Tekshirdim” I. Ch. T. bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. A. Pirvaliev “ ” 2020 yil
Operativ xotirani dignostika qilish va testlash
Download 4.69 Mb.
|
9-m.ShKni diagnostika qilish va komponentlarini almashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Win+R
- Выполнить перезагрузку и проверку (рекомендуется)
- Rufus.2.11
- Смена раздела и тип системного интерфейса
- Параметры форматирование
- MemTest86+ 5.01.iso
- Selecon Power
Operativ xotirani dignostika qilish va testlash
Operativ xotirani almashtirish Operativ xotirani dignostika qilish va testlash Kompyuterni yoqqanimizda avvalgidek ishlaydi va monitor yonadi. Ba’zi hollarda esa, kompyuter ishlaydi lekin monitor yonmay qoladi va yana kompyuterni o’chirib biroz vaqt turib yoqsak yana ishlaydi va monitor yonadi. Bunaqa muammolar ba’zan operativ xotira yaxshi ishlamayotganligidan darak beradi. Bunday muammolarni bartaraf qilish uchun operativ xotirani tekshirib keyin testlash zarur. Operativ xotirani dignostika qilish uchun klaviyaturadan Win+R tugmalarini ketma-ketlikda bosib, yoki Пуск→ Все Программы→ Стандартый→ Выполнить ketma-ketligida Выполнить darchasi ochiladi. Выполнить darchasi ochilgandan so’ng mdsched.exe buyrug’i yoziladi va Enter tugmasi bosiladi. Natijada Средство проверка памяти Windows nomli kichik darcha xosil bo’ladi. Ushbu darchadan Выполнить перезагрузку и проверку (рекомендуется) buyrug’i tanlanadi va kompyuter qayta yuklanadi. Natijada operativ xotirani diagnostika qilish jarayoni boshlanadi. Agar operativ xotirada xatoliklar topilsa va bartaraf qilinmasa, boshqa dastur MemTest86+ 5.01 yordamida testlash orqali xatoliklarni bartaraf qilish mumkin. Testlash dasturini USB fleshkasiga yuklovchi sifatida o’rnatish uchun avval, USB fleshkani kompyuterga ornatamiz. Keyin internetdan Rufus.2.11 versiyadagi USB fleshkasiga yuklovchi sifatida o’rnatish dasturini va operativ xotirani testlash dasturi MemTest86+ 5.01 ni .iso formatdagisini ko’chirib olish kerak bo’ladi. Rufus.2.11 dasturini ishga tushuramiz va dasturning eng yuqori qismidagi Устроиство bo’limi orqali kompyuterga o’rnatilgan USB fleshka tanlanadi. Смена раздела и тип системного интерфейса bo’limi orqali MBR для компьютеров с BIOS или UEFI interfeysini tanlaymiz va Файловая система bo’limi orqali FAT32 (по умолчанию) fayl tizimini tanlaymiz. Keyin ushbu dasturning pastki qismidagi Параметры форматирование bo’limidan FreeDOS ni ISO-образ ga o’zgartiramiz. ISO-образ ga o’zgartirgan joyimizning chap tomonidagi tugmani bosamiz va oynacha ochiladi. Ushbu oynacha orqali internetdan ko’chirib olgan operativ xotirani testlash dasturi MemTest86+ 5.01.iso ni topib belgilab Открыть tugmasini bosamiz va oynacha yopilib avvalgi Rufus 2.11 oynasiga o’tiladi. Rufus 2.11 oynasining eng pastki qismida joylashgan Старт tugmasi orqali testlash dasturini USB fleshkasiga yuklovchi sifatida o’rnatish jarayoni boshlanadi. Ushbu jarayon tugagach barcha ochilgan oynalar yopiladi. USB fleshkasiga yuklovchi sifatida o’rnatish amalga oshirilgandan so’ng, operativ xotirani testlashni boshlaymiz. Buning uchun kompyuter qayta yuklaymiz va BIOS ga kirishishimiz kerak bo’ladi. Kompyuter yuklanayotganda monitorning pastki qismida BIOS ga kirish klavishini ko’rsatadi. Ushbu ko’rsatgan klavish orqali misol uchun ko’p hollarda Del yoki F2 klavishlari tinimsiz bir necha marta bosish orqali BIOS ga kiramiz. BIOS ochilgandan so’ng Boot bo’limi orqali 1st Boot Priority dan kompyuterga o’rnatgan USB fleshkamizni misol uchun Selecon Power nomli USB fleshkani birinchi bo’lib ishga tushishi uchun o’zgartirib qo’yamiz. Hamma bajarilgan ishlarni klaviyaturaning F10 tugmasi orqali yoki ESC klavishini bosamiz va YES ni tanlab Enter ni bosamiz. Natijada kompyuter qayta yuklanadi va USB fleshka birinchi bo’lib avtomatik ravishta ishga tushadi va dasturlar ro’yhati paydo bo’ladi. Ushbu dasturlar ro’yhatidan MemTest86+ 5.01 dasturini tanalab bosamiz va dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgandan so’ng hech narsaga tegmaymiz, daturning o’zi avtomatik ravishta xatoliklarni topadi va uni bartaraf qiladi. Bu jarayon tugaguncha 2-3 soat vaqt ketadi. Testlash tugagandan so’ng agar xatoliklar topilsayu lekin bartaraf qilinmasa, demak operativ xotirani yangisiga almashtirish kerak Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling