Bir taktli diodli AM modulyator
Bir taktli diodli AM modulyator sxemasi 2.1-rasmda keltirilgan.
2.1-rasm. Diodli amplituda modulyatori sxemasi.
Diod VAXsini ikkinchi darajali polinom bilan approksimatsiya qilamiz, ya’ni
i=a0+a1u+a2u2, (2.1)
unga tashuvchi u1(t)=Uωcosω0t va modulyatsiyalovchi u2(t)=uΩcosΩt signallar yig‘indisi u=u1+u2 ta’sir etadi. Dioddan o‘tayotgan tokni aniqlaymiz
i=a0+a1uωcosω0t+a1uΩcosΩt+0,5a2u2ω+0,5a2u2ωcos2ω0t+
+0,5a2u2Ω+0,5a2u2Ωcos2Ωt+2a2uωuΩcosΩtcosω0t (2.2)
Bu umumiy tok spektridan ω0, ω0+Ω va ω0-Ω chastotali tebranishlarni parallel kontur yordamida ajratib olamiz. Parallel kontur o‘tkazish polosasi AM signal spektriga mos bo‘lishi kerak. Parallel kontur yuklama vazifasini bajaradi, uning ekvivalent qarshiligini Roe o‘tkazish polosasida doimiy deb hisoblab, undagi kuchlanish uk(t) ni aniqlaymiz. Konturdagi kuchlanish uk(t)=uam(t) bo‘lib, amplitudasi modulyatsiyalangan bo‘ladi
uk=uam(t)=Roe(a1uωcosω0t+2a2uωuΩcosΩtcosω0t) (2.3)
(2.3) da a1uωcosω0t ni qavs tashqarisiga chiqaramiz
uAM(t)=a1uωRoe(1+2a2/a1umcosΩt)cosω0t (2.4)
(2.4) ifodada
2a2/a1Um=m, (2.5)
deb belgilab, quyidagini hosil qilamiz
uAM(t)=a1UωRoe(1+mcosΩt)cosω0t (2.6)
Signallarni ishlov berish orkali ularni o‘zgartirish va saklash, uzatish, qabul qilish imkoniyatlarinii yanada orttiramiz. Modulyatsiya turlari juda ko‘p tizim va standatlarga mos holda mos modulyatsiyalar ishlaydi ular standartlarga asosan ish ko‘radi.
I shda, amplituda modulyatori ishlash prinsipini o‘rganish va modulyatorning sifat ko‘rsatkichlarini tajriba yo‘li bilan tahlil etish maqsad qilib qo‘yilgan
2.2-rasm. Amplituda modulyatorining prinsipial sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |