Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi
Download 0.9 Mb.
|
TSQI amaliy mashg\'ulot sirtqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parametrik zanjirlar
Nochiziqli elektr zanjirlar. Agar elektr zanjirida ko‘rsatkichi kattaligi o‘tayotgan tok qiymati yoki qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liq biror-bir qarshilik, kondensator yoki induktivlik bor bo‘lsa, bunday EZ nochiziqli elektr zanjir (NEZ) hisoblanadi. Bunda R=F(u,i), C=F(u) yoki L=F(i) bo‘ladi.
NEZ ga nisbatan superpozitsiya prinsipini qo‘llash mumkin emas, chunki NEga bir vaqtda bir necha kirish signali berilgandagi chiqish toki, ular alohida-alohida berilganda paydo bo‘ladigan toklar yig‘indisiga teng bo‘lmaydi. Masalan: NEdan o‘tayotgan tok undan o‘tadigan tok bilan i=aU2 ifoda shaklida bog‘langan bo‘lsin. Agar Uk=U1+U2 bo‘lsa, i∑=aU12+aU22+2aU1U2 bo‘ladi. Kirish signallari alohida-alohida berilsa i1=aU12 va i2=aU22 qiymatlarga ega bo‘ladi, i1 va i2 toklarning yig‘indisi i1+i2≠ i∑ bo‘ladi va farq 2aU1U2 ga teng bo‘ladi. NEZ da yangi spektral tashkil etuvchilar hosil bo‘ladi. Masalan i=aU2 va U=U0cos(ω0t+φ0) bo‘lsa, tok i=aU02 cos2(ω0t+φ0)=aU02/2 + aU02/2 cos(2ω0t+2φ0) (1.14) dan iborat bo‘ladi. Bunda tok o‘zgarmas tashkil etuvchi aU02/2 va kirish signali ikkinchi garmonikasi bilan tebranuvchi tok tashkil etuvchisidan iborat bo‘ladi. 1.4-rasmda kirish kuchlanishi va chiqish toki spektrlari keltirilgan. 000
NEZ dan signallar o‘tganda tokning yangi spektral tashkil etuvchilari hosil bo‘lishi radiotexnikada signallarni turlicha o‘zgartirishda keng foydalaniladi. Parametrik zanjirlar Agarda EZ dagi R, L, C elementlardan birortasining parametri qarshiligi, sig‘imi yoki induktivligi vaqt bo‘yicha o‘zgarsa bunday zanjirlar parametrik zanjirlar (PEZ) deb ataladi. PEZ ikki ta’sir: kirish tebranish signali U(t) va boshqaruvchi tebranish K(t) ta’sirida bo‘ladi (1.5-rasm). 1.5-rasm. Bunda boshqaruvchi tebranish tok yoki kuchlanish bo‘lishi shart emas. Boshqaruvchi tebranish elektrik, mexanik yoki issiqlik shaklida bo‘lishi ham mumkin. PEZ uchun quyidagi matematik ifodani keltirish mumkin: i(t)=K(t)∙U(t) (1.15) Bu ifodadan tok kuchlanishga oniy bog‘liqligi chiziqli bo‘lib, bu bog‘liqlik uzatish koeffitsienti K ning vaqt bo‘yicha o‘zgarib turishi natijasida chiziqsiz bog‘liq bo‘lib qoladi. Uzatish koeffitsienti K ning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi qiyalik burchagi α=F[K(t)] ning vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga sabab bo‘ladi (2.2 b-rasm). Parametrik element sifatida qarshiligi vaqt bo‘yicha o‘zgarib turuvchi rezistorni olamiz. Bunda U=R(t) yoki i=U/R(t)=G(t) ∙U (1.16) bo‘lib, G(t) – parametrik rezistor o‘tkazuvchanligi. Agar kirish tebranishi U=U1+U2 (1.17) bo‘lsa, parametrik elementdan o‘tayotgan tok i=G(t)∙(U1+U2)= G(t) ∙U1+ G(t) ∙U2=i1+i2 (1.18) bo‘ladi. (1.18) ifodadan ko‘rinib turibdiki, PEZ larga nisbatan superpozitsiya prinsipini qo‘llash mumkin. PEZ dan o‘tayotgan tok spektri kirish signali spektridan farqlanadi, ya’ni bunday EZ da yangi spektral tashkil etuvchilar paydo bo‘ladi. Masalan: parametrik rezistor o‘tkazuvchanligi (1.6-rasm) vaqt bo‘yicha garmonik tebranish qonuni bilan o‘zgarishi, ya’ni G(t)= Gmcosω0t (1.19) bo‘yicha o‘zgarsa va uning kirishiga Uk=Umcosω0t (1.20) garmonik o‘zgaruvchi kuchlanish berilsin. 1.6-rasm. Bunda PE (rezistor) dan o‘tuvchi tok (1.15) ga asosan i=Gmcosω1t ∙Umcosω2t (1.21) ga teng bo‘ladi. (1.20) formulani trigonometrik funksiyalar ko‘paytmasi shaklida o‘zgartirsak i=0,5GmUmcos(ω2t-ω1t) + 0,5GmUmcos(ω2t+ω1t) (2.22) ko‘rinishini oladi. Bu mavzuni amaliy virtual stendi bor ishni stenda amaliy bajarib ko‘rish mumkin! Nazariy materiallar ham yetarli. yana material qo‘yiladi! aks holda o‘qituvchiga murojaat qiling! Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling