʻsha yerda saqlanadi.
Hurmatli oʻquvchi! Biz sizga bu bitiklardan keltirilgan namunalarning, afsuski, mazmunini oʻrganishga taqdim etmoqdamiz. Mana shu mazmunni yaxshilab uqib olish sizda oʻzlikning shakllanishiga, milliy iftixor hissi, farzandlik gʻururi, oʻzbeklik faxri tuygʻularining kurtak otishiga koʻmaklashadi, deb umid qilamiz. Siz ham bu bitiklarga shunday niyat bilan yondashing. Oʻzbek millati alohida Sizlardan tashkil topishini unutmang. Bilasizki, Odamning shakllanishi oson kechadigan jarayon emas. Qiyinchilik bilan, mashaqqatli mehnat bilan oʻzlashtirilgan bilim insonga yuqadi, koʻnglida iz qoldiradi. Bu iz Shaxs shakllanishida, albatta, oʻz taʼsirini koʻrsatadi.

Tekshirdi”


Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil
Adabiyot fanidan

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling