Telekommunikatsiya fakulteti
Download 1.46 Mb.
|
4 Metodichka 2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- TO‘PLAMLAR NAZARIYASI. 1.1. To‘plamlar ustida amallar
O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI TELEKOMMUNIKATSIYA FAKULTETI “Oliy matematika” kafedrasi DISKRET MATEMATIKA FANIDAN ORALIQ NAZORATLARI UCHUN TOPSHIRIQLAR VA ULARNI BAJARISH UCHUN USLUBIY KO‘RSATMALAR. Тoshkent 2011 KIRISH
Ushbu qo‘llanmaning birinchi bo‘limida Sermello aksiomatikasiga asoslangan to‘plamlar nazariyasi tushunchalariga oid topshiriqlar keltirilgan. Ushbu aksiomatika nuqtai nazaridan to‘plamlar nazariyasining asosiy amallari va ularning xossalari, munosabat, funksiya, to‘plamlar quvvatini baholash usullari, ularni qurish va tartiblashtirish tushunchalariga oid topshiriqlar keltirilgan. Ushbu qo‘llanmaning ikkinchi bo‘limida kombinatorika elementlari: kombinatorikaning asosiy qoidalari, guruhlash, o‘rin almashtirish, joylashtirish, takrorlanuvchi o‘rin almashtirish, takrorlanuvchi guruhlash va ushbu tushunchalarni mustahkamlash uchun kombinator tenglamalar keltirilgan, topshiriqlar berilgan. Ushbu qo‘llanmaning oxirida foydalanilgan adabiyotlar, internet saxifalari ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, talaba ushbu adabiyotlardan va internet saxifalaridan qo‘shimcha ma’lumotlar olishi mumkin. Ushbu qo‘llanma electron variantidan universitet elektron kutubxonasida ham foydalanish mumkin. Talaba mustaqil ravishda berilgan topshiriqlarni bajarishi uchun har bir topshiriqlar turiga oid nolinchi variant topshiriqlar ishlab ko‘rsatilgan. Ushbu qo‘llanmadan 5840200 – Почта хизмати; 5140900 – Касб таълими; 5521900 - Информатика ва ахборот технологиялари; 5320200 – Ахборотлаштириш ва кутубхонашунослик; 5523500 – Ахборот хавфсизлиги; 5523600 – Электрон тижорот; 5811200 – Сервис (ахборот сервиси) 5811300 – Сервис (электрон ва компьютер техника) 5522000 – Радиотехника; 5522100 – Телевидение, радиоалока ва радиоэшиттириш; 5524400 – Мобил алока тизимлари; 5522200 – Телекоммуникация; 5140900 – Касб таълими (Телекоммуникация) йуналишлари talabalari foydalanishlari mumkin. TO‘PLAMLAR NAZARIYASI. 1.1. To‘plamlar ustida amallar Quyidagi misollarnig shartlarida Universal to‘plam U={ a, b, c, d, e, f, g,h } da X va Y to‘plamlar berilgan bo‘lib, , , , , to‘plamlarni A, B, C lar orqali ifodalang va Eyler-Venn diagrammalrida tasvirlang. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling