Telefon va kommunikatsion tarmoqlar birlamchi tarmoqlarga nisbatan ikkalamchi yoki ustama (overlay) tarmoq bo’lib xizmat qiladi
Download 0.71 Mb.
|
3-mustaqil ish(tarmoq)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-Mustaqil ish Mavzu
- (transmission networks)
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI "Kompyuter injiniring" fakulteti "Kompyuter tizimlari" kafedrasi "Kompyuter tarmoqlari” fanidan 3-Mustaqil ish Mavzu: Transport tarmoqlarida qo’llaniladigan asosiy texnologiyalar: SONET, DWDM Guruh: 20-01 Bajardi: Xaniyev. N Qabul qildi: Sattarov. M Samarqand – 2022 Mavzu: Transport tarmoqlarida qo’llaniladigan asosiy texnologiyalar: SONET, DWDM Reja: 1. Transport tarmoqlartining qurilish usullari: PDH, SDH, SONET va DWDM texnologiyalari, ularning o’tkazuvchanlik qobiliyatini tahlil qilish 2. Shahar va global tarmoqlarni qurishda qo’llaniladigan transport tarmoqlarining qurilmalari Birlamchi yoki transport tarmoqlari (transmission networks) - bu maxsus ko'rinishdagi telekommunikatsion tarmoqlardir, ular doimiy global yuqori tezlikdagi kanallami yaratish uchun moijallangan boiib, so‘ng boshqa tarmoqlami yaratishga ishlatiladi, masalan, telefon yoki kompyuter tarmoqlarini. Birlamchi tarmoqlami boshqa telekommunikatsion tarmoqlardan farqi quyidagidan iborat, u telefon apparatlarini bogiovchi telefon tarmoqlari qiladigandek yoki kompyuterlami o‘zaro bir-biri bilan ulovchi oxiridagi foydalanuvchining terminal qurilmalari bilan ishlamaydi. Buning o‘mida birlamchi tarmoq kanallari boshqa tarmoqlaming kommunikatsion qurilmalarini ulaydilar va ular esa o‘z navbatida oxiridagi foydalanuvchining terminaliga xizmat ko‘rsatadilar. Telefon va kommunikatsion tarmoqlar birlamchi tarmoqlarga nisbatan ikkalamchi yoki ustama (overlay) tarmoq bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda raqamli uzatish tizimlarini jalb etish 70- yillardan boshlandi. Raqamli uzatish tizimlarini qo’llashdan asosiy maqsad telefon stansiyalari orasida ko’p juftlik elektr kabellar acosida bog’lovchi liniyalar hosil qilishdan iborat. Chunki raqamli uzatish tizimlari analog uzatish tizimlariga qaraganda shovqinga bardoshli edi. Raqamli uzatish tizimlarida signallarni uzatish uchun impuls kodli modulyasiya (IKM) qo’llaniladi va ular pleziaxron raqamli iyerarxiya (PDH) tizimlari deb nom olgan. Impuls kodli modulyasiyada analog signallar oldin vaqt bo’yicha diskretlanadi, so’ngra amplituda bo’yicha kvantlanadi va amplitudaning kvantlangan qiymatlari ikkilik kod yordamida kodlanadi. Telefon signalining maksimal chastota spektri 3,4 kGsni tashkil qiladi, muvofiqli signalni qayta tiklash uchun esa diskret impulslar chastotasi ikki barobor katta, ya’ni diskretizasiya chastotasi 8 kGs bo’lishi kerak. Nutq sifatini qoniqtirish uchun amplitudaning 256=2*8 diskret sathlari yetarli va ushbu sathlarning har biri 8 bit yoki 1 baytga teng bo’lgan kodlar kombinasiyasiga almashtiriladi, shunday qilib, standart telefon signalini IKM usulida uzatish uchun 8 bit 8 kGs=64 kbit/s tezlik kerak bo’ladi. Tezlikning ushbu qiymati barcha raqamli iyerarxiyalar uchun Boshlang’ich (nolinchi) sathdir. PDH iyerarxiyasida raqamli tizimlarning tuzilishi quyidagi talablarga javob berishi lozim: -analog va diskret signallarni barcha ko’rinishini uzatishni ta’minlash; -mavjud bo’lgan va kelgusidagi aloqa liniyalarini xarakteris-tikalarini nazarda tutgan holda uzatish tizimining parametrlarini tanlash; -uzatiladigan signallarni oddiy holatda birlashtirish, ajratish va tranzit hosil qilish imkoniyati. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling