Vaqtli ajratishli ko’p
stansiyali ruxsat etish
(VAKSRE)
Barcha abonentlar axborotlarni bitta tashuvchi chastotada, lekin
oralarida himoya intervallari (inglizchada TDMA )kiritilgan turli vaqt
intervallarida (“oynalarda”) uzatadigan ruxsat etish usuli.
Yer sirti radioaloqasi
Kosmik (koinot) radioaloqa va radioastronomiyadan tashqari, barcha
radioaloqa.
Yo’naltirilgan antenna
Ma‟lum
yo‟nalishlarda
radioto‟lqinlarni
boshqa
antennalarga
qaraganda, samarali nurlantirish va qabul qilishni ta‟minlaydigan
antenna.
Tashuvchi chastota
Axborotlarni uzatish maqsadida signallar bilan modulyasiyalangan
garmonik
tebranishlar
chastotasi.
Modulyasiyalangan
signallar
garmonik hisoblanmaydi va ularning spektri tashuvchi chastotadan
tashqari yon chastotalarga ega bo‟ladi. Faqat yon chastotalar
tebranishlari uzatiladigan signallarga ega bo‟ladi.
Nominal quvvat
Standartlar yoki texnik shartlar tomonidan o‟rnatilgan ishlatish
sharoitlarida
berilgan
diapazonda
moslashtirilgan
yuklamada
o‟lchanadigan quvvat.
O’tkazish polosasining
nominal kengligi
Chastotaviy
kanallar
oralaridagi
himoya
oraliqlarini o‟z ichiga
oladigan chastotalar polosasining yig‟indi kengligi.
Bir tomonlama
radioaloqa
Radiostansiyalardan biri faqat uzatishni, boshqasi (boshqalari) esa
qabul qilishni amalga oshiradigan radioaloqa.
Bir chastotali simpleks
radioaloqa
Radiostansiyalar orasidagi aloqa bitta chastotada amalga oshiriladigan
simpleks radioaloqa.
Ochiq standart
Qurilmalar
ishlab
chiqaruvchilari
uchun
spesifikasiyalari umumiy
ruxsat etiladigan telekommunikasion tizimning (yoki istalgan texnik
tizimning) qo‟shma ishlab chiqilgan standarti.
“Signal/shovqin”
nisbati
Odatda
desibellarda
ifodalanadigan,
uzatish
kanalining
ma‟lum
nuqtasida
va
ma‟lum sharoitlarda o‟lchangan halaqit qiluvchi
signallar va shovqinlar umumiy quvvatiga foydali signal quvvatining
nisbati (inglizchada SNR).
Do'stlaringiz bilan baham: |