Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


SLA ning xarakteri va tuzilishi


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   178
Bog'liq
T

SLA ning xarakteri va tuzilishi. Amalda qo‘llaniladigan SLA 
turlicha va doimiy emas. SLA ning xarakteristikalarini aniqlovchi asosiy 
omillarga quyidagilar kiradi: 
- taqdim etiladigan xizmat turlari; 
- xizmatlarni ta’minlovchida mavjud bo‘lgan texnik baza; 
- foydalanuvchilarning talabi; 
- sheriklarning muomalasi; 
- raqiblarning xulq atvori. 
3.3-rasm. Yagona javobgarlik prinsipini qo‘llash 


254 
Normativ xujjatlarning umumlashgan tavsiyasi va amaliy tajribalar, 
SLA ning quyidagi tarkibini tavsiya etishi mumkin: 
- taqdim etiladigan xizmatlar tavsifi; 
- sifat ko‘rsatkichlari va ular uchun me’yorlar; 
- nazorat usullari va vositalari
- foydalanuvchining shikoyatini qayta ishlash jarayoni; 
- jarima sanksiyasi; 
- xizmatlarni ta’minlovchilarning javobgarligini chegaralanganligi; 
- hisobot; 
- o‘lchash jarayonini kiritish
- qo‘shimcha sharoitlar (sir saqlanishi, uni himoya qilishga 
javobgarlik va boshqalar). 
Xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlarini tanlash va ular 
uchun normativlar. SLA da markaziy o‘rinni xizmat ko‘rsatishning sifat 
ko‘rsatkichlari va ular uchun xizmat ko‘rsatish sathining me’yorlari deb 
ataluvchi me’yorlar (Service Level Objectives, SLO) egallaydi.
Bu yyerda, SLA doirasida ta’minlanishi mumkin bo‘lgan, xizmat 
ko‘rsatish sathini aniqlovchi, ta’minlovchi va xizmatlar istemolchisi 
orasida kelishilgan sifat ko‘rsatkichlarining chegara qiymatlari nazarda 
tutilgan. 
Xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlari SLA bilan birgalikda ikki 
kategoriyaga bo‘linadi:
- maxsus - xizmatga yoki texnologiyaga bog‘liq bo‘lgan; 
- umumiy - xizmatga yoki texnologiyaga bog‘liq bo‘lmagan. 
Sifat ko‘rsatkichlari, ITU-T tavsiyasiga mos keluvchi xizmatlar yoki 
tarmoq turi va boshqa xalqaro tashkilot xujjatlari uchun o‘rnatilgan bo‘lsa 
maxsus hisoblanadi. Masalan, raqamli kanallarni ijaraga berishda bu 
tavsiya ITU-T G.82x seriyasi, ATM uchun ITU-T I.356 tavsiyasi va ATM 
Foruma Aftm-0056.000 tavsilotlar ro‘yxati, Frame Relay uchun ITU-T 
X.144-X.146 tavsiyalari va Frame Relay Foruma FRF.13 tavsilotlar 
ro‘yxati, IP uchun ITU-T Y.1540 va Y.1541 tavsiyalari shular jumlasiga 
kiradi. 
Umumiy ko‘rsatkichlar sifatida odatda ishonchlilik (tayyorgarlik va 
ishga yaroqlilik) ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi, shuningdek SLA da eng ko‘p 
tayyorgarlik ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi. ITU-T E.800 tavsiyasiga binoan 
ishonchlilik xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim 
omillardan biri hisoblanadi. Ishonchlilik konsepsiyasining markaziy 
o‘rnini tayyorgarlik (availability) egallaydi. 


255 
Bu, “Texnikada ishonchlilik. Ishonchlilik bo‘yicha talablarga 
berilgan umumiy qoidalar va tarkib” DAST 27.003-90 (davlat standarti) 
holatiga mos keladi va uzluksiz bog‘langan qayta tiklanadigan obyektlar 
uchun asosiy ishonchlilik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Qoida bo‘yicha aloqa 
vositalari xuddi shunday obyekt hisoblanadi. SLA da qo‘llaniladigan 
tayyorgarlik 
ko‘rsatkichlarining 
turlari 
3.2-jadvalda 
keltirilgan. 
Tayyorgarlik koeffitsienti asosan muxandislik ishlarida hisoblashlar, 
solishtirishlar va e’lonlar uchun qulay.
3.2-jadval
Tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining turlari 
Ko‘rsatkich 
Formulalarni qayta 
hisoblash 
Topshiriq 
namunasi 
Tayyorgarlik koeffitsienti 
(K
t

K
t
= 1-K
o
= T-t

/T 
0,999 yoki 99,9% 
Turib qolish koeffitsienti 
(K
t.q.

K
t.q.
= 1-K
t
= t

/T 
0,001 yoki 0,1% 
Berilgan vaqt oralig‘ida (T) 
turib qolish vaqtining 
o‘rtacha yig‘indisi (t
n

t

= K
t.q.
T = (1-
K
t
)T 
8,76 soat bir yilda 
Biroq SLA da o‘xshash vazifalarni tekshirish bir qator muammolarni 
tug‘diradi. Agar shartlangan vaqt oralig‘ida turib qolishning yig‘indi vaqti 
me’yordan oshib ketmasa, unda talab bajariladi, agar oshib ketsa talab 
buziladi.
Shuningdek SLA da sutkaning 24 soatida, xaftaning 7 kunida va 
yilning 365 kunida qayta tiklanish vaqti kafolatlanadimi yoki bu faqat 
ishchi kuniga va soatiga taalluqliligi kelishiladi.
Ayrim hollarda turib qolishning davomiyligini chegaralanganligi 
o‘rtacha tiklanish vaqtini qo‘llashni taklif etadi, lekin bu ko‘rsatkich 
murakkab kamchilikka ega. Odatda ko‘pgina o‘rtacha xarakteristikalar, 
turib 
qolishning 
davomiyligi 
juda 
ko‘p 
qisqa 
sonlarning 
kompensatsiyalangani bo‘lishi mumkin.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling