Tekshirdi: tadjibekova d. B
Kredit foiziga ta’sir qiluvchi tashqi omillar
Download 274.85 Kb.
|
A.Hamroyev TMI-91-2 — mustaqil ish pul va bank 2023
4. Kredit foiziga ta’sir qiluvchi tashqi omillar.
Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo’limi hisoblanadi. Bu siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo’yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3 omillarni o’z ichiga oladi: O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi; kredit resurslari (o’z va jalb qilingan mablag’lari) manbalari; kreditlash, qarzdorlar turlari va yo’nalishlari Kreditlarni bahosiga quyidagi omillar ta’sir etadi. Bank tomonidan berilgan kreditlarning iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida joy lashtirilganlik holati. Ushbu yo’nalishning ahamiyati shundaki, tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiya qilishning asosiy mezonlaridan biri kreditlarni mijozlarning tarmoq xususiyatiga ko’ra joylashtirilganligi hisoblanadi. Shu jixatdan olganda, ushbu yo’nalish kredit siyosatining samaradorligini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. II. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va uzoq muddatli kreditlarning o’zaro nisbati. Tijorat banklari faoliyatining mazmuniga ko’ra, avvvalo, qisqa muddatli kreditlash institutlari hisoblanadi. Ular xo’jalik sub’ektlarining aylnma mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o’ynaydi. Ko’pchilik rivojlanayotgan davlatlarda inflyatsiya darajasining nisbatan yuqori va nobarqaror ekanligi tijorat banklarining kredit portfelida qisqa muddatli kreditlarning salmog’ining yanada oshishiga sabab bo’ladi. Inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bo’lmagan va barqaror bo’lgan sharoitda uzoq muddatli kreditlar xajmini oshirish tijorat banki daromad bazasini mustaxkamlashning sinalgan usullaridan biri hisoblanadi. III. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan kreditlar salmog’ining o’zgarishi. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan kreditlar salmog’ining o’zgarishi kredit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank amaliyotida, xususan, G’arbiy Evropa davlatlarining bank amaliyotida muddati o’tgan kreditlar jami kredit qo’yilmalari hajmidagi salmog’ini 3 foizdan oshmasligi normal xolat hisoblanadi. Bu ko’rsatkichning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegaraviy miqdori 5 foizni tashkil qiladi. IV. Kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi salmog’ining barqarorligini ta’minlash. Tijorat bankining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi omillaridan biri kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi yuqori va barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Buning boisi shundaki, kreditlash tijorat banklari faoliyatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Shuning uchun banklar yalpi daromadining asosiy qismini kreditlash faoliyatidan olishlari lozim. V. Kreditlash shakllaridan foidalanish darajasi. Kreditlash shakllaridan to’laqonli tarzida foydalanish kredit siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kreditlash shakllari bankning kreditlash imkoniyatini oshirishga bevosita ta’sir qiladi. Hozirgi vaqtda, Respublikamiz bank amaliyotida kreditlashning asosan ikki shaklidan foydalanilmoqda. Bo’lar mijozni alohida ssuda hisobraqamidan kredit liniyasi ochmasdan turib kreditlash shakli va faktoring shaklidir. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kreditlashning overdraft, kontokorrent kredit liniyasi ochish yo’li bilan kreditlash, forfeyting shakllaridan foydalanilmayotganligi ularning kredit siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi. VI. Foizlarni o’stirmaslik maqomiga ega bo’lgan kreditlar va ularga hisoblangan foizlar miqdoining o’zgarishi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2 dekabrdagi “Tijorat banklarining kreditlari bo’yicha foizlarni o’stirmaslik siyosati to’g’risida”gi Nizomga ko’ra, banklar quydiagi hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to’xtatadilar: a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va foizlarni to’lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno; b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va unga hisoblangan foizlarni to’lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno; v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan fozlarni qaytarilish muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat’iy nazar banklarda shubxa uyg’otgan xolda. Foiz hisoblash to’xtatilgan kundan boshlab hisoblangan foizlar summasi tegishli foizli daromadlar hisobraqamidan chegirib tashlanishi lozim. Bunda tegishli foizli daromadlar hisobraqami debetlanadi, 16309-“Hisoblangan, lekin undirilmagan foizlar” hisobraqami kreditlanadi. VII. Banklarning kreditlash faoliyatida garov ob’ektlaridan foydalanish samaradorligi. Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida kreditlarni garov asosida berish kredit siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, garov ob’ektlaridan unumli foydalanish masalasini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e’tibor garov ob’ektlarini sotish evaziga kreditlarning asosiy qarz summasi va ularga hisoblangan foizlarni undirishga qaratiladi. VIII. Tijorat banklarining etarli darajada barqaror resurs manbalariga ega ekanligi. Tijorat banklarining samarali kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati bevosita ularni etarli darajada kredit resurslari bilan ta’minlanganligiga bog’liq. Hozirgi kunda kredit siyosatini to’zishda har bir tijorat banki mustaqil bo’lib, ular kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini takomillashtirib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo’jalik sub’ektlarini kreditlash funktsiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lganligi uchun banklar faoliyatining samaradorligi va likvidliligini ta’minlash uchun avvalambor, banklarning kredit siyosatini turli ishlab chiqishga e’tibor berish zarur. Banklar oladigan daromadlar uning aktiv operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli vujudga kelishi banklar tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va o’tkazishni taqazo qiladi. Korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun kreditorga foiz shaklida to’lovni o’tkazadilar. Kreditning to’lash uni to’liq summada o’z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o’z mablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga berganligi uchun muayyan to’lov talab qiladi (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno). Kreditning to’lovi nafaqat banklar xo’jalik hisobi maqomiga, shu bilan birga, korxonalarni bevosita foydasi bilan bog’liq xo’jalik hisobiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Kredit uchun haq to’lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funktsiyasini bajaruvchi bank foizi me’yorini o’rnatish jarayonida namoyon bo’ladi. Tijorat banklarining foiz siyosati depozitlar va kreditlarning okilona foiz stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshkarish bilan boglik tadbirlar majmuasidir. Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jixatlari quyidagilardan iborat: 1. Foiz siyosatining asosiy maksad va vazifalari: foiz siyosatining asosiy maksadi foiz siyosatida anik belgilab kuyilgan bo’lishi lozim. Ayrim banklarda foiz siyosatining asosiy maksadi sifatida foiz risklarini boshkarish tizimini takomillashtirish belgilab kuyiladi, boshkalarida esa sof foizli daromad darajasini oshirish kursatiladi. 2. Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan xolatlar: bunday xolatlar odatda kredit kuyilmalarining xajmini keskin oshirilishi natijasida yoki kreditlarning bozor stavkalarini sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. 3. Foiz riskini boshkarish usullari: odatda bank amaliyotida foiz riskini asosiy boshkarish usullari sifatida foizli svoplardan keng foydalanadilar, kichik banklarda esa ko’proq kredit riskiga limitlar o’rnatish uslubidan foydalanadilar. 4. Foiz stavkalarini o’stirmaslik makomini belgilash tartibini joriy kilish. Tijorat banklarining daromad olish soxasi faoliyati uning foiz siyosati orkali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak, o’zining manfaatini xam amalga oshirgan bo’ladi. Banklar foiz siyosatini amalga oshirishda omonatlar bo’yicha to’lanadigan foizni ularning o’zlari takdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to’langan foizlarning summalari urtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi. Amalda mablag’larni jalb qilish turlari qancha ko’p bo’lsa ularni foiz stavkasi turlari ham ham shuncha ko’p bo’ladi. Misol, qarz oluvchi uy sotib olish maqsadida berib turilgan qarz pul uchun mazkur zayom bo’yicha foiz stavkasi to’laydi, bu o’z navbatida qo’yilgan mablag’(nakd, mulk va boshqalar) bo’yicha foiz stavkasi deb yuritiladi; a bankni firmadan ushlayotgan stavkasi esa tijorat krediti bo’yicha foiz stvkasi deyiladi. Foizlarni hisoblashda tartib bo’yicha diskret(diskret foizlari) usulida; bunda ham hisoblash davrlari oy, chorak va yil sifatida qabul qilinadi. Arim hollar da har kunlik hisoblash qo’llanilib, (misol, uzoq muddatli investitsiyalarni analiz qilish uchun)mijozlarga ma’qul kelishi uchun ayrim hollar da foizni o’zluksiz hisoblash usuli qo’llaniladi. Foiz stavkani son jihatdan moliyaviy tahlil etishda nafaqat qarz summasini ko’payish quroli ko’rinishda, balki kengroq ma’noda bevosita mablag’larni bir egasidan boshqasiga oqib o’tish va ko’payish orqali tijorat va moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlilik darajasini o’lchash uchun joriy etiladi. Foiz stavkalar avvalgi u yoki bu boshlang’ich summasiga yoki avalgi davlar uchun hisoblangan foiz summasiga ssudani mazkur muddatni barcha davlari(oddiy foiz stavka)ga qo’llaniladi. Shunga o’xshash hisob stavkalari ham qo’llaniladi. Mos holda, asosiy foiz stavka 4 turi bir biridan tubdan farq qiladi: oddiy va murakkab foiz stavkalari, oddiy va murakkab hisob stavkalari. Amaliyotda fiksirlangan stavkadan tashqari so’zib yuruvchi yoki o’zgaruvchan stavkalari mavjud. Ayrim holatlarda shartnomalarda ayrim bazaviy stavkalari(pul bozoridagi stavkani vaktlar bo’yicha o’zgarishidan, misol uchun London banki tomonidan o’rnatilgan «LIBOR»stavkasi)ga fiksirlangan qo’shimcha daromad-marja qo’shiladi. Shunday qilib, umuman stavka qaysiki, foiz hisoblanayotgan stavka bazani o’zgarishi hisobiga o’zgarib turadi. Shartnomalardagi marjani hajmi vaqtlar bo’yicha o’zgarishi orqali ko’rsatilishi mumkin.1 Moliyaviy aktivlarni asosiy formalariga qarzli majburiyatnoma, aktsiya va xosilaviy qimmatli qog’ozlar kiradi. Qarzli majburiyatnomalarni muomalaga pul bilan shug’ullanuvchi davlat, korxona va boshqa xujaliklar (uy-xujaliklar) chiqaradi. Shunday qarzli majburiyatnomalar bozorida shunday davlat va korporativ obligatsiyalari va uy-joy va tijoratli avanslar; shuningdek, iste’mol zayomlarga o’xshash aktivlar sotiladi. Qarzli majburiyatnomalar fiksirlangan daromadli instrumentlar deyilib, kelgusida fiksirlangan summani to’lashga va’da beradi yoki qat’iy belgilangan foizli qimmatli qog’ozlar deyiladi. Qarzli majburiyatnomalar uni qaytarish muddatiga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi: -qisqa muddatli qarzli majburiyatnomalar bozori-(qaytarish muddati 1 yilgacha) pul bozori deyiladi -uzoq muddatli qarzli majburiyatnomalar va aktsiya bozori-(qaytarish muddati 1 yildan yuqori) kapital bozori deyiladi Download 274.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling