Bo’linish munosabati va uning xossalari
T a ‘ r i f: Agar ixtiriyoriy a, b (b 0,) nomanfiy butun sonlar uchun a=b·с (1) shartni qanoatlantiruvchi c soni mavjud bo’lsa, u holda a soni b ga bo’linadi, yoki karrali deyiladi va quyidagicha yoziladi. a b (bo’linish munosabati)
Bo’linish munosabatining ba’zi xossalarini ko’rib chiqamiz.
1.0 soni har qanday songa bo’linadi. ( ) o a
2 .0 dan farqli hech bir son 0 soniga bo’linmaydi. ( ), a o;
3.Har qanday son 1 ga bo’linadi. ( ) a 1
4.Bo’linish munosabati refleksivlik xossasiga ega, ya’ni har qanday son o’z-o’ziga bo’linadi.
( ) a a
5. Agar a va b sonlari uchun a b va a>0 bo’lsa, u holda a b bajariladi.
6. Bo’linish munosabati assimetriplik xossasiga ega
a b ^ b a a=b ,
7. Bo’linish munosabati tranzitivlik xossasiga ega.
а b b c a c
8.Yig’indining bo’linish xossasi.
Agar qo’shiluvchilarning har biri c soniga bo’linsa, u holda bu qo’shiluvchilarning yig’indisi ham c soniga bo’linadi.
1-natija.Agar a1,a2,a3…an sonlarning har biri c soniga bo’linsa, u holda bu sonlarning yig’indisi ham c soniga bo’linadi:
a1 c, a2 c, …, an c (a1+a2+…+an) c
2-natija. Ayirmaninig bo’linish xossasi.
Agar a va b sonlari c soniga bo’linsa va a b bo’lsa, u holda bu sonlarning ayirmasi ham c soniga bo’linadi:
(a с ^ b с), a b (a-b) c
9-xossa Ko’paytmaning bo’linish xossasi.
Agar ko’paytuvchilardan birortasi c soniga bo’linsa, bu
sonlarning ko’paytmasi ham c ga bo’linadi.
a:c (a·b):с
3-natija Agar a1,a2, …, an sonlarning har biri c soniga bo’linsa, ixtiyoriy x1,x2,…,xn lar uchun a1·x1+a2·x2+…+an·xn ham c ga bo’linadi.
Bo’linish munosabati ko’pincha berilgan a soning biror b soniga qoldiqsiz bo’linish yoki bo’linmasligini aniqlash uchun zarur bo’lib o’quvchidan ba’zi bir sonlarga bo’linish alomatlarini o’rganishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |