Текстли масалалар устида ишлаш методикаси
Download 2.66 Mb. Pdf ko'rish
|
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI OQUV qo\'llanma
Boshlang‗ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish. 1. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mohiyati: a) matematika to‗garagi; b) matematika ertaligi; d) matematikadan fakultativ mashg‗ulotlar; e) matematik matbuot; f) matematik viktorina va olimpiadalar. 2. Sinfdan tashqari ishlarda foydalanish uchun tavsiyalar. 1. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mohiyati. Sinfdan tashqari ishlar o‗quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‗liq bo‗lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba‘zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi. Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud: matematika to‗garagi, matematika ertaligi, matematikadan fakultativ mashg‗ulotlar, matematik matbuot, matematik viktorina va olimpiadalar. Quyida sinfdan tashqari mashg‗ulotlar o‗tkazish rejasini keltiramiz. 62 № Тadbir shakli Тadbir mavzusi Тadbir maqsadi O‗qituvchi faoliyati O‗quvchi faoliyati 1 Matema tik o‗yinlar Sehrli kvadrat Тez va aniq hisoblash O‗yinni boshqarish, o‗quvchilarni qiziqtirish va sehrli kvadrat tarixi bilan tanishtirish Mantiqiy fikrlash 2 Qiziqarl i matema tik soatlar Rebuslar, fokuslar, Krossvordlar Matematika da rslarida olin gan bilimlarni chuqurlashtiri sh Тurli rebuslarni, krossvordlarni tayyorlash Rebuslar va krossvordlarni topish 3 Matema tik vikto rina Hamma narsalarni bilishni istayman Murakkab masalalar yechish. Тurli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinani boshqarish Hamma masalalarni bilishga intiladilar 4 Matema tika ertaligi Тarixiy masalalar Тarixiy misollarni o‘rganish Misollarni tayyorlash va ertaliklarni boshqarish. Тarixiy misollarga qiziqtirish. Misollarni yechishga harakat qilish 5 Matema tik to‗garak lar Mashhur matematik olimlarning hayoti va faoliyati Olimlarning matematikaga qo‗shgan hissasi, matematika tarixini chuqur o‗rganish Matematika to‗garagini boshqarish va senariy yozish Тarixiy materiallar to‗plamiga ega bo‗lish. 6 Matema tik matbuot Qiziqarli tarixiy hiko yalar, olim larning ha yoti va ijodidagi yangiliklar O‗quvchilar ning dunyoqara shini shakllanti rishga erishish Devoriy gazeta uchun material to‗plash Devoriy gazetalarni chiqarish va tarixiy materiallarni o‗rganish 63 Matematika minutliklarida topshiriqlarga qiziqish uyg‗otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o‗xshash bo‗lmasligi kerak. Mashg‗ulot o‗tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, nostandart masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib xizmat qiladi. Download 2.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling