Laboratoriya ishlari bajarishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Laboratoriya ishlari fizikaviy stendlardan va virtual laboratoriya ishlaridan iborat bo‘lishi lozim.
Talabalar ma’ruza mavzulari bo‘yicha o‘zlashtirgan fizika qonunlarini laboratoriya mashg‘ulotlarida tajribada tasdiqlaydilar. Laboratoriya ishlarining minimal namunalari sifatida quyidagilar tavsiya etiladi:
Fizika I. va Fizika II. Laboratoriya mashg’ulotlari uchun tavsiya
etiladigan mavzular
Fizikaviy stendlar yordamida:
Erkin tushish tezlanishini aniqlash.(FI)
Difraksion panjara yordamida yorug’likning to’lqin uzunligini aniqlash. (FII)
Virtual laboratoriya ishlari sifatida:
O‘tkazgich qarshiliklarini Uitson ko’prigi yordamida aniqlash. (FI)
Tashqi fotoeffekt xodisasini o‘rganish(FII)
TALABALAR O‘ZLASHTIRISHINI BAHOLASH
Talabalar o‘zlashtirishini baholash talabalarning butun kurs davomidagi ishtiroki, nazariy, amaliy va laboratoriya ishlari bo’yicha mustaqil ishlarni bajarishi va topshirisi, shuningdek yakuniy baholash orqali amalga oshiriladi. Baholash quyidagicha taqsimlanadi:
• Nazariy (Ma’ruzadan) qismi bo’yicha mustaqil ishlar: 20%
• Amaliy topshiriqlar: 20%
• Laboratoriya ishlari bo‘yicha topshiriqlar: 10%
• Yakuniy nazorat: 50%
Do'stlaringiz bilan baham: |