Tekshirdi: Sultonov s reja: Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazni tashkil etish asoslari


Markaz davlat boshqaruvining tuman (shahar) mehnat, ish bilan bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organi hisoblanadi


Download 1.05 Mb.
bet2/4
Sana23.01.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1112929
1   2   3   4
Bog'liq
Mehnat iqt 03

2.Markaz davlat boshqaruvining tuman (shahar) mehnat, ish bilan bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organi hisoblanadi.

3.Markaz o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa mahalliy organlari, jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalar bilan hamkorlikda olib boradi.
4. Markaz yuridik shaxs bo‘lib, bank muassasalarida hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega.
5. Markaz tizimiga yirik qishloq (mahalla) fuqarolar yig‘inlarida ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish turg‘un (statsionar) punktlar kiradi.
6. Zarur bo‘lganda vazirlik qarori asosida Markazda vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash Byurosi tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularning faoliyati aloxida Nizom bilan belgilanadi.
7. Markaz Ish bilan ta’minlashga qo‘maklashuvchi davlat jamg‘armasidan moliyalashtiriladi, hamda belgilangan tartibda mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish huquqiga ega.
2.Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining asosiy vazifalari va funksiyalari
1. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
  • ish bilan band bo‘lmagan aholi hisobi metodikasiga muvofiq, ishsizlar tizimli ravishda hisobga olib borilishini, ishga joylashishga muxtojlar, shuningdek, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar banki shakllantirilishini ta’minlash;
  • ishsizlar, birinchi navbatda yoshlar, xotin-qizlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
  • aholi bandligining samarali shakllarini rivojlantirish, jumladan kasanachilik mehnatini joriy etish, mustaqil ish bilan bandlik, shu jumladan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish hamda boshqa turdagi ish bilan bandlikni rag‘batlantirish;
  • ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini kengaytirish;
  • ish beruvchilar tomonidan mehnatga oid qonun hujjatlariga, shuningdek mehnat muhofazasi va shart-sharoitlari sohasidagi normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;

  • ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarni amalga oshirishda fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga amaliy yordam ko‘rsatish, kamxarj oilalarga nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lashda o‘rnatilgan tartibga rioya etilishi monitoringini amalga oshirish.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling