6.6-rasm. Displeyning sozlash oynasi
5. ISHNI BAJARISH TARTIBI
Ishni bajarish uchun, transformatorning turi o‘qituvchi tomonidan beriladi. Mus-taqil ishlarda ushbu ma’lumotlarni 6.1-jadvaldan olish mumkin. Modellashtirishning ko‘rsatkichlarini sozlash oynasi 6.7-rasmda ko‘rsatilgan.
6.7-rasm. Modellashtirishning ko‘rsatkichlarini
sozlash oynasi
Ish mazmuning 3.1 punkti bo‘yicha almashtirish sxemasining ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni berilganlar bilan taqqoslash, 6.2-rasmdagi sozlash oynasida salt yurish va qisqa tutashuv usullari yordamida amalga oshiriladi
Salt yurishda yuklama uzib qo‘yilgan, transformator nominal kuchlanishdan manbalangan bo‘ladi. Transformatorning salt yurish-dagi kuchlanish va toklarining effektiv qiymatlari Powergui bloki (6.8-rasm) da aniqlanadi.
6.8-rasm. O‘lchash natijalari berilgan Powergui blokining oynasi
Eslatamizki, salt yurishdagi aktiv quvvat transformator o‘zagidagi isroflarga tengdir. Magnitlanish shaxobchasining nisbiy ko‘rsatkichlari ma’lum ifodalar bo‘yi-cha xisoblanadi [2]. Qisqa tutashuv tajribasi ikkilamchi zanjir qisqa tutashtirilganda o‘tkaziladi. Budna ta’minlash manbasining kuchlanishi transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi (Uk = 29,7 V) ga teng bo‘lishi kerak
Shuni eslatamizki, nominalga teng birlamchi qisqa tutashuv tokidagi qisqa tuta-shuv rejimida aktiv quvvat transformator cho‘lg‘amlaridagi isroflarni aniqlaydi. Taj-ribalar o‘tkazilgan va ko‘rsatkichlar xisoblangandan so‘ng, ularni 6.2-rasmdagi ko‘r-satkichlar oynasiga kiritilganlar bilan solishtirish zarur.
Transformatorning yuklama va ishchi tasniflarini olish, yuklama qarshiligi (0,2 …1,2) Rnom oralig‘ida o‘zgarganda, 6.1-rasmdagi modelda amalga oshiriladi. Bunda modellashtirish yuklama qarshiligining xar bir qiymati uchun xosil qilinadi. Nominal yuklama qarshiligi quyidagi ifoda orqali xisoblanadi
Bu erdagi belgilashlar 6.2-jadvalga mos keladi. Tekshirishlar o‘tkazilganda 6.2-jadval ketma-ket to‘lg‘azilib boriladi.
6.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |