SDH-sinxron raqamli iyerarxiya.
Dastlab SONET yaratilgan keyin SDH ga o’zgartirilgan. SONET/SDH sinxron raqamli texnologiyalar paydo bo’lgunga qadar yaratilgan va qayta ishlangan raqamli texnologiyalar asinxron edi.
Chunki ularda markaziy tayanch manbadan tashqi sinxroniza-siyalanish qo’llanilmas edi. Ularda bitlarning yo’qolishi nafaqat axborotlarning yo’qolishiga, balki sinxronizasiyaning buzilishiga ham olib kelardi.
Afzalliklari:
*tarmoqning soddaligi
*tarmoqning ishonchliligi va o’zini qayta tiklashi
*moslashuvchan tarmoq boshqaruvi
*talab bo’yicha o’tkazuvchanlik polosasini ajratish qo’llashning universalligi
*quvvatni oshirishning soddaligi
PDH va SDH uzatish tizimlari imkoniyatlari.
Sinxron raqamli iyerarxiya (SDH), tarmoqning barcha uchastkalarini o’z ichiga oladigan, axborot uzatish kabi nazorat va boshqarish funksiyalarini bajaradigan ko’p kanalli umumiy tizimni hosil qiladi. SDH ni qo’llash orqali apparatura narxini, foydalanish harajatlarini, sozlash va payvand qilish muddatini, qo’llanadigan apparaturalar sonini, hajmini kichraytirish mumkin. Bir vaqtning o’zida aloqa sifati sezilarli darajada oshadi. SDH quyidagi xususiyatlarga ega:
1-xususiyati, SDH tizimlarining uzatish tezligi, Yevropa va Amerika PDH iyerarxiyasining birlashtirilgan standart qatoriga mos keluvchi 1.5; 2; 6; 8; 34; 45; 140 Mbit/sli tarmoqda kirish kanallarini qo’llashga mo’ljallangan terminal multipleksor (TM)lar va kirish-chiqishli multipleksor (KChM)lar orqali tashkil qilinadi.
Uzatish tezligi belgilangan qatorga mos keluvchi, imkoniyatli kanallarning raqamli signaliga – PDH triblari (trib - aloqachilar terminalogiyasida komponent signallar), uzatish tezligi SDH tezligiga mos keluvchi standart qator signallariga - SDH triblari deyiladi.
2-xususiyati, SDH triblari o’lchami PDH iyerarxiyasining triblari satxi bilan aniqlanadigan, belgilangan standart konteynerlarda joylashgan bo’lishi zarur. Bunday konteynerlar - virtual konteynerlar deyiladi. Virtual konteynerlar guruhda ikkita har hil usulda birlashishi mumkin.
Past satxdagi konteynerlarni yuqori satxli konteynerlarning zarur yuklamasi sifatida qo’llash va multipleksorlash mumkin. Bu, o’z navbatida eng yuqori sathdagi (eng katta o’lchamdagi) STM-1 freym konteynerining zarur yuklamasi bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |