Tekshirdi: ubaydullayeva vazira pachchaxanovna
Download 252.15 Kb.
|
ABDUG\'ANIYEV TEMUR2
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI STOMATOLOGIYA FAKULTETI 103B GURUH TALABASI ABDUG'ANIYEV TEMURNING BIOFIZIKA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI TEKSHIRDI: UBAYDULLAYEVA VAZIRA PACHCHAXANOVNA Mavzu: Yumshoq muskul to'qimasining mexanik xossalari Biofizika va radiobiologiya biologik hodisalar asosida yotuvchi eng oddiy va fundamental o’zaro ta’sirlar haqidagi fandir. Biofizika va radiobiologiya jadal rivojlanib, hozirgi kunda tirik dunyo tuzilishining molekulyar asoslarini tashkil etuvchi elementar qatlamiga kirib bormoqda. Hozirgi davrda biofizikaviy tadqiqotlarning biologiya, ekologiya, nazariy va amaliy tibbiyot qishloq xo’jaligida keng tadbiq etilayotgani ushbu soha mutaxassislari uchun bu fanni o’rganish zarurligini ko’rsatmoqda. Biofizika va radiobiologiya fanining hozirgi kundagi asosiy bo’limlari – biologik jarayonlar kinetikasi, termodinamikasi, biopolimerlar tuzilishi va xossalari, hujayra jarayonlari biofizikasi, fotobiologik jarayonlar biofizikasi, radiasion biofizika, radiasiyaning tirik organizmga tasiri va hokazolardir. Biofizika va radiobiologiya turli biologik hodisalarning molekulyar asoslarini tashkil etuvchi hodisalar: ionlar transporti, biologik membranalar fizikaviy - kimyoviy holatining o’zgarishlari, bioelektrogenez, mexanik - kimyoviy jarayonlar, energiya o’zgarishlari va elektronlar ko’chishi, fotobiologik jarayonlar, tirik organizmlarning elektromagnit maydonlar va ionlashtiruvchi hamda optik nurlanishlarga birlamchi reaksiyalarini o’rganadi. Biofizika fundamental masalalarni hal etish bilan birgalikda biologiya, tibbiyot, qishloq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan amaliy masalalarni ham yechmoqda. Fanni o’qitish maqsadi – talabalarga asosiy biofizikaviy hodisalar va g’oyalarni o’rganish, fizikaviy qonunlarni tirik organizmlarga tadbiq qilish, biofizika fani yutuqlarini qishloq xo’jaligiga, xususan chorvachilik va veterinariya sohalariga tadbiq etish bilan tanishtirishdan iborat. Biofizika fani fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarni, biologik tizimlar ultrastrukturasini tashkil qilishning hamma sohalarida submolekulyar va molekulalardan to to’qima va to’liq organizmgacha o’rganadi. Tirik organizmda sodir bo’ladigan turli jarayonlarning murakkabligiga va o’zaro bog’liqligiga qaramasdan, ular ichidan fizik jarayonga yaqinlarini ajratib olish mumkin. Masalan: qon aylanishi, bu jarayon suyuqlikning oqimi (gidrodinamika), tomirlar bo’ylab elastik to’lqinlarning tarqalishi (akustika), yurakning ishi va quvvati (mexanika), biopotensiallar generasiyasi (elektr), nafas olishda gaz harakati (aerodinamika), issiqlik uzatish (termodinamika), bug’lanish (fazoviy o’tishlar) va hokozo bo’limlarda o’rganiladi. Download 252.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling