Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi: o`rinbosari: sinf


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/38
Sana24.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1653342
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
7 sinf informatika 2018 yil konspekt (2)

rtm@uzsci.net. 
 
Outlook Express dasturi interfeysi 
Elektron pochta foydalanuvchisi (abonenti) bo'lish uchun, Internet tizimida aniq elektron 
adresga ega bo'lgan "pochta qutisi"ga ega bo'lish lozim. Pochta qutisi — Internet tizimidagi 
maxsus server (provayderingiz kompyuteri) diskida siz uchun ajratilgan joy. Sizga elektron 
pochta orqali yuborilgan xabarlar, ularni qabul qilib olmaguningizcha, xuddi shu pochta 
qutisida saqlanadi. Pochta qutisi va elektron adres bilan abonentlarni provayderlar 
ta'minlaydi. Ammo elektron pochta xizmatidan foydalanish uchun shuning o'zi yetarli emas. 
Pochta qutisidagi xabarlarni qabul qilib olish, xabar tayyorlash va uni elektron pochta orqali 
jo'natish kabi ishlarni bajarish uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. 
 
IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
Savollar: 
1. Elektron pochtaning oddiy pochtadan asosiy afzalligi nimada? 
2. Uyingizdagi pochta qutisi bilan elektron pochta qutisining qanday farqi bor? 
3. Elektron pochtaning oddiy pochta bajara olmaydigan qanday imkoniyatlarini 
bilasiz? 
4. Outlook Express dasturining menyulari va ularning asosiy vazifalari haqida so'zlab 
bering. 
5. Outlook Express dasturida uskunaiar paneli tugmalarining vazifalari haqida so'zlab 
bering. 
6. Outlook Express dasturining papkalar oynasi haqida so'zlab bering. 


7. Elektron pochta qutisiga ega bo'lishning qanday imkoniyatlarini bilasiz? 
 
V. Uyga vazifa 
Mashqlar: 
1. Chap ustundagi so'zlarni o'ng ustundagi jumlalarga moslab qo'ying. 
Web-sahifa 
Elektron pochtalar 
Kelganlar 
edunet.uz 
Pochta qutisi 
Web-saytlar 
eduportal.uz 
Qabul qilish 
2. Nuqtalar o'rniga o'ng ustundagi kerakli so'zlarni joylashtirib ko`chiring. 
. . . dastur interfeysining ko'rinishini o'zgartirish, shrift o'lchami va xabarlarni 
saralash usulini tanlash kabi ishlari bajarishga mo'ljallangan 
Fayl menyusi 
. . . yordamida elektron pochta orqali xabar yuborish, xabarlarni qabul qilish
dastur parametrlarini o`zgartirish kabi amallar bajariladi 
Ko'rinish 
menyusi 
. . . yordamida asosan yangi xabar hosil qilish, avval hosil qilingan xabarni 
ochish, xabarni chop etish, dasturdan chiqish amallari bajariladi 
Servis 
menyusi 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling