Tekshirdi: tadjibekova d. B
Download 274.85 Kb.
|
A.Hamroyev TMI-91-2 — mustaqil ish pul va bank 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qaydqilingan daromad ega qimmatli qog`ozlar. 3.Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki. 4.Inflyatsion risklarning yuzaga kelish sabablari Kirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Mustaqil ta’lim Fan: Moliya Bajardi: A.Hamroyev Guruh: 91-2 Tekshirdi: TADJIBEKOVA D. B.1. Kirish: 2. Qaydqilingan daromad ega qimmatli qog`ozlar. 3.Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki. 4.Inflyatsion risklarning yuzaga kelish sabablari Kirish: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi zamonaviy moliyaviy operatsiya va bitimlarni chuqurroq o‘rganish va tahlil qilish o‘ta muhimligini yana bir bor isbotladi. Bozor iqtisodiyotining o‘zagi bo‘lgan moliyaviy operatsiya va bitimlarni o‘rganish va tahlil qilishda statistika fani faol qatnashadi. Statistika keng tarmoqli va ko‘p qirrali fan. Moliya statistikasi uning asosiy tarmoqlaridan hisoblanadi. Moliya statistikasi hujjatlar bilan tasdiqlangan moliya-iqtisodga tegishli turli ma’lumot va hisoblarga asoslangan moliyaviy operatsiya va bitimlarni mazmuni va tayinlanishi jihatidan o‘rganish, ularni miqdoriy tahlil etish bilan shug‘ullanadi. Hanuzgacha statistika deganda ko‘pchilik ommaviy hodisa va voqealarni ifodalovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni hisoblashni tushunadi. Bu fikrda ma’lum ma’noda jon bor. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida biz umuman bozor natijalari, xususan, moliyaviy natijalarni baholashda individual ma’lumotlarga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz va ular asosida xulosalar chiqaramiz. Hujjatlarga asoslangan xususiy ma’lumotlarni to‘plash va ular asosida hisobkitoblar olib borish oliy moliyaviy va aktuar hisob-kitoblar deyiladi. Ushbu hisob-kitoblar statistika fanining tarkibiy tarmog‘i bo‘lib, eksport-import, investitsiyalar, kreditlar, sug‘urtalar, turli bitimlar, soliqlar, bank va valuta operatsiyalariga bog‘liq. Ular olinadigan foiz stavkalarini, kapital qo‘yilma, investitsiya va moliyaviy rentalarni, qarz, moliyaviy risk, sessiyalar, xalqaro trast operatsiyalari, diskret va kafolatli, faktoring va forfeyting, ijara, lizing, offshor va boshqa operatsiyalarni baholashda keng qo‘llaniladi. Birjalar faoliyatini tahlil qilishda, alohida olingan kompaniya, aksiya, obligatsiya, sotuvchi va oluvchi riskini va daromadini (yoki yo‘qotgan summasini) baholashda oliy moliyaviy va aktuar hisobkitoblar havodek zarur ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Shu bilan birga, ularning ma’lumotlari umumlashtiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisoblashda, samarali moliyaviy sharoitlarni modellashtirishda va moliyaviy natijalar prognozini tuzishda, moliyaviy 4 riskni oldindan ko‘ra bilishda va ularning oldini olishda hamda boshqa moliyaviy qarorlarni qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Download 274.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling