Klaster texnologiyasi


Download 99.99 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi99.99 Kb.
#233318
Bog'liq
1-mavzu.topshiriq-1


1-mavzu bo`yicha topshiriq

KLASTER TEXNOLOGIYASI


Klaster – (tarmoqlar) fikrlarning tarmoqlanishi.

* Fikrlash faoliyatini jadallashtirishni hamda kengaytirishni ta’minlaydi, mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik Bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashga o‘rgatadi.

* O‘quv mashg‘ulotining barcha bosqichida qo‘llanadi.

“kichik yo‘ldoshlari” bo‘lishi mumkin va b./. Mazkur mavzuga talluqli so‘z va so‘z birikmalari yoziladi.




Klaster tuzish bosqichlari

Talabalar “Klaster ” tuzish qoidalari bilan tanishtiriladi.Sinf doskasiga yoki vatman qog‘ozining markaziga “ kalit so‘z” yoki dars mavzusi (1-2 so‘zdan iborat) yoziladi.

“Kalit so‘z” atrofida unga bog‘liq bo‘lgan, kichik hajmdagi “yo‘ldoshlari” asosiy qismga bog‘lanadi. Bu “yo‘ldoshlar”ning yanada “kichik yo‘ldoshlari” bo‘lishi mumkin va b./. Mazkur mavzuga talluqli so‘z va so‘z birikmalari yoziladi.

Muhokama uchun klasterlar almashtiriladi.



Klasterning tuzilishi





Klaster tuzish qoidalari.





  1. Aqlingizga kelgan barcha fikrlarni yozing. G‘oyalarning sifatini tahlili qilmang, ularni faqat yozing.

  2. Yozuvdagi orfografiya va boshqa omillarga e’tibor qaratmang.

  3. Ajratilgan vaqt tugamaguncha yozishni to‘xtatmang.Agar aqlingizga birorta ham fikr kelmay qolsa, yana yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizing.

  4. Imkon qadar tarmoqlanishni kengaytiring. G‘oyalar orasidagi aloqani va ketma-ketlikni, ularning sonini cheklamang.

Mavzu bo`yicha har bir talaba o`zining aniq xulosalarini ifodalagan kichik chiqish (taqdimot) qiladi.



Namuna: Klaster tuzishda ushbu namunadan foydalanishingiz, hatto namunada berilganiga qo`shimcha(murakkab klaster) qilishingiz ham mumkin.


Download 99.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling