Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


IPv6 datagramma sarlavhasining tuzilishi


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   178
Bog'liq
T

IPv6 datagramma sarlavhasining tuzilishi. 90-yillar oxiridan 
boshlab Internetni jadal rivojlanish jarayoni boshlandi. Bu sharoitlarda 
abonentlar va turli qurilmalarni adresli muhitni qo‘llashi Internetni 
tarqalishini chegaralaydi. 
Internet tarmog‘i rivojlanishi uchun adresli muhitga ulanishni 
oshirish zarur. Bu esa IP protokolini yangi IPv6 turini ishlab chiqilishiga 
olib keldi. Biroq yangi turni ishlab chiqishda adreslar muammosidan 
tashqari 4-turning bir qator kamchiliklari hisobga olindi. 
Sarlavha tuzilishi 
asosida olingan 
mukammallashgan IPv6 
protokolning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi; 
- ulanishli IP adreslar sonini oshirishni va ularning konfiguratsiya 
jarayonini soddalashtirishni ta’minlaydigan adres maydonining yangi 
o‘lchamini kiritish; 
- xizmat ko‘rsatishning kafolatli sifatini ta’minlovchi mexanizmlarni 
ishlab chiqish; 
- axborotni himoyalash va audentifikatsiya vositalarini qo‘llash 
imkoniyati. 
3.5-rasmdan ko‘rinib turibdiki, IPv6 sarlavhasining uzunligi 40 
baytga teng, bu 4-turga qaraganda ikki baravar katta. Birinchi 2 ta qator (8 


259 
bayt) nazorat vazifasini ta’minlaydi va bu 2 ta qatorning tuzilishi IPv4 
sarlavhasining adresli qismining ustida joylashgan qator tuzilishidan farq 
qiladi. 
3.5-rasm. IPv6 datagramma sarlavhasining formati 
“Versiya” maydoni 4 bit, paket IPv6 sarlavhasiga egaligini 
ko‘rsatadi. 
“Trafik sinfi” maydoni 8 bit va “Oqim belgisi” maydoni 20 bit, aniq 
manba adreslari jufti va belgilangan punkt uchun xizmat ko‘rsatish 
sifatining dastlabki belgilangan sathini aniqlaydi. 
Internetda xizmat ko‘rsatish sifati tarmoqning o‘tkazish qobiliyati, 
paketlarni kechikishi va djitter, shuningdek paketlarni yo‘qolishi orqali 
aniqlanadi. 
“Foydali yuklama maydoni uzunligi” maydoni 2 bayt, sarlavha 
uzunligidan tashqari baytlarda paket uzunligini aniqlaydi. Shuningdek 
maydon uzunligi 16-bitga va paketning maksimal uzunligi 2
16
-1=65535 
baytga teng. 
“Keyingi sarlavha” maydoni 8 bit, IPv6 asosiy sarlavhasidan keyingi
keluvchi qo‘shimcha sarlavhalar turini aniqlaydi. Qo‘shimcha sarlavhalar 
joylashgan maydon, IP sarlavhasi, TCP va UDP sarlavhalari orasiga 
joylashtiriladi. 
Qo‘shimcha 
sarlavhalar 
o‘ziga katta funksiyalar 
yig‘indisini kiritadi, ular marshrutlash, fragmentlash, axborot xavfsizligi, 
autentifikatsiyadir. 
“Qadamlar sonini chegaralash” maydoni 8 bit, 4-turdagi “Yashash 
vaqti” maydonining vazifalarini bajaradi. 
Jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarning adreslari har biri 16 baytga ega 
(128 bayt) ya’ni 4-turga qaraganda 4 marta ortiq. 
IPv6 protokolni kiritish bilan bog‘liq ishlar 10 yildan ko‘p vaqt 
davomida olib borilishiga qaramay, IP tarmoqlarda apparat-dasturiy 


260 
modulning asosiy qismini 4-turning IP protokoli amalga oshiradi. Bu bilan 
bog‘liq holda, IPv6 yangi tur protokollar oilasiga o‘tishda muammolar 
yuzaga keladi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling