Tekshirdi: U. Ortiqov toshkent – 2023
Download 389.04 Kb.
|
zMAHawQ6hCeL9 7Ub9VPhoe0pc6myRVz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obligatsiyalar
- Masala yechimi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “Alohida kapital manbalari qiymati” mavzusida MUSTAQIL ISH Bajardi: MMT 95-2/22-guruh talabasi S. Tursunpo’latov Tekshirdi: U. Ortiqov TOSHKENT – 2023 Alohida kapital manbalari qiymati Aktiv (o’z egalari uchun obligatsiyalar, aksiyalar va h.k. hisoblanadi) ushbu aktivlarga egalikdan kelgusi pul to’lovlari qiymatiga teng, bunday pul to’lovlaridan har biri muddatlariga va tavakkalchiligiga muvofiq stavka bo’yicha diskontlangan joriy qiymatga ega, ya‘ni: bunda, C – aktivdan pul oqimi, r – daromadlilik me‘yori, n esa – har bir pul oqimi paydo bo’lish muddati. Kreditor yoki aksiyador uchun har qanday belgilangan vaqt paytida kelgusi pul oqimlari foizlar yoki dividendlar bo’yicha (har yili, yilda ikki marta yoki ehtimol yilning har choragida to’lanadigan) kelgusi tushimlarni va kelgusida qandaydir muayyan sanada balki asosiy summa (qarz) to’lovini o’z ichiga oladi. Mantiqiy jihatdan investorlar uchun daromadlilik taalluqli kompaniya uchun xarajatlarni o’z ichiga oladi. Shunday qilib, umumiy holatda tasdiqlashimiz mumkinki, ya‘ni: bunda, k – kompaniya kapitali qiymati, P0 esa – qimmatli qog’ozning joriy bozor qiymati. Obligatsiyalar London fond birjasi listingidan o’tgan obligatsiyalarga kelsak, obligatsiyalarning joriy bozor qiymatini, shartnomaga muvofiq foiz to’lovlari miqdori va muddatlarini, shuningdek‚ asosiy qarz summasi to’lovi miqdori va muddatini bilishimiz kerak. Xususan, yuqorida qayd etilgan hisob-kitoblarda k dan tashqari barcha shartlarni bilishimiz kerak. Bizga k ni topish kapital narxini ifodalaydigan kerakli sonni beradi. Misol: Dastlab 100 f. st. nominali bo’yicha chiqarilgan obligatsiya hozirgi vaqtda kapital bozorida 93 f. st. qiymatiga ega, nominal narxi roppa-rosa besh yildan keyin to’liq to’lanishi kerak, nominal narxining 10%ini tashkil etadigan foiz esa keyingi besh yilning har yili oxirida to’lanishi kerak. Obligatsiya narxi qancha? Faraz qilaylik, korporatsiyaning daromad solig’i 30% ni tashkil etadi. Masala yechimi Soliqlar to’langandan so’ng pul oqimlarini diskontlash uchun foydalanish mumkin bo’lgan stavkani chiqarishga urinayotganligimiz tufayli soliqlar chegirib qolingan kapital qiymatini topishimiz kerak. Obligatsiyalar bo’yicha foiz soliq solinadigan bazani pasaytiradi, biroq asosiy qarz summasi to’lovlari soliq imtiyozlariga tegishli bo’lmaydi. Quyidagi tasdiq adolatlidir: bunda, kl – soliqlar to’lovidan so’ng obligatsiya qiymati. kl ga nisbatan tenglamani yechish orqali kapital qiymatini ifodalaydigan miqdorni hosil qilamiz. Biz ilgari potensial investitsiya loyihalari daromadlilik ichki me‘yorini topishda bunday vaziyatga duch kelganmiz. kl, albatta, IRR obligatsiyalarini ifodalaydi va taalluqli ravishda, sinovlar va xatolar usuli bilan hal qilish mumkin. Hozirda aksiya nominal narxdan 7 f. st. pastroq (93 f. st. bo’yicha) baholanayotganligi tufayli, faraz qilaylik, stavka 10% dan pastroq. Shunday qilib, kapital narxi 8,8% ga juda yaqin turibdi. Ayrim kitobxonlar shunday savol berishlari mumkin: agar dastlabki qarz summasi 100 f. st, to’lovga summa 100 f. st. ga teng bo’lgan, kupon bo’yicha foiz stavkasi esa – 10% ni tashkil etgan bo’lsa, nima 170 uchun soliqlar chegirmasigacha obligatsiya narxi 10% ni yoki soliqlar to’lovidan so’ng 7% ni tashkil qilmaydi? Shuni yodda tutish kerakki, kapital narxini hisob-kitob qilishda maqsadimiz investitsiya loyihalariga tatbiq qilish uchun diskont stavkasini aniqlashdan iborat. Taalluqli diskont stavkasi kapitalning muqobil qiymatini o’z ichiga oladi. Ushbu holatda bu yoxud obligatsiyani qaytarib olish uchun pul to’lash ko’rinishida qarz majburiyatlarini uzish qiymati, yoxud xuddi shu manbani kelgusi moliyalash qiymatini anglatadi. Hozirgi vaqtda ushbu miqdor soliqlar to’lovidan so’ng 8,8% ni tashkil etadi. Agar kompaniya obligatsiya qiymatini to’lab qaytarib olishni istasa, u buni kapital bozorida 93 f. st. (nominal qiymati 100 f. st.) ga obligatsiya sotib olish orqali amalga oshirishi mumkin. Bu har yilgi nominal qiymatning 7 foizi miqdorida foizlar to’lashga yo’l qo’ymaslik imkonini beradi va besh yil tugagandan so’ng kapital qaytarilishiga zarurat qoldirmaydi. Mazkur kompaniya, agar kelgusida ham uzoq muddatli moliyalash uchun kapital jalb qilinishini davom ettirsa, chamasi, keyingi besh yilning har yili oxirida 10%, plyus beshinchi yil oxirida 100 f. st. to’lanadigan obligatsiya uchun 93 f. st. jalb qilishi mumkin bo’lardi. Taalluqli ravishda, nima bo’lganda ham 8,8% – mos stavka. Shuningdek, nima uchun investorlar har yili foiz daromadi sifatida 10 f. st. (10% li daromad) keltiradigan obligatsiya uchun 100 f. st. (nominal qiymati)ni to’lashga tayyor bo’lganliklarini so’rashimiz mumkin. Farq foiz stavkalari umumiy o’sishi hisobiga va/yoki kapital bozorida kompaniya tomonidan foizlar yoki asosiy qarz summasi to’lovi bo’yicha majburiyatlar bajarilmasligi xavfini qabul qilish o’zgarganligi hisobiga yuzaga kelishi mumkin. Shunday qilib, muayyan kompaniya kapitali qiymati har doim ham o’zgarmas bo’lishi shart emas. Bozor samaradorligi sharoitlarida kapitalning har qanday tarkibiy qismi qiymati kelgusida ushbu tarkibiy qism qiymatining eng yaxshi bozor narxi hisoblanadi. Ba‘zan kompaniyalar muddatsiz obligatsiyalar chiqaradi. Bu nazariy jihatdan foizlar doimiy to’lanadigan, qiymatini to’lab qaytarib olish sanasiga ega bo’lmagan obligatsiyalardan iborat. Ular qiymatining hisob-kitobi, garchi u soddaroq bo’lsada, qiymati to’lanib qaytarib olinadigan obligatsiyalar uchun hisob-kitob bilan bir xil. Barcha Cn miqdorlari bir xil bo’lgan, n esa cheksizlikka intilgan holatda, quyidagi hosil bo’ladi: bunda, T – korporatsiya daromad solig’i stavkasi. Bu quyidagicha yozilishi mumkin: Shunday qilib, yuqorida keltirilgan misolda, asosiy qarz summasi to’lanishi shart bo’lmagan, har yilgi 10 f. st. miqdoridagi foizlar to’lovi esa cheksiz davom etgan taqdirda: Download 389.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling